O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2020 yildagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-son qarori qabul qilindi
Bog'liq O'zbekistonda xizmatlar sohasini rivojlantirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2020 yildagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-son qarori qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.06.2020 yildagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4752-son qarori qabul qilindi.
Respublikada xizmatlar sohasining tezkor o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
Respublikada xizmatlar sohasining tezkor o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va aholi uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasini ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Belgilansinki:
- kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davri bilan foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foiz past qilib beriladi;
- tijorat banklari tomonidan kreditlar xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa maishiy, ta’lim, tibbiy, axborot-kommunikatsiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalarda faoliyat ko‘rsatadigan korxonalarni tashkil etish (moliya va savdo sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) va jihozlash uchun Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi;
- mazkur qarorda nazarda tutilgan kredit liniyasi mablag‘larining kamida 20 foizi ayollar va yosh tadbirkorlarga ajratiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-son qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan 67 ta faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlari uchun “Har bir oila ― tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi va qaytarilishi ustidan tizimli monitoring va nazoratni ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.