O`zbekistonning tabiati benihoya go`zal va so`lim go`shalarga boy bo'lib, undagi Shoximardon, Baxmal, Chimyon singari tog`li hududlar ba'zi ma'noda haqli ravishda Shveytsariya tabiatiga qiyoslanadi. Bahor va yoz oylarida Omonqo'ton, Og`aliq va Sarmishning tabiati qo`ynida olingan bir kunlik dam insonga ko`pga yetadigan ma'naviy va jismoniy oziqa bag`ishlaydi. Respublikadagi cho`l va vodiylarning tabiati ham o`zgacha. Ular inson uchun ham ma'naviy ham moddiy boylik manbai bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston shuningdek yer usti va yer osti boyliklarining mo`lligi bilan ham MDH mamlakatlari o`rtasida alohida o`rin tutadi. Uning hududida 658 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan 97 tur sut emizuvchi, 424 turdagi qush va 79 turdagi baliqlar, xilma-xil amfibiyalar va reptiliyalar yashaydi. Undagi o`simliklar dunyosi 4,5 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |