3. Mikrodarajadagi tashkiUy mexanizm asosida. Bu sayohatchilarga bevosita xizmatlar taklif etuvchi turistik korxonalardir. Masalan: turtirma marshrutni sertifikatlaydi, sug‘urta kompaniyasi - sayohatchi hayotini sug‘uitalaydi, mehmonxona yong‘in va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlaydi, avtotransport korxonalari mashinalaming texnik holatini tekshiradi. Mahalliy jamoa ham tashrif buyuruvchilaming xavfsiziigini ta’minlashlari shart. Buning uchun gidlar maxsus tayyorgarlikdan o‘tadiIar, marshrutlar xavfsizligi (yo‘llar toshloq, zaharli o‘simliklar, yowoyi hayvonlar) tekshiriladi, turistlar maxsus moslamalar (palatka, qutqaruv jileti, dori-darmon) bilan ta’minlanadi, qutqaruvchilar va o'rmon xizmat-lari guruh kelgani va ulaming bu yerda bo‘Iish muddati haqida ogohlantiriladi. Turistning o‘zi ham xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi shart. Ya’ni uning hayoti vasog‘iig‘iga nimalar xavf solishini anglashi, qabul qilingan talablarga rioya qilishi, hushyor bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |