E’tirof etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasida turizm industriyasini xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirish uchun xususiy turistik tashkilotlarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘lida muayyan siljishlarga erishilmoqda. Turizm yo‘nalishidagi kichik va xususiy biznes sub’ektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni ta’minlovchi qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar yaratilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda.
E’tirof etish kerakki, O‘zbekiston Respublikasida turizm industriyasini xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirish uchun xususiy turistik tashkilotlarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘lida muayyan siljishlarga erishilmoqda. Turizm yo‘nalishidagi kichik va xususiy biznes sub’ektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishni ta’minlovchi qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar yaratilib, amaliyotda qo‘llanilmoqda.
Ayni vaqtda turizmni rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston turizm sohasining o‘rni va ahamiyatini tadqiq qilish davomida olingan natijalar quyidagi xulosalarni beradi.
1. Turizm sohasi shakllanishi jihatidan yangi istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda uning YaIMdagi ulushi 2,4% ni tashkil qilib, o‘sish sur’atlari yil sayin ortib bormoqda.
2. O‘zbekistonda turizmning salohiyati katta bo‘lishiga qaramasdan undan foydalanish darajasi ancha past. Mamlakatning boy tarixiy merosi, arxitektura yodgorliklari, xalqaro ahamiyatga molik arxeologik qazilmalar, tabiati, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosiga va tabiiy yodgorliklarga boyligi bu sohani keskin rivojlantirish imkoniyatiga egaligidan dalolatdir.
3. Turizm daromad manbai, ish bilan bandlikni ta’minlash vositasi, kishilarga zavq-shavq, estetik qoniqish bag‘ishlaydigan hordiq omillardan bo‘lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishda natijasida turizm jadal rivojlanib borayotgan bir vaqtda, turizmning iqtisodiy samaradorligini oshirishda bir qator omillar ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi va bu omillarni o‘rganib chiqqan holda, iqtisodiy samaradorlikni oshirishda quyidagi takliflarni ishlab chiqdik:
qanaqa turistik xizmatlarni qanday yo‘nalishlarda ishlab chiqish;
xizmatlar paketini qanday turistik xizmatlar va qancha xarajatlar asosida shakllantirish;
yaratilajak xizmatlar paketi qanday turistlar yoki turistlar guruhi uchun yaratilishi lozimligi;
turistik bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishda eng kam xarajatlar bilan xizmat ko‘rsatishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal xizmat ko‘rsatish jarayonini tanlash;
turistlar talabini qondirishga yo‘naltirilgan turmahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
resurslarning samarali ishlatilishi, kichik va xususiy tadbirkorlikni keng miqyosda rivojlantirish;
zamonaviy turistik klasterlarni bunyod etish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
yirik xorijiy firmalar bilan turistik xizmat ko‘rsatishning yangi innovatsion shakllari tashkil qilish;
soha uchun yuqori malakali menejer va tadbirkor kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlov yo‘lga qo‘yilishini tashkil qilish;
jahon turizm bozoridagi talab va taklif dinamikasini o‘rganib o‘sib borayotgan talabga mos marketing va reklama faoliyatini faol yo‘lga qo‘yish;
jahon turizmi bozoridagi o‘zgarishlarni hisobga olib turistik marshrutlar tashkil etilishi uchun reklamaning ommabop shakllaridan foydalanish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yish;
jahonda keng tarqalgan internet tarmoqlaridan turmahsulotlarni reklama qilishda unumli foydalanish yo‘llari ishlab chiqish;
rivojlangan mamlakatlarning turistik mahsulotlarini xalqaro bozorlarda sotish borasidagi tajribasi o‘zlashtirilishi va turmahsulotlarni sotishning istiqbolli yo‘llarini tashkil qilish.
respublikada turizmning maxsus yo‘nalishlari ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishi;
yo‘nalishlarga daxldor barcha xizmatlar turistik korxonalar tomonidan imtiyozli narxlarda sotilishini yo‘lga qo‘yilishi;
turistik tashkilotlarda turistlarni ko‘proq jalb qilish mexanizmi ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishini;
xorijiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanishini.