Hozirgi vaqtda respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash bo`yicha 2005 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladigan sxema ishlab chiqilgan. Unda ichimlik suvi bilan barcha shaharlarni to`liq ta'minlash, suvning sifatini yaxshilash, kommunal vodoprovodlar quvvatini 3,1 metrgacha oshirish va ularning uzunligini 2,1 metrga ko`paytirish ko`zda tutilgan. Mazkur sxemaga ko`ra Samarqand viloyatining ba'zi tumanlari, shuningdek Navoiy va Buxoro viloyatlari aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 1992 yil Damxo`ja-Buxoro suv quvurining I-navbati ishga tushirildi. Bu suv magistralining uzunligi 210 km. bo`lib, suvning minerallashuvi 0,4-0,5 g(litrni tashkil qiladi. Shuningdek sxemaga ko`ra Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida u yerlarga Tuyamuyin suv omboridan quvur tortildi-1990 yil Tuyamuyin-Urganch suv magistralining I-navbati, 1992 yilda uning II-navbati va Tuyamuyin-Nukus magistralining I-navbati ko`rilib, ishga tushirildi. Hozirgi kunda aholisiga sutkasiga 200-220 ming m. kub ichimlik suvi quvurlar orqali uzatilmoqda. Tabiatga yetkazilayotgan talofat ayniqsa qazilma boyliklardan foydalanishda katta bo`lmoqda. Qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni qazib olish, tashish va qayta ishlash jarayonida ko`pgina maydonlarning yer yuzasi o`zining o`simliklar dunyosi bilan birga bosib yanchiladi, relyef o`zgaradi, tuproqning strukturasi buzilib, u yaroqsiz holga keladi. Birgina Zafarobod markaziy ruda boshqarmasida Uran olish bilan bog`liq ishlarga 170 ming gektar yer band bo`lib, bu yerlar turli darajada yaroqsiz holga kelgan. Zarafshon shahridagi birgina Muruntov oltin konining chiqindilari 10 ming gektar unumdor yerni egallab yotibdi. Bu chiqindilar tarkibida biosferani zaharlaydigan turli xil birikmalar mavjud. Respublika sanoatidan chiqadigan chiqindilar bilan nafaqat yer, balki suv va havo ham ifloslanmoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha respublika atmosferasiga har yili 4 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda. Bularning yarmi uglerod oksidi, qolgani uglevodorodlar, oltingugurt oksidi, azot oksidi va boshqalar. Shargun ko`mir konidan olinadigan ashyo tarkibidagi o`nlab tonnalab fosfogipsning, Angren ko`mir koni ashyosi tarkibidagi kaolinning ruda chiqindilari sifatida chiqarib tashlanishi mamlakatimiz uchun iqtisodiy ham ekologik zarardir.
Tabiatga yetkazilayotgan talofat ayniqsa qazilma boyliklardan foydalanishda katta bo`lmoqda. Qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni qazib olish, tashish va qayta ishlash jarayonida ko`pgina maydonlarning yer yuzasi o`zining o`simliklar dunyosi bilan birga bosib yanchiladi, relyef o`zgaradi, tuproqning strukturasi buzilib, u yaroqsiz holga keladi. Birgina Zafarobod markaziy ruda boshqarmasida Uran olish bilan bog`liq ishlarga 170 ming gektar yer band bo`lib, bu yerlar turli darajada yaroqsiz holga kelgan. Zarafshon shahridagi birgina Muruntov oltin konining chiqindilari 10 ming gektar unumdor yerni egallab yotibdi. Bu chiqindilar tarkibida biosferani zaharlaydigan turli xil birikmalar mavjud. Respublika sanoatidan chiqadigan chiqindilar bilan nafaqat yer, balki suv va havo ham ifloslanmoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha respublika atmosferasiga har yili 4 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda. Bularning yarmi uglerod oksidi, qolgani uglevodorodlar, oltingugurt oksidi, azot oksidi va boshqalar. Shargun ko`mir konidan olinadigan ashyo tarkibidagi o`nlab tonnalab fosfogipsning, Angren ko`mir koni ashyosi tarkibidagi kaolinning ruda chiqindilari sifatida chiqarib tashlanishi mamlakatimiz uchun iqtisodiy ham ekologik zarardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |