TUPROQ HAQIDA - Tuproq millionlab tirik organizmlar uchun «yashash makoni» va «ishxonasi»dir. Ma`lumotlarga ko`ra bir gramm tuproqda 1,5 milliongacha oddiy mikroorganizmlar yashar ekan. Bir gektar maydondagi tuproqda mayda umurtqasiz hayvonlar soni 12,5 milliondan 2 milliardgacha etar ekan. Bunday xilma–xil va juda ko`p miqdordagi organizmlar tuproqda nafaqat yashaydilar, balki organik moddalarni mineral moddalarga aylantiradilar, tuproqning donadorligi, g’ovakligi, namlikning harakat qilishi tuproq energiyasining yuzaga kelishida xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |