O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti 1-Mavzu: «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti»



Download 139.36 Kb.
bet5/6
Sana12.01.2017
Hajmi139.36 Kb.
1   2   3   4   5   6
    Ma'naviyat insonning ruhiyati bilan bog'liq. Inson ruhiyati, albatta, tashqi ta'sirlar natijasida o'zgarib turadi. Insonning iqtisodiy ahvoli, jamiyatda to'tgan o'rni va mavqei uning ma'naviyatiga ta'sir qilmay qolmaydi. Ammo, baribir, ma'naviyat o'z mustaqil yo'nalishiga ega. Masalan, inson qanchalik boy, o'ziga to'q bo'lsa, shunchalik uning ma'naviy kamoloti yuqori yoki, aksincha, past bo'ladi, desak, har ikki xukmda xam yanglishib qolamiz. Alisher Navoiy, Xoja Axrori Valiy, Maxdumi A'zam, Xoja Sa'd Juyboriy kabi allomalar xam ma'naviy barkamol, xam nihoyatda badavlat bo'lishgan. Shu bilan birga, dunyo molidan yuz ugirgan, umrini zoxidlikda utkazgan buyuk allomalarimiz xam kam emas. Aksincha, nihoyatda ziyod mol-davlat sohibi bo'lgan xolda ma'naviy kamolotdan uzoq kimsalar yoki na dunyo molini, na ma'naviy kamolotniqo'lga kirita olmagan bechoralar xam hayotda uchrab turishini xamma biladi.
    Siyosat va iqtisodning manbasi xam, maqsadi xam ushbu foniy dunyodan tashqarida emas. Inson zoti bu sinov dunyosiga kirib kelar ekan, undagi moddiy vujud iqtisodiy extiyojni tug'diradi, har bir tirik zot tug'ilgandan keyin kun kechirish tashvishiga tushadi. Siyosat jamiyatga oid tushuncha, insonlar jamiyati shakllangan ekan, unda turli shaxslar, toifalar manfaatlarini qaysidir bir usulda muvofiqlashtirib turish extiyoji mavjud. Ushbu extiyoj siyosatni paydo qiladi.
    Ma'naviyat esa o'z manbasiga ko'ra xam, maqsadiga ko'ra xam bu foniy dunyodan tashqariga - bakoga yunalgan. Ma'naviyat asli bakoning fanoda zuxur etishidir. Ma'naviyat inson uchun moddiy extiyoj xam, siyosiy zarurat xam emas. Ma'naviyat insonning o'z mohiyati oldidagi mas'ulligidir. Uning mohiyati esa Borlik abadiyatiga daxldor.
    «Ma'naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch qudratidir. U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi», - deb yozgan edi Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridayoq.
Keyinchalik «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida bu g'oya yanada muayyanlik kasb etib, ma'naviyat «insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da'vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg'otadigan qudratli botiniy kuch» sifatida ta'riflandi. Xo'sh, bu sehrli qudrat, bu botiniy kuch qanday bunyodga keladiq Man'aviyat tushunchasining ta'rifi, biz ba'zan osongina xal qilib qo'ya qolmoqchi bo'lganimizdek, oddiy lisoniy jumboq emas,»ma'no»,”ma'ni» so'zlarining bugungi biz tushungan mazmuni bilan yechilmaydi. Jaloliddin Rumiyning buyuk irfoniy asarida bexudaga «Masnaviyi ma'naviy» nomi bilan shuxrat taratgan emas. Bu yerdagi «ma'no» tushunchasi oliy bir mazmunni anglatmoqda, ulug' allomalarimiz uni «Xaq asrori» deb ataganlar, zoxiriy nazarlar uchun u «g'ayb», agar bugungi ilmiy ifodalarga ko'chirsak, biz zoxir ko'zimiz bilan ko'rib turgan cheksiz zamon va makonda cheksiz va xududsiz shakllar majmuini to'zg'itib yubormay, g'oyat bir murakkab tizimda ushlab turgan ichki uyg'unlik, inson ongi hech qachon to'liq anglab yeta olmaguvchi yaxlit mohiyatdir. Shaxs ma'naviyati Ayni shu behudud manbaidan quvvat oladi.
    Prezidentimizning ta'riflari shu yaxlit mohiyatga tutash botiniy qudratga aloqadordir, uni boshqa, ikkilamchi hodisalardan, voqelik unsunlaridan keltirib chiqarishga urinish muammoni teran ilgamaslikni bildiradi. Butun mustaqil va farovon O'zbekistion atalmish buyuk voqeilikni vujudga keltirish uchun har bir insondan, millatning har bir vakilidan alohida ichki quvvat, cheksizlikka tutashtiruvchi botiniy kuch talab etilmokda. Ana shu kuch har bir inson ruhida yashirin, - deydi Prezident. O'zini mustaqil shaxs deb bilgan har bir inson uni o'zi uchun kashf etishi kerak. Buning uchun, avvalo, ruhimizdagi xudbin mayllarni, yolg'on xoyu-xavaslarni, ruyolarni yengib o'tib, cheksiz qudrat manbaiga qalbimizni ochishimiz lozim.
    Xozirgi bizga ma'lum Yevropa ilmida ijtimoiy (jamiyatga oid) va gumanitar (insonga oid) deb sifatlanuvchi qator fanlar mavjud bo'lib, ular inson hayotining uch sohasi-siyosat, iqtisod va ma'naviyatga oid fanlarni qamrab olgan. Ulardan birinchi guruhiga «Siyosatshunoslik», «Huquqshunoslik» yoki «Qonunshunoslik», «Jamiyatshunoslik» kabi fanlar kiradi. Ikkinchi turkumga kiruvchi asosiy fan - «Iqtisod nazariyasi» bo'lsa, undan tashqari bugungi kunda bizda xam keng urf bo'layotgan «Marketing» («Bozorshunoslik»), «Menejment» («Iqtisodiy faoliyatni boshqarish ilmi») kabi iqtisodiy muomalaga oid fanlar xam shu jumlaga kiradi. Shu bilan bir qatorda juda ko'p tabiiy va aniq fanlar, «Ziroat ilmi» (Agronomiya), texnika va texnologiyaga oid bilimlar insonning bevosita amaliy ishlab chiqarish faoliyatiga xizmat qilishi bilan ma'lum darajada iqtisod sohasiga aloqador bo'lib qoladi. Albatta, keyingilar bevosita insonlararo muomalaga doir emasligi sababli, odatan, ijtimoiy va gumanitar fanlar guruhiga kiritilmaydi.
    Ma'naviyat haqidagi fan inson va jamiyat uchun xos bo'lgan barcha muammolarni bir yo'la yechib bermaydi, albatta. Ammo ushbu yo'nalishdagi fanlar tasnifini mukammallashtirib, Alloh nasib etsa, inson intilishlarida yangi ufqlar ochishiga umid bog'laymiz.
    Sovet davrida bizda, birinchi navbatda, falsafa, qolaversa, boshqa barcha inson va jamiyatga oid fanlar xam Yevropa madaniyati an'analari asosida, uning xam asosan bir yo'nalish-marksistik materializm yo'nalishi bilan bog'liq xolda shakllandi. Hatto o'z ma'naviy merosimizni xam begona qoliplarga moslab o'rganishga urindik. Shunday ekan, bugungi kunda milliy ma'naviyatimizni nazariy asosda jiddiy o'rganishga kirishishimiz bejiz emas. O'zbek xalqining ma'daniyati, ma'naviyati hech qachon jahon madaniyati, ma'naviyatidan tamomila ayru, alohida bir yo'ldan rivojlangan emas. Xamisha boshqa xalqlar ma'naviy boyligini ijodiy o'zlashtirib, o'zi xam jahon madaniyatini boyitib borgan. Shu bilan birga millatimizning o'z mustaqil ma'naviy qiyofasi mavjud, u asrlar, balki ming yillar davomida shakllangan, u umuminsoniy qadriyatlarga yot emas, ammo Borlikning oliy xaqiqatiga nisbatan o'z talqinlari, o'z yondoshuvi, o'z tushunchalariga ega.
    Inson ruhida tabiatga nisbatan, o'zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg'ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan nafsi ammorasi, ya'ni g'aflat, shaxvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit berib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o'z faoliyatiga sergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog'liq bo'lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom hayol, faqat ularni muvozanatlovchi kuch kerak. Ayni shu kuch-ma'naviyatdir.
    1999 yil 14 aprel kuni ochilgan Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma'ruzasida Prezident I.A. Karimov mamlakatimizni yangi asr arafasi va uning dastlabki yillaridagi rivojlanish strategiyasini belgilab berar ekan, «jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish»ni ustuvor yo'nalishlardan ekanligini alohida ta'kidlab, ma'naviyatga mukammal ta'rif berish bilan birga bu sohada bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim masalani xam aniq ko'rsatib o'tdi:
    «Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir. Boshqacha aytganda, biz o'z xak-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarlarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un xolda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak». Shu ma'noda har bir inson ruhida Borlik xaqiqati bilan uyg'unlik xosil etishga har taraflama ko'maklashish «Milliy ma'naviyat asoslari» fanining asosiy maqsadi bo'lib qoladi.
    Har bir mustaqil millat o'z hayot tarzini, kelajagini ajdodlarning tarixiy tajribasi va jahondagi ilg'or tamoyillar uyg'unligi asosiga ko'rsa, yanglishmaydi. Bunday mustaqil rivojlanish yo'li istiqlolning dastlabki yillaridan e'tiboran O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqildi va o'tgan yillar mobaynida izchil amalga oshirib kelinmoqda.
    Ma'naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg'otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo'linsa, barcha ulug'vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe' imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg'or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta'limning eng muhim vazifasi xam ana shu imkonni shakllantirish, ya'ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg'otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o'zanlar sari yunaltira bilish bilan belgilanadi.
    Ma'naviyat poydevori baquvvat bo'lmasa, unday insonning butun gayrati, jushkin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolaversa, uning o'z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Imom ?azzoliy o'z davrida bekorga aytmaganlar: «Shuni bilsinlarki, odamzotni azbaroyi o'yin uchun yaratmamishlar, aning amali ulug'dir va aning uchun buyuk xatar bordir». Anna shu «ulug' amal» va «buyuk xatar» oralig'ida yo'nalishni tug'ri belgilab olmoq ko'p jihatdan ma'naviy ogohlik va kamolotga bog'liq. «Milliy ma'naviyat asoslari» fanini o'qitish jarayonida asosiy e'tibor ushbu «ma'naviy ogohlik» masalasiga qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqkan xolda, imkon darajasida yosh avlodni milliy ma'naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning ming yillik ildizlari, takomil bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chiqish manbalaridan ogoh etiladi.

    2. Milliy Istiqlol Mafkurasi.



    1. Mohiyat – mazmuni.
    O'zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, o'z mohiyatiga ko'ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini bir-biri bilan bog'laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g'oyalar tizimidir.
    Milliy istiqlol mafkurasi:
    - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi;
    - Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak man'naviyati, an'ana va udumlari, ulug' bobokalonlarimizning ulmas merosidan oziklanadi;
    - Adolat va xaqiqat, erkinlik va mustaqillik g'oyalari hamda xalqimizning ishonch va e'tiqodini aks ettiradi;
    - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi;
    - jamiyat a'zolarini, aholining barcha qatlamlarini O'zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi;
    - millati, tili va dinidan qat'i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga maxabbat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat va o'zaro xurmat tuyg'usini qaror toptiradi;
    - jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoyillariga rioya kilgan xolda ma'rifiy yo'l bilan singdiriladi.
    Milliy mafkura faqat bugun emas, balki xama zonalarda xam eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, jamiyatni sog'lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z muddaolariga erishishi uchin ma'naviy-ruhiy kuch-kuvvat beradigan poydevor bo'lib kelgan.
    U har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, El-yurt oldidagi burch va ma'uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma'naviy mezondir.
    Bu – O'zbeistonda istiqomat qiladigan va o'z takdirini shu muqaddas zamin bilan bog'lagan har bir kishining «Vatanim menga nima berdi» deb emas, balki «Men Vatanim ravnaqi uchun nima kilayapman» degan ma'uliyat tuyg'usi bilan yashashi demakdir.
    Milliy mafkura haqida gapirganda shuni nazarda tutish kerakki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi plyuralizm, fikr va qarashlar erkinligi tamoyillarini to'liq ta'minlaydi. Asosiy Qonunimizning 12-moddasida bu qoida quyidagicha ifodalangan:
    «O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosoda rivojlanadi.
    Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida urnatilishi mumkin emas.»
    Bu qoida O'zbekiston faoliya ko'rsatayotgan partiyalar, harakat va ijtimoy-siyosiy guruhlardan birortasining dasturiy g'oyalari yagona davlat mafkurasi bo'la olmasligini anglatadi.
    Milliy istiqlol mafkurasi turli siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen – ijtimoiy hodisadir. Bu mafkurada biron bir dunyoqarash mutlaqlashtirilmaydi yoki u mavjud siyosiy xokimyatni mustaxkamlash maqsadida siyosiy qurolga aylantirilmaydi. Milliy istiqlol mafkurasi, o'z mazmun – mohiyatiga ko'ra, O'zbekistonning ijtimoiy – siyosiy taraqqiyotiga xizmat qiladi, barcha siyosiy partiyalar, guruh va qatlamlarning butun xalqimizning quyidagi umumiy manfaatlarini ifodalaydi:
    - mamlakatning mustaqilligi, xududiy yaxlitligi, sarxadlar dahlsizligi;
    - yurtning tinchligi, davlatning harbiy, iqtisodiy, g'oyaviy, ekologik, informatsion taxdidlardan muxofaza etilishi;
    - mamlakatda fuqarolaaro va millatlaro totuvlik, ijtimoiy barqarorlik muhitini ta'minlash;
    - har bir oila va butun xalqning faravonligi;
    - jamiyatda adolat ustuvorligi, demokratiya, o'z-o'zini boshqarish tamoyillarining amal qilishi.
    Istiqlol mafkurasi tom ma'nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi zarur:
    - inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyg'ular, go'zal va hayotiy g'oyalar tizimini o'zida mujassam etishi;
    - millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e'tiqod manbai bo'lishi;
    - har qanday ilg'or g'oyani o'ziga singdirishi va har qanday yovuz g'oyaga qarshi javob bera olishi;
    - zamon va davr o'zgarishlariga qarab, o'zi ifodalaydigan manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olishi.
    Milliy istiqlol mafkurasi ana shu talablarga javob bergan takdirdagina quyidagi asosiy vazifalarni bajara oladi:
    - mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish;
    - xur fikrli, mutelik va jur'atsizlikdan xoli bo'lgan, o'z bilimi va kuchiga ishonib yashaydigan insonni tarbiyalash;
    - odamlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning irodasini baquvvat qilish, iymon-e'tiqodini mustaxkamlashga xizmat qiladigan ma'naviy muhit yaratish;
    - vatandoshlarimiz tafakkurida o'zlikni anglash, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab-avaylash, vatanparvarlik tuyg'usini kamol toptirish;
    - xalqimizga xos bo'lgan iymon-e'tiqod, insof-diyonat, saxovat, xalollik, mehr-okibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirish.
    - mamlakatimizning ko'p millatli xalqi ongi va qalbida «O'zbekiston – yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish va rivojlantirish.
    Bu vazifalarning bajarilishi fuqarolarimizni xozirgi shiddatkor hayot talablariga javob bera oladigan shaxslarga, yangi jamiyat qurilishining faol ishtirokchilariga aylantirishga xizmat qiladi.

    2. Tarixiy va falsafiy asoslari.


    Milliy istiqlol mafkurasining ma'no mazmunini belgilaydigan asoslardan biri – bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. Chunki tarix – buyuk murabbiy. U insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, ba'zan achchiq soboqlarni xam tan olishga undaydi.
    Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to xano'z yurtimizga qurq bag'ishlab turgan qadimiy ibodalar, osori atiqalar Xalqimizning yuksak saloxiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an'analari haqida, Vatanimizning shonli tarixi to'g'risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda yashaydigan har bir inson qalbida g'urur – iftixor tuyg'ularini uyg'otadi.
    Xalqimizning o'ziga xos turmush tarzi, tafakkur va dunyoqarashi, hayotga, voqelikka munosabatining ifodasi bo'lgan xalq ogzaki ijodi namunalari, «Alpomish», «Shashmaqom» kabi san'at durdonalari, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur kabi milliy qaxramonlarimizning ibratli hayot xam milliy mafkuramiz oziqlanadigan manbalardir.
    Mafkuramizning falsafiy asosini, avvalo, milliy-ijtimoiy tafakkurning mumtoz namunalari bo'lgan dunyoviy bilimlar, jahon falsafasi durdonalari belgilaydi. Olam va odamning yaralishi va takomillashib borishi haqidagi diniy va ilmiy qarashlar, poklik, xalollik, mardlik, komillik g'oyalari xam bugungi mafkuramiz shakllanishiga ta'sir o'tkazadi.
    Buyuk donishmand ajdodlarimizning ozodlik tug'risidagi g'oyalari, Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari va Beruniyning ijtimoiy – ahloqiy qarashlari, Forobiyning adolatli jamiyat va Ibn Sinoning dualizm ta'limoti, Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushoxadalari, asrimiz boshidagi ma'rifatparvar ziyolilar faoliyati xam milliy g'oya va istiqlol mafkurasining teran tomirlaridir.
    Istiqlol mafkurasining falsafasi, uning ma'no- mazmuni, asosiy g'oya va tamoyllari milliy davlatchiligimizni qayta tiklab, jamiyatimizning tarraqiyot yo'lini nazariy va amaliy jihatdan asoslab bergan Islom Karimov asarlarida chuqur ifodasini topgan. Ular mamlakatimizning rivojlanish yo'li o'ziga xos xususiyat va qonuniyatlarining amalga oshish dealiktikasi ilmiy nuqtai nazardan aniq belgilab berilgan.
    Milliy istiqlol mafkurasining falsafiy asosi, shuningdek, qadimgi Sharq, Yunon, Rim va boshqa falsafa maktablarining merosiga xam tayanadi.
    Xususan, Sokrat, Aristotel singari mutafakkirlarning asrlar davomida o'z qadr – qimmatini yo'qotmay kelayotgan fikrlari, jahon falsafasining o'rta asrlar va Yangi zamondagi namoyandolari qarashlari xam milliy istiqlol mafkurasi tamoyillarini asoslash va boyitish, ularga hayotiy Rux bag'ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Konfusiyning falsafiy xikmatlari. Platonning «?oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» tug'risidagi ta'limoti, Gegel dialektikasi, gumanistik zamoniaviy falsafiy oqimlar ilgari surayotgan g'oyalar xam milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslaridir.

    3. Milliy va umuminsoniy tamiyillari


    Istiqlol mafkurasi xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:
    - Xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo'lib yashash ruhining ustunligi;
    - jamo timsoli bo'lgan oila, maxala, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
    - ota-ona, maxala-kuy, umuman jamoatga yuksak xurmat-e'tibor;
    - millatning o'lmas ruhi bo'lgan ona tiliga muxabbat;
    - kattaga – xurmat va kichikka – izzat;
    - mehr-muxabbat, go'zallik va nafosat, hayot adabadiylining ramzi – ayol zotiga extirom;
    - sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
    - halollik, mehr-okibat va hokazo.
    Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadriyatlarni e'tirof etadi va ulardan oziqlanadi:
    - qonun ustuvorligi;
    - inson xak-huquqlari va xurfikrlilik;
    - turli millat vakillariga xurmat va ular bilan baxamjixat yashash;
    - diniy bag'rikenglik;
dunyoviy bilimlarga intilish, ma'rifatparvarlik;
    - o'zga xalqlarning ilg'or tajribalari va madaniyatini o'rganish va xokazo.

    4. Ijtimoiy-iqtisodiy asoslari


    Milliy istiqlol mafkurasi, o'z mohiyatiga ko'ra, har bir oila va fuqaroning munosib turmish darajasini ta'minlaydigan farovon hayotga erishishga chorlaydi. Xar bir insonni, u qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug'ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq va Vatan manfaati bilan o'zaro uyg'unlashtirib yashashga undaydi.
    Mulkdor odamning jamiyat ichida, xalq orasida faqat boyligi bilan emas, balki yuksak ma'naviy fazilatlari bilan xam ajralib turishi zarurligi, shaxsiy va oilaviy farovonlikka erishish imkoniyati har kimning o'z qo'lida degan hayot xaqiqatini zamonaviy dunyoqarash sifatida shakllantiradi. «Xar bir fuqaroning farovonligi – butun jamiyatning farovonligidir» g'oyasini ilgari suradi.

    5. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi


    O'zbekiston Xalqining milliy taraqqiyot yo'lidagi bosh g'oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot barpo etishdir. Bu g'oya xalqimizning azaliy ezgu intilishlari, bunyodkorlik faoliyatining ma'no-mazmunini belgilaydi. Xar bir inson uchun muqaddas bo'lgan yuksak gumanistik qadriyatlarni o'zida mujassam etadi.
    Milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasida ozodlik tushunchasiing ustuvor va yetakchi o'rinda ozodlik tushunchasining ustuvor va yetakchi o'rinda turishi Vatan mustaqilligi barcha orzu – intilishlarimiz, Amaliy faoliyatimiz va yorug' kelajagimizning asosi ekanidan dalolat beradi.

    6. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalari


    Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g'oyalari xalqimizning mustaqil taraqqiyoti yo'lidagi bosh g'oyasidan kelib chiqadi va o'zining ma'no-mohiyati, falsafasi, jozibasi, bilan uni xalqimizning qalbi va ongiga yanada chuqurroq singdirishga xizmat qiladi.

    Vatan


    Vatan – insonning kindik qoni to'kilgan tuproq, uni kamol toptiradigan, hayotiga ma'no mazmun baxsh etadigan tabarruk maskandir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan buyuk meros, eng aziz xotira. Vatan - ota–bobolarimizning xoki poklari jo bo'lgan, vaqti-soati yetib har birimiz bosh qo'yadigan muqaddas zamindir.
    Vatan bor odamning g'urur-iftixori yuksak, maqsad-muddaolari aniq bo'ladi. Tog'dek tayanchi – Vatani borligini xis etgan inson hayotining har qanday sinovlariga doimo tayyor turadi.
    Vatanning ravnaqi, avvalo, uning farzandlari kamoliga bog'liq. Bu esa har bir yurtdoshimizni o'zining ma'naviy kamoloti uchun yuksak mas'uliyatni xis etishiga, o'z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg'unlashtirib yashashga da'vat etadi.
    Milliy g'oya hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan g'oya hech qachon milliy g'oya bo'lolmaydi. U Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o'zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbaiga aylanadi.
    Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalqimizning ma'naviyati boyib, ilm-ziyo saloxiyati yuksalayotgani Vatan ravnaqining asosi bo'ladi.
    Bu o'zgarishlar jarayoning ustuvor hususiyati – xalqimizning bunyodkorlik faoliyatidir. Bunda ana shu bunyodkorlik salohiyatini to'la yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilg'or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, yoshlarimizni sog'lom va barkamol qilib voyaga yetkazish xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

    Yurt tinchligi


    Yurt tinchligi – bebaxo ne'mat, ulug' maodatdir. Bashariyat o'z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovi.
    O'zbek xalqi tinchlikni yuksak qadrlaydi, uni o'z orzu-intilishlari, maqsad-muddaolari ro'yobga chiqishining kafolati deb biladi. Shuining uchun doimo Yaratgandan tinchlik va omonlik tilaydi.
    Lekin, afsuski, hayotda bu ezgu tilaklarning ijobat bo'lishiga doimo qarshilik qiladigan kuchlar xam bor. Ular o'zlarining g'arazli maqsadlari, nafs balosi o'ylida bashariyatni xamisha nizo-adovat, urush va qurg'unlar domiga tortib keladi.
    Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, keyingi besh ming yil mobaynida odamzod o'n besh mingdan ziyod kata-kichik urushlarni boshdan kechirganini kuramiz. Bu – urush va tinchlik, xavfsizlikni ta'minlash masalasi xanuzgacha insoniyat oldidagi eng olamshumul muammo bo'lib qolayotganidan dalolatdir.
    Xolbuki, bashariyat faqat tinchlik va osoyishtalik barqaror bo'lgan takdirdagina o'z oliy maqsadlariga erishadi, moddiy va ma'naviy yuksaklikka ko'tariladi.
    Sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug'bek Movarounnaxrga xukmronlik qilgan qirq yil mobaynida mamlakatda tinchlik – barqarorlik ustuvor bo'lgani sababli ilm-fan, madaniyat yuksak taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, qo'xna zaminimiz gullab – yashnagan.
    Aksincha, urush va nizolar insonni odamiylik qiyofasidan ayiradi, jamiyati butkul tanazzul botqog'iga botiradi. Yigirma yildan buyon o'zaro harbiy mojarolar tufayli sivilizatsiyadan batamom uzilib, dunyoning eng qoloq mamlakatlaridan biriga aylanib qolgan Afg'oniston – buning yaqqol dalili.
    Bu mamlakat xududining xavf-xatar o'chog'iga aylanib qolgani yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikka, taraqqiyot yo'lidagi ezgu maqsaddlarimizni amalga oshirishga xalaqit bermokda. Bu - dunyoda yalpi tinchlik va barqarorlikka erishish uchun, avvalo, har bir mamlakat va har bir mintaqada tinchlik-barqarorlikni ta'minlash zarur, degan qarashning bugungi kunda g'oyatda dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganidan dalolat beradi.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa