1.2 Korxona yoki tashlkilotdagi axborot texnik vositalar tahlili
Biz amaliyot vazifalarini bajargan Chortoq tumani Hokimiyatining yangi binosida hozircha bitta kompyuter va bitta printer bor edi. Biz kompyuterda bizga berilgan vazifalarni bajardik va printerda kerakli bo`lgan hujjatlarni chop etdik.
Kompyuter - inglizcha so'z bo'lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo'lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi - kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Hozirda kompyuter termini ko'p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko'p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko'rsatkichlari yuqori bo'lgani uchun, ular ko'proq qo'llanilmoqda.
Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi qurilmalardan tashkil topgan:
tizim bloki;
monitor;
klaviatura;
sichqoncha;
tashqi qurilmalar.
Kompyuterning bitta vazifasi-xujjatni pechatlangan ko‘inishini ham boshqacha qilib aytganda qattiq nusxasini yaratishdir.Shuning uchun printer kompyuterni zarur bo‘lgan jihozdan biri hisoblanadi. Bundan har bir kompyuterga bittadan printer bo‘lishi kerak degan xulosa kelib chiqmaydi.
Hozirgi kunda bozorlarda printerlarning turli hillari mavjud.Ularni bosmaga chiqarish texnologiyasining asoslari, printer turlari va ularning funksiyasi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda bosmaga chiqarishning uchta asosiy texnologiyasi mavjud. Har joyda lokal tarmoqlari joylashgani uchun printerlar bir nechta foydalanuvchini ta’minlash mumkin.
Lazerli. Lazerli printer quyidagicha ishlaydi:lazer nuri yordamida fotosezuvchi baraban betni elektrostatik tasvir yaratiladi. Barabanga joylashgan mahsus bo‘yalgan kukun ”toner” deyiladi.Bu “toner” betlarda mavjud tasvir yoki harflarga yopishadi. Baraban aylanib qog‘oz varag‘iga yopishib tonerni o‘tkazadi. Toner qog‘ozga mahkamlangandan keyin tayyor tasvir hosil bo‘ladi. Bunday tehnologiya nusxa ko‘chirish apparatlarida ishlatiladi. Okidata va Lexmark kompaniyalari chiqaradigan yorug‘diod printerlar ham huddi shu tarzda ishlaydi. Faqat lazer o‘rniga ularda yoritishdiodlaridan massiv ishlatiladi.
Siyoh-oqimli. Oqimli printerlarda siyohni yonlangan tomchilari sopl orqali qog‘ozga tarqaladi.Tarqatilish faqat tasvir yoki qaror shakllanishi kerak bo‘lgan joyda sodir bo‘ladi.
Nuqta matritsasi. Matritsali printerlarda bo‘yaladigan tasma orqali qog‘ozga uriladigan yumaloq ignalar guruhi ishlatiladi. Bu ignalar to‘g‘ri to‘rtburchakli setkaga yig‘ilgan. Buni matritsa deymiz. Ma’lum ignalari matritsaga bosilganda turli belgi yoki tasvirlar shakllanadi.
Bosishni eng zo‘r sifatli lazerli so‘ng oqimli, so‘ng esa matritsalilar ta’minlaydi. Lazerli printerlar narxi tushayapti, shuning uchun ular foydalanuvchilarning ko‘ngliga ularni arzon bo‘lib qolgan. Oxirgi paytda oqimli va matritsali printerlar asosan mahsuslashtirilgan bo‘lmoqda: oqimlilar rangli bosish uchun asosiy jihozga, matritsalilar esa asosan tez va arzon bosish uchun (masalan bank yoki magazinlarda cheklarni bosish uchun) ishlatishga aylanaypti.
Do'stlaringiz bilan baham: |