Oʻzbekistonda xalqaro moliyaviy hisob standartlari



Download 41,96 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi41,96 Kb.
#268337
1   2
Bog'liq
01.O’zbekistonda xalqaro moliyaviy hisob standartlari

Tortinchidan, milliy iqtisodiyotda xalqaro kompaniyalar sonini ortishiga va faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi;

Beshinchidan, MHXS talablari asosida yagona tan olinadigan moliyaviy hisobotni tuzish uning natijadorliligini oshiradi va tuzish xarajatlari qisqaradi;

Xoʻsh MHXS oʻtish shuncha imkoniyat berar eka nega bu jarayon shu kungacha choʻzilib ketdi, bunga bir necha sabablar bor:



  • yangi Oʻzbekiston tarixi boshlanishigacha respublikamiz raxbariyatida yurtimiz iqtisodiyotini duniyo iqtisodidan chegaralangan holda boʻlishidan manfaadorlik va xayrixohlik bor edi.

  • davlat moliyaviy axborotlarni yuritilishini ta’minlovchisi va bir vaqtning oʻzida moliyaviy axborotdan foydalanuvchisiga aylanib qolishi. Bu oʻz navbatida moliyaviy axborotlarni qadri va shakilanishi bir tomonlama qarashga olib keldi.

  • mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish darajasi pastligi va bu texnik jihatdan yaxshi yolga qoʻyilmaganligi.

  • malakaliy mutaxasislar yetarliy emasligi va oʻquv qoʻllanmalar yetishmovchiligi muammosi borligi hamda xorijiy tillar bilish darajasi pasligi.

  • mamlakatimiz xufyona iqtisodiyotda ulushu balandligi.

MHXS talablari asosida toʻliq moliyaviy hisobot tizimiga oʻtishning muvaffaqiyati va muddati, haqida gapirganda asosan, oʻtish gʻoyasi toʻgʻridan-toʻgʻri kompaniya va tashkilotlar, rahbariyatida samarali boshqaruvining asosi ekanligini anglab etishi bilan oldindan belgilanishi mumkin.

MHXS tamoyilari orqali moliyaviy hisob va hisobotlarni tashkil etish, maxsus davlat dasturlari doirasida amalga oshirilmasligi, davlat tomonidan jiddiy qo’llab-quvvatlanmasligi kelgusi yillarda o’tishning asosiy vazifalarini hal yetishga imkon bermaydiy.

Muayyan harakatlarning notoʻgʻri talqin qilinishi xalqaro standartlarning mazmunini o’zbek tiliga toʻgʻri, malakali, oʻqiydigan tarjima qilish vazifasi xam eng dolzarb muamolardan hisoblanadi.Shuning uchun MHXS boʻyicha kengash tuzilishi va bu orqali olib borilayotgan oʻzgarishlar, sharhlar, standartlarni hisobga olgan holda mavjud MHXS standartlarini o’zbek tilida tarjima qilish, ularni qayta nashr etish va yangilarini qabul qilish, shuningdek, ushbu materiallarga erkin kirishni ta’minlash zarur.

Prezident qarori bu yangi iqtisodiy bilim va koniklamarni talab etadi. Shu sababda bir qator internet tarmoqlarda norozi va nolishlar buxgalterlar tomonidan bildirilishi munkin. Yangi bilimlarni egalash va o’zlashtirish, bir qobiqqa va koʻrinishga oʻrganib yangi ishlash uslubini bilish mashaqqat va mehnat talab qiladi. Ammo hozirgi kundagi duniyo iqtisodiyotidagi real holat shuki, buxgalter faoliyatining asosi moliyaviy axborot foydalanuvchisi manfaati, ya’ni investor va qaror qabul qiluvchi mulkdorlar, boshqacha emas. Lekin afsus, ko’pgina korxona, tashkilot kompaniya va banklar rahbarlari tushunmaydi yani buxgalterlar vazifasi soliq hisobotlarini toʻgiri va oʻz vaqtida topshirish yoki nazorat va tekshiruv uchun hisob-kitob yuritadi dep oʻylaydi.

Eskicha fikirlashga va ishlashga o’rganib qolgan buxgalterlar MHXS printsiplarini tushunarsizlik va o’ta mavhumlikda ayblashlarini kuzatish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, yangi qoidalar bosh buxgalterni o’zi ishlab turgan tashkilot biznesini iqtisodchi va moliyachi tarzida tushunishga majburlaydi.

Shu bilan birgalikda shubhasiz, xalqaro hisobot standartlarini joriy etish mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning yangi bosqichiga oʻtadi. MHXS tomonidan tuzilgan hisobot, oʻzbek korxonalari, tashkilotlari va kompaniyalari faoliyatida real jarayonlarni aks ettiradi. Aktivlar bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadigan boʻlsa, zaxiralar toʻgʻri hisoblansa, dunyoning aksariyat mamlakatlarida tashqi foydalanuvchilar uchun tushunarli boʻladi. Natijada, MHXSni joriy etish nafaqat oʻzbek korxonalari, kompaniyalar va banklarning xalqaro darajaga chiqishiga, balki investitsiyalarni jalb qilishga ham yordam beradi.

Ana shuni e’tiborga olib, qabul qilingan Prezident qarori mamlakatda investitsion muhitni shakllantirishga sharoit yaratish va uni ishlashini tezlashtirish, rag’batlantirish maqsadini ko’zlaydi.

Shunday qilib, o’rnatilgan huquqiy asoslar xorijiy hamkorlarning keng investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning axborotga boʻlgan talabini qondirishga xizmat qiladi va sarflagan sarmoyasini himoya qiladi.

Misol uchun MHXSga oʻtish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni 2016 yildan yanada kuchaytirilishi yurtimiz iqtisodiyotiga katta tasir ko’rsatishi 2015-2020 yillarda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdorini dinamikasidan xam koʻrish munkin 1- jadval. (3)

1-jadval

Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlarning iqtisodiy sub’ektlari hamda qoʻshma korxonalarning real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablagʻlardir.(2)

Investitsiya kapital oqimini bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga oʻtib ketishini bildiradi, resurslarni yanada foydaliroq shartlar asosida joylashtirishni belgilaydi.

Bu oʻz oʻrinda chet ellik kapital egasi investor oʻzi tushinishi oson boʻlgan hisob yuritilishi uning koʻproq muddat va resurs bilan ma’lum bir hududa qolishiga va bo’lishi uchun hizmat qiladi.

Oʻzbekiston uchun asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar oʻzgarish dinamikasi butun duniyo iqtisodiyoti uchun juda ogʻir boʻlgan 2020 yilni hisobga olmaganda holda oʻsish koʻrsatgichini koʻrsatib kelmoqda 2-jadval. (3)

2-jadval

Oʻzbekistonda oxirgi yillari davlat iqtisodiy siyosatida tub burilish, jadal islohotlar amalga oshirila boshlandi.

“Yangi Oʻzbekiston” shiyori bilan davlat siyosati va iqtisodiyotida tub oʻzgarishlar, burilishlar va jadal islohotlarni boshlab berdi.

Oʻzbekistonda iqtisodiyotimzni modernizatsiya qilish, har bir qoror va islohat inson huquq va erkinliklarini, qonun ustuvorligini taʼminlash asosida yurtimizning yangi, demokratik qiyofasi yaratilmoqda.

Islohotlarimiz asosi, xalq bilan muloqot, xalqni rozi qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani tufayli jamiyatimizda ochiqlik va erkinlik muhiti tobora kuchayib bormoqda. Prezident qarori aholi jon boshiga asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar koʻrsatgichlarini yillar boʻyicha solishtirish orqaliy korishimiz mumkin 3-jadval. (3)
3-jadval


O’zbekiston Respublikasida MHXSlarga o’tishda o’ziga xos va milliy iqtisodiyotimizga mos yo’l tanlandi. Bu xalqaro standartlarga muvofiq keladigan buxgalteriya hisobi bo’yicha milliy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish yo’li bo’ldi.

Shu oʻrinda Prezident qarori bugungi kun talabi va yurtimizning iqtisotiy kelajagini belgilay asosiy hujjatga ayladi. Eng asosiysi endilikda tizim qanday ishlaydi, kimning manfatlari birlamchi boʻladi, iqtisodiy axborot beruvchi va tashivshi hujjatlar salohiyati eng asosiy masalar sifatida koʻriladi.

Xulosa oʻrnida yurtimizda MHXS oʻtishlishi pirovar maqsadi bu xalq faravonligini oshirish prizidentimiz takidlagander “Asosiy maqsadimiz – xalqni rozi qilish” tamoyiliga xizmat qiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati


  1. https://uza.uz/oz/posts/moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlariga-o-tish-bo-yicha-25-02-2020

  2. G.Gʻ. Nazarova, Х. Хalilov, A.A. Eshtaev, N. Z.Хakimov, N.M. Salixova, B.R.Bobojonov “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”. Darslik 86 bet. Toshkеnt- 2008

  3. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments


Download 41,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish