Mustaqillik yillarining muhim hujjatlaridan bir 1992 yilning 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Qonuni»dir. Bu qonunda tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish tartib-qoidalarining barchasi mujassamlashgan. Bunda asosiy e'tibor tabiatdagi barcha boyliklardan asrab-avaylab oqilona foydalanishga, unga ziyon yetkazmaslikka qaratilgan va shu bilan birga tabiiy boyliklardan foydalanishda fuqarolarning huquqlari yuridik jihatdan kafolatlangan. Keyingi qabul qilingan yer, suv, havo, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy boyliklar to`g`risidagi barcha yuridik hujjatlar shu Qonun doirasida ishlab chiqilgan bo`lib, hayot sharoitidan kelib chiqqan holda uni qisman o`zgartiradi va to`ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |