Ruzi Xaitovich Xaitov 1961-1977 yillar Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib, o‘zining tashkilotchilik qobiliyati, ilmiy-pedagogik salohiyatini yaqqol namoyon qildi. Ushbu lavozimda ishlagan davrida institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni tayyorlash, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga e’tibor qaratdi. O‘zbekiston respublikasi xalq xo‘jaligi, sobiq Ittifoq hamda chet davlatlar uchun etuk malakali veterinariya vrachlari, agronomlar, zootexniklar va ilmiy xodimlarni etkazib berishga o‘zining o‘lkan hissasini qo‘shdi. - Ruzi Xaitovich Xaitov 1961-1977 yillar Samarqand qishloq xo‘jalik instituti rektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib, o‘zining tashkilotchilik qobiliyati, ilmiy-pedagogik salohiyatini yaqqol namoyon qildi. Ushbu lavozimda ishlagan davrida institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni tayyorlash, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga e’tibor qaratdi. O‘zbekiston respublikasi xalq xo‘jaligi, sobiq Ittifoq hamda chet davlatlar uchun etuk malakali veterinariya vrachlari, agronomlar, zootexniklar va ilmiy xodimlarni etkazib berishga o‘zining o‘lkan hissasini qo‘shdi.
Ruzi Xaitovich Xaitov 6 ta darslik, 2 ta broshyura, 2 ta ocherk, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 10 dan ortiq tavsiyanomalar, 420 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 40 dan ortiq fan nomzodi va fan doktorlarini tayyorlashda bevosita ilmiy rahbar bo‘lgan. Alma mater uchun 30 ga yaqin fan doktori va 160 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlashda faol qatnashib, rahnomolik qilgan. - Ruzi Xaitovich Xaitov 6 ta darslik, 2 ta broshyura, 2 ta ocherk, 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 10 dan ortiq tavsiyanomalar, 420 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 40 dan ortiq fan nomzodi va fan doktorlarini tayyorlashda bevosita ilmiy rahbar bo‘lgan. Alma mater uchun 30 ga yaqin fan doktori va 160 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlashda faol qatnashib, rahnomolik qilgan.
- Ruzi Xaitovich Xaitov bir necha yillar jamoat ishlarida faol qatnashgan, veteranlar kengashi raisining muovini, institut urush va mehnat faxriylari kengashi raisi, “Bog‘i Temur” mahalla komitetining veteranlar bilan ishlash bo‘limi raisi, qishloq xo‘jaligi, xalq ta’limi, fizkultura va sport ishlari bo‘yicha domiy komissiya raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1962-1992 yillarda viloyat va shahar kengashlarining deputati etib saylangan.
Professor Ruzi Xaitovich Xaitovning fidokorona mehnati 2 ta orden, 8 ta medal, 2 ta Butunittifoq halq xo‘jaligi ko‘rgazmasi medalining sovrindori, ittifoq “Bilim” jamiyati oliy mukofoti, akademik N.I.Vavilov medali, ittifoq Qishloq xo‘jalik fanlar akademiyasining oliy mukofoti, akademik S.N.Vыshelevskiy medali, ittifoq Qishloq xo‘jalik va Oliy ta’lim, Mudofaa Vazirliklarining ko‘krak nishonlari, 2 marta O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti, Oliy Soveti faxriy yorlig‘i va ko‘plab turli tashkilotlarning faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |