Tabiatga yetkazilayotgan talofat ayniqsa qazilma boyliklardan foydalanishda katta bo`lmoqda. Qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni qazib olish, tashish va qayta ishlash jarayonida ko`pgina maydonlarning yer yuzasi o`zining o`simliklar dunyosi bilan birga bosib yanchiladi, relyef o`zgaradi, tuproqning strukturasi buzilib, u yaroqsiz holga keladi. Birgina Zafarobod markaziy ruda boshqarmasida Uran olish bilan bog`liq ishlarga 170 ming gektar yer band bo`lib, bu yerlar turli darajada yaroqsiz holga kelgan. Zarafshon shahridagi birgina Muruntov oltin konining chiqindilari 10 ming gektar unumdor yerni egallab yotibdi. Bu chiqindilar tarkibida biosferani zaharlaydigan turli xil birikmalar mavjud. Respublika sanoatidan chiqadigan chiqindilar bilan nafaqat yer, balki suv va havo ham ifloslanmoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha respublika atmosferasiga har yili 4 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda. Bularning yarmi uglerod oksidi, qolgani uglevodorodlar, oltingugurt oksidi, azot oksidi va boshqalar. Shargun ko`mir konidan olinadigan ashyo tarkibidagi o`nlab tonnalab fosfogipsning, Angren ko`mir koni ashyosi tarkibidagi kaolinning ruda chiqindilari sifatida chiqarib tashlanishi mamlakatimiz uchun iqtisodiy ham ekologik zarardir. - Tabiatga yetkazilayotgan talofat ayniqsa qazilma boyliklardan foydalanishda katta bo`lmoqda. Qazilma boyliklarini qidirib topish, ularni qazib olish, tashish va qayta ishlash jarayonida ko`pgina maydonlarning yer yuzasi o`zining o`simliklar dunyosi bilan birga bosib yanchiladi, relyef o`zgaradi, tuproqning strukturasi buzilib, u yaroqsiz holga keladi. Birgina Zafarobod markaziy ruda boshqarmasida Uran olish bilan bog`liq ishlarga 170 ming gektar yer band bo`lib, bu yerlar turli darajada yaroqsiz holga kelgan. Zarafshon shahridagi birgina Muruntov oltin konining chiqindilari 10 ming gektar unumdor yerni egallab yotibdi. Bu chiqindilar tarkibida biosferani zaharlaydigan turli xil birikmalar mavjud. Respublika sanoatidan chiqadigan chiqindilar bilan nafaqat yer, balki suv va havo ham ifloslanmoqda. Ma'lumotlarda keltirilishicha respublika atmosferasiga har yili 4 mln tonna zararli moddalar chiqarilmoqda. Bularning yarmi uglerod oksidi, qolgani uglevodorodlar, oltingugurt oksidi, azot oksidi va boshqalar. Shargun ko`mir konidan olinadigan ashyo tarkibidagi o`nlab tonnalab fosfogipsning, Angren ko`mir koni ashyosi tarkibidagi kaolinning ruda chiqindilari sifatida chiqarib tashlanishi mamlakatimiz uchun iqtisodiy ham ekologik zarardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |