O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma‘naviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganlaridek,‖ Ta`lim – tarbiya sohasining yaxlit , uzliksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy ta`limgacha bo`lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlarini izchil davom ettirish lozim ‖11 Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar ma`lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma‘naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.
Malumki, ta`lim – tarbiya insonga borliqni anglash sir asrorlarini tushunish , tinimsiz rivojlanayotgan dunyoga moslashish , dunyoqarashini shakllantirish , nihoyat, jamiyatni insonparvarlantirishga hissa qo`shish imkonini yaratadi. Har qanday davlatning qudrati va rivojlanish darajasini aynan ta`lim tizimi aniqlab beradi . Davlatning ushbu tizimga munosabati, uning kelajagini belgilaydi. Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘lim quyidagi ta‘lim turlarini o‘z ichiga oladi:
-maktabgacha ta‘lim;
-umumiy o‘rta ta‘lim;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
-oliy ta‘lim;
-oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta‘lim. O`zbekiston Respublikasida ta`lim tizimining bunday turlarining har bir bosqichida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ishlarni tarixan qisqa davr uchun misli ko`rilmagan rivojlanish sifatida baholash mumkin. Bunday shiddatli rivojlanish bugungi kun uchun yetarlidek ko`rinadi. Lekin , har qanday yangilik boshqa yangilikning kirib kelishiga turtki bo`ladi. Respublikamizda kasb – hunar kollejlari va akademik litseylar tizimini shakllanganligi , ularning kadrlar yetishtirib berishdagi o`rni beqiyos, hatto chet
ellarda tan olindi. Bundan tashqari ta`lim tizimida uzviylik va uzluksizlik masalalarini yuqori darajada ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tarkibiy qismlarining funksiyalari aniq belgilangan va o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli bajarilishini ta‘minlashni talab etmoqda. Odatda, davlat talablarni bajarilishini statistik tizim orqali baholanib boriladi. Bunday statistik qarash va baholash o‘zining qator ustunliklari bilan ajralib tursada, dinamik tizimlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ba‘zi holatlarga e‘tibor bilan qarash imkonini beramaydi. Shu bilan birga,uzluksiz ta‘lim kasb-hunar kollejlarida amaliy ko‘nikma va bilimlarni berishda, oliy ta‘limning sifati ta‘minlanayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ushbu kollejlarda malakali mutaxasislarni tayyorlash mumkin. Bu jarayonga oliy ta‘lim muassasalari mutaxasislik fanlari o‘qituvchilarini jalb etish bilan ikki ta‘lim turi o‘rtasidagi integratsiyani jadallashtirish mumkin. Shu bilan birga,oliy ta`limning zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan ikki bosqichli tizimi - bakalavr va magistratura yaratilishi ta`lim tizimida yuksak malakali kadrlar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga amaldagi oliy malakali ilmiy va ilmiy –pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim tizimidagi o`zgarishlarning mantiqiy davomi sifatida tubdan isloh qilishning ob`ektiv zarurati bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Yetuk qadrlarni tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz ta‘limning bu bo‘g‘iniga qaratilayotgan e‘tibordan ham bilib olishimiz mumkin. Buni quyidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar miqiyosida ham ko‘rishimiz mumkin:
2011-2012 O‘quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qat‘iy talab qo‘yildi:-birinchidan, ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini; -ikkinchidan, xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o‘quv dasturlari har bir ta‘lim yo‘nalishining o‘ziga hosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‘rib chiqilib takomillashtirilmoqda. Ma‘lumki xorijiy tilni bilish allaqachon davr talabiga aylanib ulgurdi. Prezidentimizning 2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning kompleks tizimini ya‘ni uyg‘un kamol topgan yuksak ma‘rifatli, zamonaviy tomonidan yuksak fikrlaydigan yosh avlodni shakillantirish , O‘zbekistonning jahon ahamiyatiga integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizimni yanada kuchaytirishni nazarda tutdi.Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxasislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha 2011-2016- yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish uchun 277 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish ko‘zda tutilganligi diqqatga sazovordir. O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dunyoning barcha davlatlari baholanmoqda. Ko‘plab xorijiy davlatning nufuzli shaxslari bizning ta‘lim tizimimiz to‘g‘risida ijobiy fikrlarni bildirishmoqda.
Xususan, Dortmund texnika universiteti professori Gabriele Mentges ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda iqtidorli o‘qtuvchi va talabalarni davlat
tomonidan keng miqiyosda qo‘llab quvvatlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Imtiyozli stipendiyalar va mukofotlar joriy etilgan, ko‘rik tanlovlarni muntazam o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan.‖1[2] Ayni chog‘da o‘zbekistonlik yoshlar xalqaro olimpiyadalar, san‘at va madaniyat ko‘rgazmalarida hamisha yuqori saviyada qatnashib kelmoqdalar. Ularning hammasi mamlakat raxbarining ta‘lim- tarbiya sohasiga qaratayotgan yuksak e‘tibori, bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohatlar va kompleks chora tadbirlar samarasidir‖.Shunday iliq fikrlarni Rene Tollemer, Xalqaro tibbiyot akademiyasi ekspermizasi a‘zosi, Tuluza universiteti professori (Fransiya) , Lyuza Serdeyra, universiteti prorektori (Portugaliya) , Dayen Adachi, Vashington universiteti vitse- prezidenti yordamchisi (AQSh). Ushbu iliq fikrlarning bildirilishi bizning ta‘lim tizimimiz Jahon Hamjamiyati tomonidan tan olinganligini isbotlaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki yurtimizda buyuk ajdodlarimizga munosib izdosh bo‘lish uchun yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Buning uchun , davlat boshqaruvi tomonidan , zaruriy ta‘lim yo‘nalishlarini va ular bo‘yicha bilim oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni yaratish hamda boshqa tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim. Shunday qilib , ‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim tizimining imkoniyatlaridan foydalanish , uzluksiz ta‘limni yanada takomillashtirish asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning
dolzarb masalalaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.1
Ta’lim tor mahnoda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir.
Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o’ziga qamrab olib, respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi.
Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o’zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o’zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo’ladi); v) ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko’rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi).
Insonning mahlum bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo’ladi. Ta’limning mohiyati, maqsadi va mazmuni jamiyatning madaniy taraqqiyoti, fan- texnikasining rivojlanganligi, ishlab chiqarish texnologiyalarining amalga joriy etish
darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib boradi. Ta’lim mohiyatiga ko’ra bu jarayonda ishtirok etuvchilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, qobiliyati, fazilat (xislat)lari o’zgaradi. Ta’lim jarayonida kishilik jamiyatining ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan u avlodlar orasidagi mahnaviy-madaniy, ijtimoiy, ijtimoiy vorislikni taminlaydi. Ta’limning metodologik asosini dealektik bilish nazariyasi tashkil etadi. KASBIY PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi. Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi bir necha bo’limlariga bo’linib, bu bo’limlarda kasbiy pedagogikaning asoslari va muhim malasalalarini, yahni kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar didaktikasi kabi masalalarni qamrab oladi. SHuningdek ularda kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy psixologik shart- sharoitlari, kasb-hunar ta’limi nazariyasi va kasb-hunar ta’limi huquqi o’rganiladi. KASB TA’LIM TEXNOLOGIYaSI - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning tizimi usuli bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda insonlarning o’rganish qobiliyati va ular o’rtasida muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga hamda ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirishning jonli, jonsiz vositalari bilan shug’ullanishga asoslanadi. DIDAKTIKA – grekcha didaskien so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’tgataman mahnolarini anglatadi. Shunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. Didaktika ukitish jarayonining shakllari, metodlari,tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maksadlarini ishlab chikadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |