O'zbekistonda yangi demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti 1-Mavzu: «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti»



Download 139.36 Kb.
bet2/6
Sana12.01.2017
Hajmi139.36 Kb.
1   2   3   4   5   6
2-Mavzu: O'zbekistonda davlat mustaqilligining qo'lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati

    Reja:

    1. Davlat mustaqilligiga erishishda Xalqimizning azaliy orzusining namoyon bo'lishi.


    2. O'zbekiston-suveren davlat, uning ma'muriy-xududiy tuzilishi va boy imkoniyatlari.
    3. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, uning asosiy tamoyillari. Davlat ramzlari.

    Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safida O'zbekiston Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va kelajak uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir.


    O'zbekiston davlat mustaqilligi nixoyatda og'ir, uta murakkab, qaltis va taxlikali vaziyatda amalga oshdi. Bu paytlarda davlat mustaqilligimizga xavf-xatar va taxdid solayotgan, uni gudakligidayok bugib uldirishga shay turgan, tish-tirnogigacha qurolmagan yovuz kuchlar respublikamizning xam ichkarisida, xam tashkarisida to'lib-toshib yotgandi. O'sha kezlarda vaziyat o'ta ketgan darajada xatarli tus olgandi. Vaziyatni boshqarishni eplay olmay qolgan sobiq Markaz mustaqillik, erkinlik yo'lida qilinayotgan xar qanday xarakatlarni shafqatsiz ravishda bostirib yo'q qilib tashlashga tayyor edi.
    O'zbekiston vaziyat qanchalik og'ir va mashaqqatli bo'lishiga qaramasdan va zarracha cho'chimasdan mustaqillik, istiqlol va erkinlik uchun dadillik bilan kurash boshladi. Respublika Oliy kengashining 1989 yil 21 oktyabrda O'zbekistonning Davlat tili haqida qabul qilgan qonuni mustaqillik yo'lidagi dastlabki qadam bo'ldi.
    Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi. O'zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta'sis etilib Islom Karimovning Prezident etib saylanishi mamlakatimiz mustaqillik yo'lidagi yangi bir yutuq edi. Moskva o'sha paytdagi ittifoqdosh respublikalar raxbarlari orasida islom Karimovning birinchi bo'lib prezidentlikka saylanganligini juda salbiy qabul qildi.
    O'zbekiston o'zining erkinlik va mustaqillik sari uzoqni kuzlagan adolatli, qonuniy xarakatni zarracha bo'lsa-da to'xtamasdan davom ettiraverdi. Bu sohada erishgan eng katta muvaffaqiyatlardan yana biri - O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»dir. «Mustaqillik Deklaratsiyasi»da O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilingan. Ana shu muhim xujjatda, shuningdek, O'zbekiston davlatining o'z xududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanxo xokimligi, davlat xududi chegarasi dahlsizligi va bu xudud Xalqning muxokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan.
    Mustabid, ma'muriy-buyrukbozlik tuzumi tarafdorlari chok-chokidan smirilib borayotgan va siyosiy buxron botqog'iga botib qolgan Ittifoqni qanday qilib bo'lsa-da saqlab qolish ilinjida kurashni avj oldirib yubordilar. O'z maqsadlarini amalga oshirish uchun turli yo'llar, vositalar va imkoniyatlardan foydalandilar. Bir gurux amalparastlar 1991 yilning 19-21 avgustida Moskvada Yanayev raxbarligida davlat to'ntarish qilishga xam urinib ko'rdilar. Favqulodda xolat davlat Qo'mitasi-GKChP tuzilib M.S.Gorbachev xokimiyatdan zo'ravonlik yo'li bilan chetlashtirildi. Fitna qatnashchilarining asosiy maqsadlari SSSR tarkibidagi barcha Xalqlar va millatlarning mustaqillikni qo'lga kiritishlariga yo'l kuymaslik, Ittifoqdan chiqish yo'lidagi xarakatlarni bo'g'ib tashlash, eskirib, o'z umrini tugatib bo'lgan totalitar tuzumni xalok bo'lishdan saqlab qolish edi.
    O'zbekiston raxbariyati Islom Karimov raxbarligida g'oyatda murakkab va qaltis bir paytda ro'y berayotgan voqealar va siyosiy jarayonlar rivoji va taraqqiyotiga siyosiy xushyorlik va donolik bilan baxo berdi. O'zbekistonning o'z mustaqilligiga erishish uchun boshlangan xarakati kat'iy ekanligi, bu yo'ldan hech qachon qaytmasligi yana bor alohida ta'kidlandi.
    Vaziyat tobora taranglashib, Markaziy xokimiyat kalovsirab, boshqaruv qobiliyatini yo'qotib, siyosiy jihatdan karaxt bo'lib, kuchli inqirozga uchrab qolgan paytda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1991 yil 31 avgustda Toshkentda Oliy Kengash YI sessiyasi chaqirildi. Uning O'zbekistonni mustaqil davlat deb e'lon qilinishida tarixiy ahamiyati katta bo'ldi. O'sha sessiyada «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qilish tug'risida» O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Qarori, «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi tug'risida» Oliy Kengash Bayonoti, hamda «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi Asoslari tug'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
    Oliy Kengash qabul kilgan bu xujjatlar mustaqillik haqidagi Xalqimiz orzu-niyatlarining ro'yobga chiqkanligining huquqiy asosi bo'ldi.
    1 sentyabr O'zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilanib va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi.
    Shunday qilib, O'zbekistonda davlat mustaqilligi tinch, parlament yo'li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliklarsiz amalga oshdi. Murakkab tarixiy vaziyat davlat mustaqilligi borasida erishilgan yutuqlarni mustaxkamlashga zudlik bilan kirishishni takozo etardi.
    Buning uchun, eng avvalo, Xalqning mustaqillikka munosabatini aniqlash zarur edi. Ana shu maqsadda Oliy Kengash 1991 yilning 29 dekabr, yakshanba kuni O'zbekiston Respublikasining referendumi o'tkazilishi haqida qaror qabul qildi. Ovoz berish referendumiga O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e'lon qilingan «O'zbekiston Respublikasininng davlat mustaqilligini ma'qullaysizmiq» degan savol kiritildi. Ovoz berish uchun tuzilgan ro'yxatga kiritilgan fuqarolar sonining 94,1 foizi ishtirok etdi. Saylovchilarning 98,2 foizi respublika davlat mustaqilligini quvvatlab ovoz berdi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi umumxalq tomonidan shu tariqa to'la ma'qulladi. O'zbek Xalqining mustaqillikka ega bo'lish hamda dunyo xamjamiyati orasida o'zining munosib o'rniga ega bo'lish tug'risidagi orzu-niyatlari ro'yobga chiqdi.
    Asosiy Qonun – Konstitusiyada belgilab qo'yilganidek, O'zbekiston Respublikasi mustaqillikning muqaddas ramzlari – Davlat Gerbi, Davlat Bayrog'i, Davlat Madhiyasiga ega. Ular ma'naviyatimizning eng muhim timsollari xamdir. Davlat ramzlari uning tuzumini, Xalqning tabiati-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini, ma'naviyatini, ona-Vatanga iftixor va cheksiz xurmatni va boshqa muhim belgilarni anglatadi. Davlatimiz ramzlari-bayrok, tamg'a, madxiya O'zbekiston xalqlarining shon-sharafi, gururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi. Mana shu ramzlarni e'zozlash-o'zining qadr-qimmatini, o'z mamlakatiga va shaxsan o'ziga bo'lgan ishonchni mustaxkamlash demakdir. O'z mamlakati bilan faxrlanadigan inson juda ko'p narsalarga qodirdir. Bu esa oilaning xam, o'z Vatanining xam shon-shuxratini oshiradi.
    O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan keyin mamlakatda davlatni idora etishning zamonaviy va samarali shakli-prezidentlik shakli tizimi qaror topa boshladi. 1991 yil 18 dekabrda Oliy Kengashning navbatdagi YIII sessiyasida «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tug'risida» qonun qabul qildi. 1991 yil 29 dekabrda mustaqil O'zbekiston Respublikasida birinchi marta butun Xalqning xoxish-istagini ifoda etgan Prezident saylovi bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi muqobillik asosida bo'ldi. Saylovda 9 million 900 ming 958 kishi qatnashdi. Bu barcha saylovchilar umumiy sonining 94,2 foizini tashkil etadi. islom Abdug'aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 milion 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Islom Karimov – umumxalq ovozini qozonish yo'li bilan saylangan O'zbekistonning birinchi Prezidentidir.
    Prezident saylovi O'zbekistonning butun xududida chinakam demokratik asosda, fuqarolarning yuksak darajadagi faol ishtiroki bilan o'tkazildi. Dunyoning AKSh, Turkiya, Malaziya va boshqa mamlakatlaridan kelgan xolis kuzatuvchilar O'zbekiston Prezidenti saylovini uyushqoqlik bilan puxta tashkil etilganligini alohida ta'kidladilar.
    O'zbekiston davlat mustaqilligini jahon xamjamiyati, Xalqaro jamoatchilik qo'llab-quvvatladi. Xozir dunyodagi 165 mamlakat O'zbekiston davlat mustaqilligini tan olgan. Tarixda ilk bor, 1992 yilning 2 martida O'zbekiston Xalqaro huquqining teng huquqli sub'ekti, mustaqil, yosh suveren davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi va BMT binosi oldida uning Davlat Bayrog'i kutarildi. Mustaqillik siyosiy sohada – O'zbekistonning milliy manfaatlari va istiqboliga mos keladigan ichki va tashqi siyosatni o'zi istaganicha, biron-bir buyuk davlatning ta'siri doirasiga tushib qolmasdan, buyruklarga quloq solmasdan, o'z xalqi irodasi asosida olib borish va amalga oshirish huquqiga ega bo'lishdir. O'zbekistonning o'zining Asosiy Qonuni-Konstitusiyasiga, davlat bayrog'iga, xokimiyat va boshqaruv idoralari tizimiga, davlat ramzlari va davlat mukofotlariga ega ekanligi xam uning siyosiy mustaqilligini bildiradi.
    Mustaqillik iqtisodiy sohada – huquqiy asosni yaratdi. Bu xaqda 1991 yil 31 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi Asoslari tug'risida»gi Qonunining 7-moddasida shunday deyilgan: «O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir».
    Mustaqillik ma'naviy sohada - bu o'zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarimizni, madaniyatimiz va an'analarimizni, din va e'tikodimizni, tilimiz va ma'naviyatimizni qayta tiklash va rivojlantirishda erishilgan huquqdan xam iboratdir.
Mustaqillik Xalqaro sohada – bu xalqaro maydonda mustaqil davlat sifatida tan olinishi. Mustaqil tashqi siyosat yuritish. Xalqaro munosabatlarning mustaqil sub'ekti. Xalqaro xamjamiyatning, xalqaro tashkilotlarning to'la huquqli a'zosi. Jahon xamjamiyatidan munosib urin egallash. Jahonning ko'plab mamlakatlari bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy xamkorlik tug'risida shartnoma va bitimlar to'zish. Ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlar orkali boglanish va xamkorlik.

    O'zbekistonning jug'rofiy-strategik o'rni va imkoniyatlari

    1. Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida joylashgan bo'lib, xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish nuqtai nazaridan va o'z taraqqiyot istiqbollari jixatidan qulay jug'rofiy-strategik mavqega ega.
    2. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan bo'lib, u boy tabiiy boyliklar, xo ashyo resurslariga egadir.
    3. Xududlari kadim zamonlarda Sharq bilan ?arbni bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'li o'tgan.
    4. Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'oniston davlatlari o'rtasida bog'lovchi xalqa vazifasini o'taydi.

    O'zbekistonda ishga solinayotgan foydali kazilma konlarining xususiyatlari


    1. Tabiiy va mineral xom ashyo zaxiralari yirik konlarda to'plangan bo'lib, ularni qazib olingan joyining o'zidayok kompleks qayta ishlash imkoniyati borligi.
    2. Foydali qazilmalarning ko'pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar yuqori darajada bo'libgina qolmay, katta mikdorda yo'ldosh elementlarga xam egaligi.
    3. Konlarning ko'pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi xam nisbatan oddiy. Bu texnologiya foydali komponentlari ko'p mikdorda chiqarishni va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta'minlashligi.
    4. Ko'pgina foydali qazilma konlari yaxshi o'zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo'llariga va xududlar o'rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuk va gaz xolatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega ekanligi.
    5. Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog'-kon mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari tizimi mavjudligi.

    Strategik ahamiyatga molik resurslar

    1. O'zbekiston noyob yonilg'-energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko'mir 2 milliard tonnadan ortiq, 160dan ortiq neft koni mavjud… Mutaxassislarning baxolashicha, O'zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika xududining qariyb 60 foizida ularni istiqbolda qazib olish mumkin. Neft va gaz resurslarining zaxiralari bir trillion AKSh dollaridan ziyod baxolanmokda. O'zbekistondagi neft zaxiralarining kazib olinganlik darajasi bor-yo'g'i 32 foizni tashkil etadi. bu ko'rsatkich Turkmanistonda-61 foizga, Qirg'izistonda – 41 foizga, Tojikistonda – 60 foizga teng.
    2. O'zbekiston katta ko'mir zaxiralariga ega. Uning geologik zaxiralari bo'yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o'rinda turadi. O'zbekistonda ko'mir Angren, Shargun va Boysun konlarida qazib chiqariladi. Ularning umumiy zaxirasi 2 milliard tonna.
    3. O'zbekistonda qimmatbaxo metallar bilan bir qatorda uran xam ishlab chiqariladi. Aniqlangan uran zaxiralari 50-60 yil mobaynida qazib olishga yetadi.
    4. O'zbekiston rangli metallar – mis, qo'rg'oshin, rux, volfram va shu guruxga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zaxiralariga ega. Ishlab turgan konlar mis va unga yo'ldosh metallarni 40-50 yil, rux va qo'rg'oshinni 100 yildan ko'prok vaqt qazib olishni ta'minlaydi. O'zbekiston reniyning noyob zaxiralariga ega. U Olmalik konlarida mis rudalari bilan bog'liq.
    5. Respublikada 20 ta marmar, 15 ta granit va gabbro koni borligi aniqlangan. Koplama toshlarning umumiy zaxiralari 85 million kubometrdan ortib ketadi.
    6. Respublika fosforitlarga boy. Jeroy-Sardara fosforitlar konidagi Marokash turiga mansub zarradonador fosforitlarning aniqlangan zaxirasi taxminan 100 million tonnani tashkil etadi.
    7. O'zbekistonda juda katta kaliy to'z konlari mavjud bo'lib, bo'lar Qashqadaryo viloyatidagi Tubakat va Surxandaryo viloyatidagi Xujaimkon konlaridir. Taxminiy xisoblarga qaraganda, kaliy tuzlari 100 yilga yetadi.

    Tabiiy boyliklarimiz tug'risida ma'lumot

    O'zbekistonda mashxur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Xozirga kadar 2,7 mingdan ziyod turli foydali kazilma konlari va ma'dan namoyon bo'lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Ular 100ga yaqin mineral-xom ashyo turlarini o'z ichiga oladi. Shundan 60 dan ortig'i ishlab chiqarishga jalb etilgan. 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo'lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 milliard AKSh dollarini tashkil etadi. shu bilan birga, umumiy mineralxom ashyo potensiali 3,3 trillion AKSh dollaridan ortiqrok baxolanayotganini xam aytib o'tish kerak. ?oyat muhim strategik manbalar – neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 155 ta istiqbolli kon, qimmatbaxo metallar bo'yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv metallar bo'yicha 40, konchilikkimyo xom ashyosi bo'yicha 15 ta kon qidirib topilgan.
    Xar yili respublika konlarida taxminan 5,5 milliard dollarlik mikdorda foydali qazilmalar olinmokda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zaxiralar qo'shilmokda. Oltin zaxiralari bo'yicha respublika dunyoda 4- o'rinda, uni kazib olish bo'yicha 7-o'rinda, mis zaxiralari bo'yicha 10-11-o'rinda, uran zaxirasi bo'yicha 7-8-o'rinda turadi.

    O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi

    Jahon tajribalari shuni ko'rsatadiki, mustaqil demokratik huquqiy davlatning tashkil topishi va rivojlanishining asosiy sharti davlat va jamiyatning siyosiy qurilish tizimini belgilaydigan, fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini himoya kiladigan, Xalqning muayyan tarixiy tajribasi va qabul qilingan Xalqaro me'yorlarga javob beradigan Konstitusiyasining mavjudligidir.
    O'zbekiston Konstitusiyasini ishlab chiqish g'oyasi «Mustaqil Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi munosabati bilan ilgari surilgan edi. Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasi (1990 yil iyun) Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitusiya loyixasini tayyorlash bo'yicha komissiya to'zdi.
    Konstitusiyaviy komissiya deyarli 2,5 yil davomida Konstitusiya loyixasini tayyorlash ustida ishladi. Ajdodlarimizning davlatchilik qurilishi, uni mustaxkamlash yo'lidagi g'oya va fikrlari, Xalqaro huquqiy va siyosiy tafakkur, jahondagi yetakchi davlatlarning Konstitusiyaviylik tajribasi asosida O'zbekiston Konstitusiyasi loyixasi ishlab chiqildi.
    Konstitusiya loyixasi 1992 yil sentyabrda matbuotda e'lon qilindi va 3 oy davomida umumxalq muxokamasida bo'ldi. Xalq tomonidan 6 mingdan ortiq taklif va muloxazalar bildirildi.
    Respublika Oliy Kengashining un birinchi sessiyasi 1992 yil 8 dekabrda «O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini qabul qilish tug'risida» qonunni qabul qildi.
    2003 yilda umuXalq referendumi natijalari e'lon qilingandan sung O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o'zgartirish kiritildi va yangi taxriri nashr etildi.
    Mazkur xujjatga ikki palatali parlament ishlash tartibi, qonunchilik va Senat palatalarining mutlak va birgalikda bajaradigan vazifalari va vakolatlari kunsatilgan

    O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy prinsiplari

    - Davlat suvereniteti.
    - Xalq xokimiyatchiligi.
    - Fuqaro (inson) erkinliklari va huquqlarining dahlsiz va ustivorligi.
    - Demokratizm.
    - Davlat va shaxsning o'zaro mas'ulligi.
    - Qonuniylik.
    - Konstitusiyaning ustunligi.
    - Xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo'linishi.
    - Maxalliy o'z-o'zini boshqarish.
    - Sud (idoralari) tuzilishi va sudlov.

    Davlat bayrog'i. «O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i tug'risida»gt O'zbekiston Respuyulikasi qonuni 1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sakkizinchi sessiyasida qabul qilindi.


    Davlat gerbi. «O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tug'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni 1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining uninchi sessiyasida qabul qilindi.
    Davlat madxiyasi. «O'zbekiston Respublikasi Davlat madxiyasi tug'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilindi.
    Davlat mukofotlari. 1993 yil 7 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi va ikkinchi darajali «Soglom avlod uchun» ordeni ta'sis etildi.
    1994 yil 5 mayda quyidagilar ta'sis etildi:
    - «O'zbekiston Kaxramoni» unvoni va «Oltin yuldo'z» medali;
    - «Mustaqillik» ordeni;
    - «Dustlik» ordeni;
    - «Jasorat» medali;
    - «Shuxrat» medali.

    1995 yil 30 avgustda quyidagilar ta'sis etildi:


    - «Mexnat shuxrati» ordeni.
    - Birinchi va ikkinchi darajali «Shon-sharaf» ordeni.

    1996 yil 26 aprelda ta'sis etildi:


    - «Amir Temur» ordeni.
    - «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni.

    1998 yil 28 avgustda ta'sis etildi:


    - «El-yurt xurmati» ordeni.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa