O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti 1-Mavzu: «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti»



Download 139.36 Kb.
bet3/6
Sana12.01.2017
Hajmi139.36 Kb.
1   2   3   4   5   6
3-mavzu. Huquqiy davlat va yangi xokimiyat organlarining barpo etilishi

    Reja:

    1.Huquqiy davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari.


    2.Huquqiy davlat xususiyatlari.
    3.O'zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatining barpo etilishi.

    Jahon tarixiy tajribasining ko'rsatishicha, mustaqillikni qo'lga kiritgan, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishgan har qanday mamlakat, xalq va millat oldida davlat qurilishining u yoki bu turini, demokratiyaga borishning o'ziga xos va mos yo'lini, yangi jamiyat barpo etishining o'z andozasini erkin va ixtiyoriy ravishda tanlab olish, hayotga joriy etishdek o'ta murakkab va nihoyatda mas'uliyatli vazifa ko'ndalang bo'lib turadi.


    Dunyoda davlat xokimiyatini tashkil etish va boshqaruvning turli variantlari va shakllari mavjud. Davlat qurilishining u yoki bu turidan qaysi birini o'zi uchun ma'qul deb tanlab olish ayrim shaxslarning xoxishi irodasiga emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy tarixiy shart-sharoitlariga, rivojlanish darajasiga milliy manfaatlarga, xalqning azaliy turmush tarzi, an'analari, urf-odatlari, ma'naviy-ahloqiy qadriyatlariga bog'liqdir.
    Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O'zbekiston Respublikasi oldida milliy davlatchilikning xalqimiz manfaatlariga, kelajak avlodlarimiz takdiri, talab extiyojlariga, dunyo andozalariga to'la javob beradigan va xalqaro tan olingan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdek nihoyatda dolzarb muammo turardi. Shunday davlat va jamiyatgina O'zbekiston xalqining munosib turmushini uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an'analar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma'naviy-ahloqiy kamol topishini ta'minlashi mumin. «Biz mustaqil huquqiy davlatni barpo etishning asosiy maqsad va vazifalarini belgilar ekanmiz», - deydi Prezident, - “O'zbekistonning sivilizatsiya va taraqqiyotning yuksak, yorkin cho'qqilariga erishishda madaniy va tarixiy merosning, xalqning insonparvarlik an'analarining yuksak marralarini egallagan, umum-insoniy qadriyatlar va me'yorlarga sodiq bo'lgan ozod va har tomonlama uyg'un kamol topgan shaxs asosiy tayanch bo'lishini qayta-qayta ta'kidlaganmiz».
    Bugun biz ko'rayotgan huquqiy davlat o'zining ma'no-mohiyati, shakli siyosiy va ijtimoiy negizi, asosiy tamoyillariga ko'ra o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, davlatlarning boshqa tiplaridan jiddiy ravishda farq kiladi. Bu – tabiiy – qonuniy jarayondir. «Dunyoda bir-biriga aynan o'xshash ikkita inson bo'lmaganidek, bir-biriga aynan o'xshagan ikkita davlat xam yo'q”.
    Har bir davlat betakror ijtimoiy hodisadir. Har qaysi xalq tarixiy va ma'naviy taraqqiyotining xosilidir, uning o'ziga xos, o'ziga mos madaniyati rivojining natijasidir».
    Huquqiy davlat o'zining insonparvarlik mohiyati, adolatparvarligi, boshqa xislat va fazilatlariga kura inson, uning moddiy, ma'naviy manfaatlariga tamomila zid bo'lgan sobiq sovet davlatining keskin farq kiladi.     Sovet tuzumi davrida yerlar, suvlar, korxonalar, umuman barcha jonli va jonsiz buyumlar davlat mulkiga aylantirildi. Barcha mulk turlari va daromadlar davlatning ixtiyoriga o'tkazildi. Natijada bor-yo'g'idan ayrilib va shilinib qolgan xalqning davlat tomonidan belgilangan arzimas maoshidan boshqa hayot manbai qolmadi.
    Davlat maosh vositasida mehnatkash ommani xoxlagan tomonga ergashtirib yurdi. Xalq davlatga iqtisodiy qaramlik xolatida majburan ushlab turildi. Shu boisdan xalq davlat va partiyaga ko'r-ko'rona sajda qildirildi. «Xammamizga ma'lumki”, -deydi bu xaqda Yurtboshimiz, - “biz so'nggi 70 yil mobaynida davlatga qaramlik va sig'inish xolatida yashadik. Mamlakatdagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat deb xisoblab keldik. Qaysi masalani olmaylik, davlat manfaati birinchi o'rinda, fuqarolar, shaxs manfaati esa deyarli xisobga olinmasligi eski Konstitusiyalarning har qaysi moddasida yaqqol qo'zga tashlanar edi».
    Sovet davlati mexnat axlidan xususiy mulkka ega bo'lish huquqiy tortib olib, «yagona davlat mulki egaligini» shakllantirdi. Totalitar tuzum davrida «davlat mulki», «shaxsiy mulkdan» ustuvor hisoblandi.
    Sho'ro tuzumi davrida odamlar ongida o'rnashib qolgan yaramas bir odat, ko'nikma bor edi: uzoq yillar davomida odamlar miyasiga, bizda xamma narsa davlat mulki, - degan g'oya chuqur singdirib yuborilgandi. Buning oqibatida sobiq mamlakatda million-millionlab insonlar, barcha jumhuriyatlar va ulardagi qanchadan-qancha xalqlar, millatlarning umumiy mehnatlari, chekkan azob-uqubatlari evaziga yaratilgan barcha mol-mulklar, boyliklar va daromadlar egasiz bo'lib qoldi. O'sha tizimda mulk hech kimniki emasdi, balki mavxum «umumniki» edi. Davlat mulki – «umumniki» degan aqida natijasida kishilar mulkdorlik, mulkka egalik tuyg'usidan batamom mahrum qilingandilar. Odamlar bora-bora mulkdan, mulk esa odamlardan begonalashib qolgan edi.
    Eski mustabid tuzum davrida o'z mulkiga ega bo'lmagan kishi har qancha jon kuydirgani bilan undan o'ziga kutilgan foyda, moddiy manfaatdorlik yo'qligini oldindan bilgan, ko'rgan va chuqur ishonch xosil kilgan odamning jonini jabborga berib, kuch-g'ayratini sarflab, tashabbus ko'rsatib mexnat qilishi amri maxoldir.
    Sho'ro xukumati davrida kishilar ongida yaxshi ishlasang xam, yomon ishlasang xam baribir davlat boqadi, degan tushuncha chuqur singdirib yuborilgan edi. Bunday ishonch va xis-tuyg'ular kishilardagi mehnatga bo'lgan qiziqishni shaxsiy rag'batni, ijodiy tashabbusni bo'g'ib qo'ygandi. Natijada kishilarda boqimandalik kayfiyati, ko'r-ko'rona itoatkorlik, «qorni to'ysa bas» degan o'ta zararli xis-tuyg'u rivojlangandi. Buning oqibatida sovet davlati chuqur inqirozga mubtalo bo'lib, jar yoqasiga yaqinlashib qolgandi.
    Sovet davlati xalqimiz hayotiga zo'ravonlik yo'li bilan joriy etilgandi. U “sotsializm tuzumini” qurish va mustaxkamlash jarayonida millionlab kishilarni qirib tashladi, surgun qildi, qamoqxonalarni begunox kishilar bilan to'ldirib tashladi. U o'zining tub mazmun-mohiyatiga ko'ra markazdagi xukmronlar qo'lida milliy chekka xalqlarini, keng mexnatkashlar ommasini tiyib-tutib turish, itoatda saqlash uchun xizmat qiladigan daxshatli qurol, zulm mashinasi edi.
    Sovet davlatining shakli va mohiyati, xalqlarning ahloqiy, ma'naviy va ruhiy qadriyatlariga tug'ri va mos kelmaydigan tizimga asoslangan edi. U xalqka ishonmas va suyanmas edi.
    Islom Karimov «O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» asarida sovet tuzumi kimga suyanar edi, degan savolni o'rtaga tashlab unga quyidagicha javob beradi: «Bu tuzum o'z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o'z avlod-ajdodlarini bilmaydigan manqutlarga tayanar edi. Shuning uchun xam eski sovet tuzumining bayroqlarida va shioilarida bayon qilingan g'oyalar amaldagi ishlardan nihoyatda uzoq edi. Xuddi shu bois bu davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq extiyojlari o'rtasida jarlik paydo bo'ldi. Ya'ni inson, uning moddiy, ma'naviy, shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda orqa o'rinda turar edi. Binobarin, bunday davlatning avval-boshdanoq istiqboli yo'q edi. Sobiq Sovet xududidining goh u, goh bu yerida ro'y berayotgan bugungi keskin ijtimoiy, etnik mojarolar buning yaqqol misolidir».
    Tarixning ob'ektiv qonunlariga binoan sovet tuzumi va uning mohiyatan xalq ommasi manfaatlari va qadriyatlariga batamom qarama-qarshi bo'lgan davlati barxam topdi.
Mustaqillik tufayli insonparvarlik qoidalariga asoslangan, xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladigan demokratik huquqiy davlat paydo bo'ldi. Uning tub mohiyati, asosiy xislat va fazilatlari ustida fikr yuritib Islom Karimov «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida shunday deydi: «O'zbekiston-kelajagi buyuk davlat. Bu-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy axvoli, siyosiy e'tiqodidan qat'i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir».
    Prezident Islom Karimov asarlarida O'zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy davlat buyuk madaniyatimiz va o'tmish merosimiz yutuqlariga, Sharq falsafasiga, shuningdek, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslanganligi, uning shakllanish va rivojlanish ildizlari nihoyatda chuqur va qadimiy ekanligi mukammal ilmiy asoslab berilgan.
    Huquqiy davlatning shakllanish va rivojlanish jarayoni Prezident asarlarida belgilab berilganidek, quyidagi ma'naviy-huquqiy negizlarga asoslanadi. Birinchidan, huquqiy madaniyat va ma'naviyat bo'yicha Sharq falsafasi va islom dini ta'limotiga. Ikkinchidan, umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida boshqa Xalqlar erishgan tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga. Milliy davlatchiligimiz salkam 3 ming yillik tarixga ega. Prezidentimiz «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q» suxbat-muloqotida ana shunday nihoyatda yangi fikrni o'rtaga tashladi. Paydo bo'lganiga 3000 yil bo'layotgan eng mo'tabar, qadimiy qo'lyozmamiz «Avesto» ikki daryo oralig'ida – Movvarounnaxrda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma'naviy, tarixiy, huquqiy merosidir. «Avesto» ayni bu qadim o'lkada buyuk davlat, yuksak ma'naviyat, yuksak darajada rivojlangan madaniyat bo'lganidan guvohlik beruvchi xujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi.
    Ana shu fikrning o'zi xam mustaqil o'zbek davlatining poydevori juda kadimiy va mustaxkam ekanligini ko'rsatib turibdi. Bizning davlatimiz o'zining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida Qoraxoniylar, Somoniylar, Gaznaviylar, Xorazmshoxlar, Temur va Temuriylar davlatlari boshqaruv tajribasini, xalqimiz butun milliy, tarixiy, huquqiy, ma'naviy amaliyotini o'zida mujassamlashtirganligi e'tiborga sazovordir.
    Xalqimizning imon va e'tiqod, mexr-oqibat, or-nomus, o'zaro xurmat, ijtimoiy adolat, halollik-poklik, yuksak vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, beva-bechoralarni qo'llab-quvvatlash, rahm-shafqat ko'rsatish haqidagi Bebaxo g'oya va o'gitlari, ta'limotlari xozirgi huquqiy davlatimizning asos-asosiga chuqur singdirib yuborilganligini alohida ta'kidlashga to'g'ri keladi.
    O'tmishda allomalarning, Sharq mutafakkirlarining davlat boshqaruvi va ijtimoiy adolat haqidagi bebaxo meroslari xozirgi davlatchiligimiz rivojida o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatib kelmokda.
    Islom Karimov xozirgi davlatimizning shakllanish va rivojlanish zaminlari, tayanchlari juda qadimiy va mustaxkamligi, unda Xalqimizning ko'p ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi, mutafakkirlarning dono fikrlari o'z ifodasini topganligini qayta-qayta uqtirib kelmokda. Uning ta'kidlashicha, «Vatanimiz azaldan bashariyat tafakkur xazinasiga unitilmas xissa qo'shib kelgan. Asrlar mobaynida Xalqimizning yuksak ma'naviyat, adolatparvarlik, ma'rifat-sevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta'limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va o'z navbatida bu falsafiy-ahloqiy ta'limotlar xam xalqimiz daxosidan bahra olib boyib bordi.
    Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg'un holda, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Baxovuddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg'un xolda shakllanishi lozim».     Bizda barpo etilayotgan davlat umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar va millatlar erishgan tajribalarga, xalqaro huquqning umume'tirof etgan tamoyillari va me'yorlari xam asoslanishini aytmasdan o'tib bo'lmaydi.
    Xalqaro huquqning umumbashariy tamoyillariga insonning o'z xoxishi-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi va boshqa shunga o'xshashlar kiradi.
    Huquqiy davlat o'zining bir qancha o'ziga xos xususiyatlari, asosiy belgilari, tamoyillari, farqli jixatlari va talabalariga xam ega.
Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida inson, uning hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy, siyosiy manfaatlari, sha'ni, qadr-qimmati, qadriyatlari, huquqlari va erkinliklari muqaddas sanaladi va ularni amalga oshirilishi kafolatlanadi.
    Huquqiy davlatda shaxs eng oliy qadriyat hisoblanadi. Xalq davlat xokimiyatining birdan-bir manbaidir. Uning xoxish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi. Bu siyosat inson va jamiyatning farovonligini ta'minlashga qaratilgan bo'ladi.
huquqiy davlatda xalq xam bevosita, xam o'z vakllari orqali davlat xokimiyatini amalga oshirishda to'liq imkoniyatga ega bo'ladi.
    Huquqiy davlat insonning, barcha fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlaydi.
    Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, odamlarning munosib va erkin, farovon hayotini ta'minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlarida to'liq va oqilona foydalanishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni butun choralar bilan rivojlantirish, mulk egalari huquqlarining himoya qilishni ta'minlash-huquqiy davlatning g'oyat muhim vazifalaridandir.
    Huquqiy davlat kuch bilan, inqilobiy o'zgarishlar asosida emas, balki tabiiy-tarixiy jarayon, tadrijiy ravishda, evolyutsiya yo'li bilan, fuqarolar madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati o'sishi orqali shakllanadi. «Osiyo mintaqasi va musulmon Sharqidagi demokratik qadriyatlar va o'zgarishlarning rivojlanish tajribasi o'ziga xos xususiyatlar, o'ziga xos an'analarga ega. Sharqda demokratiya tushunchasi xamjixatlik g'oyasi, jamoatchilik fikrining ustivorligi zaminida shakllanadi. Bizning amamlakatimizda demokratik jarayonlar Xalqimizning qonunni xurmat qilish, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi zarur. Ahloqiy, ma'naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda xam ustunlik kasb etishi darkor» deb ta'kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov.
    Huquqiy davlatning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri-huquqning oliy xukmronligidir. huquqiy davlatda xamma narsa, har qanday masala qonunlar, huquqiy me'yorlar asosida adolatli yo'l bilan xal etiladi. Qonun jamiyat va davlat hayotidagi eng muhim munosabatlarni tartibga solib turadi.
    Huquqiy davlatning negizi, uning poydevori-qonun, qonuniylikdir. huquqiy davlat qonun asosida faoliyat ko'rsatadigan, Qonun asosida yashaydigan, qonun belgilab bergan chiziqdan har qanday xolatda xam chiqmaydigan davlatdir.
    Huquqiy davlatning eng oliy o'zi xam, obro'-martabasi xam, qalbi, tan-joni, xullasi kalom, tirikligi xam qonun xazrati oliylaridir. Prezident Islom Karimov ta'biri bilan aytganda, huquqiy davlatning quroli xam, himoyasi xam, ko'zi xam, so'zi xam, qalqoni xam qonundir.
    Huquqiy davlatda birinchi navbatda davlatning o'zi, uning barcha organlari va mansabdor shaxslar xam qonunga itoat etishlari majburiyligi Asosiy Qonunimizda belgilab qo'yilgan. Uning 15-moddasida «O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi», - deyilgan.
    Qonun huquqiy davlatning poydevori bo'lsa, qonuniylik uning asosiy tamoyili, sharti ekanligi haqidagi masalaga O'zbekiston Prezidentining asarlarida, nutqlarida juda katta e'tibor berilgan. Uning «O'zbekiston-bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li» asarida bu xaqda shunday deyiladi: «Qonunning ustivorligi-huquqiy davlatning asosiy prinsipidir. U hayotning barcha sohalarida qonunning qat'iyan xukmronligini nazarda tutadi. Hech bir davlat organi, hech bir xo'jalik yurituvchi va ijtimoiy-siyosiy tashkilot, hech bir mansabdor shaxs, hech bir kishi qonunga buysunish majburiyatidan xalos bo'lishi mumkin emas. Qonun oldida xamma barobar. Qonunning ustuvorligi shuni bildiradiki, asosiy ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgar bo'ladi».
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatida qonun ustuvorligining mazmun-mohiyati singari dolzarb masalalar Islom Karimovning Oliy Majlis o'n to'rtinchi sessiyasidagi «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli ma'ruzasida xam yana bir bor ta'kidlab o'tildi.
    Qonun ustuvorligi haqidagi Prezident ta'limoti juda chuqur siyosiy, falsafiy ma'noga ega. Uning mohiyatini bir-ikki jumla bilan bayon etib bo'lmaydi. Uning tub mohiyati, bizlarning fikrimizcha, quyidagilardan iborat:
    - Qonunning ustuvorligi barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy xujjatlar Konstitusiya asosida va unga muvofiq bo'lishi zarurligini anglatadi.
    - Bu tamoyil huquqiy davlatda, jamiyatda ijtimoiy, eng avvalo, iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinishini bildiradi. Kimda-kim bu qoidaga amal qilmasa javobgar bo'ladi.
    - Qonunning ustuvorligini bilish, e'tirof etish-ijtimoiy adolat qaror topishining asosidir. Sohibqiron bobomiz Amir Temur aytganlaridek, «Qayerda qonun xukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo'ladi». Shuning uchun xam Amir Temur kuch-qudrat zo'rlik-zo'ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekanini qayta-qayta uqtirgan.
    - Qonun ustuvorligiga qat'i rioya qilish-huquqiy davlatning asosidir. O'zbekistondagi huquqiy davlatda birinchi o'rinda huquqiy, ikkinchi o'rin davlatning qo'yilishi bejiz emas, albatta.
    - Qonunning ustuvorligi-huquqiy davlatning asosiy tamoyilidir. U hayotning barcha jabxalarida qonunning qat'iyan xukmronligini nazarda tutadi. Qonunlarni mensimaslikka, ularni buzishga hech kimning xaqqi yo'q. Madaniyatli va demokratik jamiyatda qabul qilingan qonunlar, ahloqiy «me'yorlar buziladigan davlat huquqiy davlat bo'la olmaydi. Albatta fuqarolari qonunni pisand qilmaydigan davlat huquqiy davlat bo'la olmaydi».
    - Qonun huquqiy davlatda xalqning irodasi ifodasidir. Shuning uchun xam u muqaddas hisoblanadi. Uni buzgan, mensimagan odam Xalqning yuziga oyoq qo'ygan kishidir.
    - Takror va takror aytadigan bo'lsak, bizning jamiyatimiz va davlatimizda qonun, tag'in bir bor qonun, kattayu kichik, jinsidan, millatidan, e'tiqodidan va mansabidan qat'i nazar, barcha uchun ustuvordir.

    Qonun oldida xamma barobar.



    - Qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning oyok osti qilinishi, ulardan g'arazli maqsadlar yo'lida foydalanish qonunlarni obro'sizlantiradi, davlat va jamiyatning ma'naviy asoslariga putur yetkazadi, xalqning noroziligiga, xaqqoniy e'tirozlariga sabab bo'ladi. «Bunday vaziyatda qonunlarni mensimaslik illati, - deydi Islom Karimov, - butun jamiyatni zaharlaydi, davlat tomirlari yemiriladi, chiriy boshlaydi».
    Qonun ustuvorligi fuqarolarning xak-huquqlarini, qadr-qimmati, erkinligini, sha'ni, g'ururini himoya qilishga, ijtimoiy adolatni qaror toptirish va mustaxkamlashga qaratilgandir.
    Qonunning kuch-qudrati, obro'si, ta'siri, amaliy ahamiyati hayotda uning xalol, xaqqoniy, odilona tatbiq etilishiga bog'liq. Agar qonun ijrokorlari o'z burchlari va mas'uliyatlariga xolisanillo yondoshib, to'g'ri yo'ldan toymay, el-yurt, Vatan, mustaqillik manfaati va taqdirini o'zlari uchun oliy maqsad deb xisoblab qonunlarimizni hayotga adolatli joriy etsalar, bundan jamiyatimiz xam, O'zbekiston fuqarolari xam eng ko'p naf ko'radi. Chiqariladigan har bir xukm tug'ri va adolatli bo'lmog'i lozim.
    Bunday qilinsa, g'irromlik, ijtimoiy adolatsizlik, poraxo'rlik, davlat mulkini talash, tanish-bilishlik, urug'-aymoqchilik qilishlar, mansab lavozimlardan shaxsiy boylik orttirish yo'lida foydalanishga urinishlarning oldi olinadi, xaq joyida qaror topadi. Bu narsa Xalqning ruhini ko'taradi, uning jamiyatimiz, davlatimiz va qonunlarimizga bo'lgan ishonchini mustaxkamlaydi, milliy istiqlolimizga mexr-muxabbatini kuchaytiradi, Prezidentimizga xurmat-extiromini yanada oshiradi va mustaxkamlaydi.
    Agar qonun noxolisona qo'llanilib, qonun ijrosining oyog'i to'g'rilik yo'lidan chetga toysa, o'g'ri qolib to'g'ri, aybdor qolib ayibsiz, gunohkor qolib begunoh jazolansa, odamlarning burni noxaqdan-noxak qonasa bunday adolatsizlikdan fuqarolar behad jabr-sitam ko'radi, natijada davlatimiz obro'siga putur yeta boshlaydi, jamiyatimiz negizlari zaiflasha boradi. huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida qonunlarni ijro etishda o'n va yuz karra xalollik va adolat asosida ish yuritish mutasaddilar uchun asosiy maqsad, jamiyat, xalq va Vatan oldidagi ularning buyuk insoniy burchi, yuksak mas'uliyati bo'lmog'i lozim.
    Xazrat Alisher Navoiyning bundan qariyb 500 yil ilgari islom dini va qonunshunoslari-muftilarga qarata aytgan so'zlari xozirgi davr uchun xam ahamiyatini to'laligicha saqlab kelmokda: «Uning ko'ngli hech narsaga og'masligi, ko'nglida xiylagarlik bo'lmasligi, rivoyatlari to'g'ri yozganlari ustozlarning so'zlariga muvofiq bo'lmog'i lozim. Muftiy - ichkilikbozlardek fosiq-ahloqsiz, joxil odamlardek badkirdor va shafqatsiz bo'lmasligi, bir tanga uchun yuz xaqni noxaq va ozgina marhamat uchun ko'p «yo'qni» «bor» yeb bituvchi bo'lmasligi kerak. Bir savat uzum uchun bir bog'ning kuyib ketishidan g'am chekmaydigan va bir botmon bug'doy uchun bir xirmonning sovirilishidan tashvishlanmaydigan bo'lmasligi lozim. Muftiy xiylagarlik bilan yolgon fatvo /xukm/ yozar ekan, u qalamining uchi bilan shariat yuzini qora qilgan bo'ladi: shu qilgan ishi uchun xak olib, o'z moliga qo'shsa - dinini o'ldirish, ikkinchisiga musulmonlarni o'ldirish nasibdir».
    G'ayri insoniy g'oya xukmronlik qilgan mustabid, tuzum davridagi ijtimoiy adolatsizliklar va qonunsizlik jabr-jafosini uzoq yillar davomida ko'rgan o'zbek xalqi jamiyat va davlat faoliyatining xamma jabxalarida qonun, faqat qonun ustuvorlik qiladigan davrlar yetib kelishini zo'r intizorlik bilan kutgandi. Mustaqillik tufayli uning orzu-niyatlari ro'yobga chiqdi. huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatimiz tashkil topayotganligi bu yildagi qutlug' qadamdir. Qonun ustuvorligiga asoslanib faoliyat ko'rsatadigan jamiyat va davlatda yashaydigan inson dunyoda o'zini baxt-saodatli hisoblaydi. Bunday jamiyat va davlatni xalq ommasi, jamiki fuqarolar o'zining birdan-bir suyanchig'i, posboni, najot qal'asi deb biladi va xurmat qiladi. Xalqning manfaatlarini, qadr-qimmatini o'z himoyasiga oladigan qonunlarning quli sifatida xizmat qilishni fuqarolar o'zi uchun or-nomus deb emas, balki fahr-iftixor, shon sharaf deb biladi va uni e'zozlaydi.
    Asosiy qonunda belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasida davlat xokimiyati uning birdan-bir manbai bo'lgan xalq manfaatlarini ko'zlab va Konstitusiyamiz hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Xalq davlatni boshqarishni bevosita yoki saylab qo'yilgan o'z vakillari orqali amalga oshiradi. Xalqning davlatni bevosita boshqarish vositalarining asosiylaridan biri-referendumdir. Referendum o'tkazish qonun yo'li bilan belgilanadi. Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muxokamasiga taqdim etiladi, ya'ni referendum o'tkaziladi. Referendumda qabul qilingan qarorlar bizda oliy yuridik kuchga ega bo'lib, uni faqat referendum o'tkazish yo'li bilan bekor qilish mumkin.
    O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 10-moddasida aytilishicha «O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
    Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga xaqli emas».
Konstitusiyamizga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi xokimiyat boshlig'idir. Prezident ayni vaqtda     Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Prezident O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy teng va tug'ridan-tug'ri saylov huquqiy asosida yashirish ovoz berish yo'li bilan besh yil muddatga saylanadi.
    Konstitusiyaning o'n tuqqizinchi bobida O'zbekiston Respublikisining yuksak vakolatlari to'la ifodalangan. Ulardan ba'zi birlari quyidagilardan iborat:

    O'zbekiston Prezidenti



    Mamlakat ichkarisida va Xalqaro munosabatlarda respublikasi nomidan ish kuradi;
    Respublika Oliy Majlisiga har yili ichki va xalqaro ahvol xususida ma'lumotnoma takdim etadi, ijro etuvchi xokimiyat devonini tuzadi va unga raxbarlik qiladi;
    Respublika oliy xokimiyati va boshqaruv organlarining baxamjixat ishlashini ta'minlaydi;
    Bosh Vazir, uning birinchi o'rinbosari, o'rinbosarlarini, Vazirlar Maxkamasi a'zolarini, O'zbekiston Respubikasi Bosh Prokurori va uning o'rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlisning tasdig'iga kiritadi;
    Oliy Majlisi Konstitusiyaviy sud raisi va a'zolari, Oliy sud raisi va a'zolari, Oliy xujalik sudi raisi va a'zolari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
    Viloyatlar xokimlarini va Toshkent shahar xokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
    Respublika Qurolliy Kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanadi.
    Davlat xokimiyatining yana bir tamoyili-bu xokimiyatning taqsimlanishidir. Bu demokratik huquqiy davlatga xosdir. Ana shu tamoyil asosida davlat organlari tashkil qilinadi. Natijada biron-bir davlat organida xaddan tashqari vakolatlar to'planib qolishining oldi olinadi. Turli davlat organlarining vakolatlari aniq bo'lib, ular bir-birining vazifasini bajarishga, o'rnini bosishga harakat qilmaydi. Turli davlat organlari bir-birini nazorat qilib turadi. Xokimiyatning su'istemol qilinishiga yo'l qo'ymaydi.
    Xokimiyatning bo'linish tamoyili Asosiy Qonunda hamda O'zbekiston Prezidenti asarlarida belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining II-moddasiga muvofiq davlat xokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatidan iborat.
    O'zbekistonda uch xokimiyatdan har birining vakolatlari va vazifalarining aniq belgilab qo'yilganligi, ularning mustaqil faoliyat ko'rsatishlari jamiyatimizda ijtimoiy adolatni qaror toptirish va qonunchilikni mustaxkamlashda katta o'rin tutadi.
    Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi xokimiyatni amalga oshiradi, shahar va tuman Kengashlari tomonidan bajariladi.
    O'zbekistonda qonun chiqaruvchi xokimiyat organi-respublika parlamenti dastlab Oliy Kengash deb atalib 1990-1994 yillarda faoliyat ko'rsatdi. Oliy Kengash murakkab davrda-sobiq Sho'rolar tuzumining qonunlari xali kuchda bo'lgan paytda faoliyat ko'rsatgan bo'lishiga qaramay yaxshi va unumli ishladi. Yangi jamiyat qurish yo'lida sobiq Oliy kengashimiz 200ga yaqin qonunlar va 500dan ziyod qarorlar qabul qildi. O'zbekitson istiqlolini e'lon qilib, davlat mustaqilligining siyosiy-huquqiy asoslarini, ma'naviy negizlarini tayyorladi va amalga oshirdi. Mamlakatimiz tarixida birinchi bor O'zbekiston Prezidentini sayladi. Mustaqillik Deklaratsiyasini e'lon qildi. O'zbekistonning davlat mustaqilligi haqidagi tarixiy qonunlarni va uning Asosiy Qonunini qabul etdi. Bularning barchasi tarixiy voqeadir.
    2002 yilda umumxalq referednumi o'tkazildi va referendum natijasida O'zbekistoni Respublikasi qonun chiqaruvchi xokimiyati Oliy Majlis ishlash tartibi ikki palatali Parlament asosida amalga oshirila boshlagan. Mazkur yilda O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yangi taxriri nashr etilgan. Bu xujjatda parlament vakolatlari tulik o'z ifodasini topgan.
    O'zbekiston Xalqi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishni konstitusiyaviy normalar asosida bosh maqsad etib belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday degan edi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati-ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bilib, u insonning o'z-o'zini kamol toptirishga monelik kilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini tila darajada riyobga chiqishiga kumaklashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishga yil qo'yilmaydi. Yani erkinlik va qonunga biysunish bir vaqtning o'zida amal kiladi». Buning uchun, eng avval, kishilarning siyosiy faolligini yuksak darajaga kitarishiga alohida e'tibor karatish talab etiladi. Fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy jixatidan yetukligi uning davlat hayotida faol ishtirok etishi bilan belgilanishi shubxasiz.
    Istiqlolga erishilgan kundan to shu bugunga qadar, O'zbekiston Respublikasi suveren davlat sifatida o'zining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy qudratini jadallik bilan qadam-baqadam rivojlantirib kelmokda.
    O'zbekiston Respublikasida kelgusida huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish maqsadida juda katta ishlar amalga oshirilib kelinmokda. Shu maqsadda oxirgi uch yil mobaynida O'zbekiston parlamentini ikki palatali qilib shakllantirish uchun bir nechta qonun xujjatlari qabul qilindi. Ular orasida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo'lib o'tdi va bu g'oyat muhim voqea esa tariximiz saxifalariga zargal harflar bilan yozib kuyildi.
    Mamlakatimizda 2002 yilning 27 yanvarida o'tkazilgan umumxalq referendumi va u asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat xokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari tuurisida”gi, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tuurisida”gi, “O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi tuurisida”gi konstitusiyaviy qonunlari ikki palatali parlament tizimiga o'tish uchun zarur xuknastoy semeni lna kulturnogoukiy asosni yaratdi. Shu qonunlar asosida O'zbekiston Konstitusiyasiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi, saylovlar tuurisida qonunlarimiz esa yanada takomillashtirildi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Konstitusiyamiz, respublikamizning saylov qonunchiligi talablari hamda xalqaro me'yor va qoidalarga tiliq amal qilgan xolda, ochiqlik va siyosiy bagrikenglik sharoitida itgan saylovlar mamlakatimiz demokratik qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yilidan dadil qadamlar bilan ilgari borayotganining yana bir yorqin dalili bildi”1 – deb ta'kidladi Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qishma majlisidagi ma'ro'zasida.
    Albatta, erkin demokratik jamiyat qurish istagi bilan yashayotgan har bir xalq yaratilayotgan har bir qonunning adolatli, xalqchil, sodda va tushunarli, inson xuquq va manfaatlarini yanada chuqurroq himoya qila oladigan bilishiga erishishga intiladi.
    Izbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentning shakllantirishdan maqsad esa quyidagilardan iborat:
    Birinchidan–parlament iz vakolatlarini samarali amalga oshirilishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabo'l qilishi uchun zarur bilgan izaro muvozanat va cheklovlar tizimini yaratish;
    Ikkinchidan–+onunchilik palatasi iz faoliyatini doimiy professional tarzda olib borishini nazarda to'tgan xolda, parlamentning qonun ijodkorligi borasidagi ishining sifatini keskin oshirish;
    Uchinchidan-Senat asosan maxalliy Kengashlar, xududlarning vakillaridan iborat bilishini hamda vakillik vazifasini bajarishini inobatga olib, umumdavlat va xududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.
    Tirtinchidan-Aholining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotidagi ishtiroki kilamini yanada kengaytirish.”
    Yuqorida ta'kidlab itilgan maqsadlar avvalo, mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida o'zoqni kizlaydigan “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan tamoyil asosida amalga oishirilishi kerak, albatta.     Iylaymizki, ikki palatali parlamentning afzalliklari juda kip. Bunday parlament faoliyatida jamiyatning turli qatlamlari doirasi kengroq qamrab olinadi, xududlar manfaati esa tiliq aks etadi. Albatta yuqori palata deputatlariga quyi palata deputatlariga nisbatan yanada kiproq talab qiyiladi.
    Shuning uchun yuqori palata tarkibida malakasi yuqori, tajribasi kip, yoshi va xurmati uluu bilgan kishilar biladi. Bu palata iz faoliyati orqali quyi palatani muvozanatga solib turadi, u qabo'l qilgan qonun va qarorlarni takomillashtiradi, baxs-munozaralarda esa bexuda extiroslarga berilmaydi, kirilayotgan masalalarni davlat manfaatlari foydasiga xal qilishga intiladi.
    Bundan tashqari, ikki palatali parlament quyi palatani professional asosda shakllantirishga imkon yaratadi. Shu asosda deputatlarning maxsus bilim va malakaga ega bilishi, siyosiy-ijtimoiy jarayonlardan yaxshi xabardorligi, shu bilan birga maxoratti ular tayyorlayotgan qonun loyixalari sifatiga xam ijobiy ta'sir etadi. O'zbekiston Respublikasining Ijro etuvchi xokimiyatini Vazitrlar Maxkamasi amalga oshiradi. Agar kuchli ijroiya xokimiyati bo'lmasa eng demokratik yo'l bilan qabul qilingan qonunlar xam bajarilmasligi aniq. Amalga oshmagan qonunning amaliy ahamiyati bo'lmaydi. Mamlakatimizda ijro xokimiyati Prezident va Vazirlar Maxkamasi tomonidan, joylarda esa tuman, shahar va viloyat xokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Sud xokimiyati O'zbekiston Respublikasi davlatchilik tarixida ilk bor faqat mustaqillik xokimiyat tarmogi sifatidagi mavqesi, vakolatlari, huquqlari ta'minlandi. Konstitusiyaning 106-moddasida «O'zbekiston Respublikasida sud xokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi xokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil xolda ish yuritadi» deb ko'rsatilgan. Sud xokimiyati Qonunning ustunligini barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta'minlaydi. Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga buysunadilar. Mustaqillik yillarida demokratik huquqiy davlatni barpo etish, davlat hayotining huquqiy asoslarini yaratish, xokimiyat vakolatlarini taksimlash masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, «Davlat xokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi vakolatlarning taksimlanish tamoyili asosida amalga oshiriladi. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyati-davlatning uchta asosiy tayanchidir».
    Parlament xo'zuridagi Inson huquqlari bo'yicha vakil (ombudsman) instituti O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi va 1995 yil 6 mayda Oliy Majlis qaroriga binoan uning xo'zurida Vakilning inson huquqlari borasidagi vazifalarni namunali amalga oshirishiga kumaklashish uchun fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya qilish Komissiyasi tashkil etildi. Vakil va Komissiya faoliyati Oliy Majlisning 1995 yil 29 avgust Qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tug'risidagi Nizom bilan tartibga solingan.
    Inson huquqlari bo'yicha vakil haqidagi qonun loyixasi umumxalq muxokamasi uchun «Xalq so'zi», «Narodnoye slovo» gazetalarida 1997 yil 14 fevralda e'lon qilindi. 1997 yilning 24 aprelida esa O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tug'risida» Qonun qabul qilindi.
    Mazkur qonun inson huquqlari bo'yicha Vakilning huquqiy xolatini, faoliyat sohasi va tamoyillarini, shuningdek, lavozimga saylanish va ishdan bo'shatilish tartibini, fuqarolarning shikoyat va arizalarini kurib chiqishdagi vakolatlari hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoyalashdagi huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.     Bu institut 1809 yil Shvesiyada ilk konstitusion normalar yuzaga kelishi va xokimiyat, boshqaruv va sud organlarining ularga rioya qilishlari ustidan parlament nazorati urnatish zaruriyati paydo bo'lganligi tufayli yuzaga kelgan. Belgilangan lavozimning shu vaqtga qadar dunyoda uxshashi bo'lmagan, zero «ombudsman» avvalboshda fuqarolarni ma'muriyat jabr-zulmidan himoya qilish funksiyasini utagan. «Ombudsman» o'rta asrlardagi shved tilida «ombud» so'zini, ya'ni kuch-qudrat, obro'-e'tibor degan ma'noni anglatib, shu ish bilan shug'ullanuvchi shaxs, vositachi yoxud boshqa odamlar vakili hisoblanadi. huquqiy ma'noda ombudsman ishonchga loyik betaraf shaxsni bildiradi. U fuqarolar huquqini hamda barcha davlat organlari va ularning vakillari ustidan keng nazorat olib borish shaklidagi bevosita parlament nazorati olib borishga vakolatlangan.
    1919 yildan boshlab bunday organlar asta-sekin boshqa mamlakatlarda ta'sis etildi va huquqiy nazorat tizimiga kiritildi. Ular parlament va sud nazorati tarzida, shuningdek ma'muriy organlar tomonidan amalga oshirila bordi. Bunday institutga extiyoj mavjud bo'lgan, boshqa institutlar davlat boshqaruviga nisbatan yetarli nazorat vazifasini bajara olmagan va demokratik davlatda ma'muriy o'zboshimchalikdan fuqarolarni kushimcha himoya qilish zarurati yuzaga kelgan paytda paydo bo'ldi. Ombudsman parlamentning barcha ijroiya organlari ustidan an'anaviy nazorat olib borishiga yordamlashadi, ularni to'ldiradi va kengaytiradi. Shu sababdan jahonning aksar mamlakatlari o'zlaridagi mavjud nazorat shakllarini yana bir shakl – «ombudsman» modeli bilan boyitmokdalar.
    Xozirgi vaqtda dunyoda yuzga yaqin «ombudsman» mavjud bo'lib, mazkur lavozimdagi shaxslar ba'zi mamlakatlarda «ombudsman», ba'zilarida vositachi (mediator), uchinchi bir xillarida esa parlament vakili va turtinchilarida, xuddi bizning O'zbekistonimizda bo'lganidek, Inson huquqlari bo'yicha vakil deb yuritiladi. Xorijiy mamlakatlar tarixi va amaliyoti bu institutning ikki xil turi: parlament ombudsmani (Shvesiya, Buyuk Britaniya va boshqalar) hamda ijroiya xokimiti ombudsmani (AQSh, Fransiya, Kanada) borligidan guvoxlik beradi. Ombudsman institutining vakolatli yoki ijroiya xokimiyati organi ekanligi uning huquqiy bazasiga, lavozimiga tayinlanish va ishdan bo'shatilishiga, uning funksiyasi taxliliga karab aniqlanadi.
    Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'z faoliyatini olib borishda uning faoliyatini tartibga soluvchi Qonungagina emas, balki boshqa normativ huquqiy xujjatlarga xam asoslanadi. Bunday xujjatlar katoriga kotibiyat faoliyati tug'risidagi Nizom, Vakil koshidagi Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Komissiyasi Reglamenti, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tug'risidagi Nizom kabilar kirib, bo'lar Vakil faoliyatining barcha yo'nalishlarini batafsil belgilab beradi.
    Vakil o'z vazifalarini bajarishda 1994 yil 6 maydagi «Fuqarolar murojaatlari tug'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 1995 yil 30 avgustdagi «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini bo'zadigan harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish tug'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonun xujjatlari hamda inson huquqlari bo'yicha Xalqaro konvensiyalarga amal kiladi.
    O'zbekistondagi Vakil keng huquqiy vakolatlarga ega bo'lib, uning faoliyati davlat va fuqaro, jamiyat va shaxsga oid ijtimoiy munosabatlarning muhim sohasini o'z ichiga oladi. Xozirgi zamon jamiyati hayoti va faoliyatining Vakilga taallukli bo'lmagan birorta sohasi yo'q, chunki inson va uning xak-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari Vakilning asosiy dikkat ob'ekti hisoblanadi.

    Vakil quyidagi huquqlarga ega:

    shikoyatni ko'rib chiqish;
    arizachi o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan vositalar va shakllarni ko'rsatish;
    shikoyatni uning mohiyatiga kura xal qilishga vakolatli bo'lgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;
    arizachini uning huquqlari va qonuniy manfaatlaria daxldor xujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
    shikoyatni ko'rib chiqishni sababini albatta ko'rsatgan xolda rad etish;
    qonun xujjatlariga zid bo'lmagan boshqa chora-tadbirlarni qurish.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa