2.4. O’zekistonda ommaviy musobaqalarni o'tkazish
Ommaviy musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazishda ularda ko'p
sportchilarni qatnashishini hisobga olish muhim, chunki maktablarda ommaviy
musobaqalarni uyushtirishga boshqacha yondashish zarurligini ko'rsatmoqda.
Maktab o'quv-chilari orasida gimnastikadan ommaviy musobaqalar o'tkazish keng
tarqalgan. Ularni birdaniga 3—4 to'da va undan ko'proq to'dada o'tkazish mumkin.
Erkin mashqlarni, ertalabki gigiyenik gimnastika shaklidagi mashqlarni bajarish
uchun birdaniga butun jamoani (har bir ishtirokchi uchun alohida belgilar bo'lsa,
yaxshi bo'ladi) maydonchada joylashtirish kerak. Mashqlarning sifatini baholay-
digan hakamlar guruhi sportchilarni mashq bajarishi yaxshi ko'ri-nadigan joyda
o'tirishadi.
Jamoa sportchilari musobaqa dasturidagi mashqlar bajarilishini yakunlab,
«erkin» holatida bo'ladi va hakamlar ko'rsatkichlar orqali ularni baholarini
ko'rsatadilar, kotiblar esa bu baholarni umumiy qaydnomaga ko'chiradi. Musobaqa
shunday tashkil qilinganda jamoa mashq bajarish uchun 3—5 minut vaqt sarflaydi,
xolos.
Jamoalarni bir turdan ikkinchi turga o'tish tartibini bayonno-malarda ko'rsatish
maqsadga muvofiqdir. Bu turlarni almashtirishdagi noaniqlikni bartaraf etadi va
unga sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.
Zal, giinnastika maydonchasi, o'yingoh kotibi. maktab hovii-sining hajmiga va
hokazolarga qarab, u yoki bu to'da uchun musobaqa dasturining turlari
(jihozlar)ni sektorlar bo'yicha yoki doira bo'ylab joylashtirishi mumkin.
Ommaviy musobaqalarni boshqarish uchun bong bo'lishi kerak, bong
urilganda barcha jamoalar joy almashtirish uchun tayyorlanadilar, harakat musiqa
jo'rligida amalga oshiriladi, bunda ishtirokchilar jadvalga muvofiq navbatdagi
82
turga o'tadi. Ommaviy musobaqalar shu tarzda uyushtirilganda har bir jamoa
sardorini va kuzatuvchi o'qituvchilarga katta mas'uliyat yuklanadi. Ular ishti-
rokchilarni uyushtirishlari va o'z vaqtida musobaqaning bir turidan ikkinchisiga
almashishlarini ta'minlaydi.
Gimnastika bo'yicha ommaviy musobaqalar tashkilotlar, o'quv maskanlari va
boshqa jamoalarda (semestr, yarim yillik va h.k. o'quv musobaqalari),
shuningdek, «Alpomish va Barchinoy» sog'lomlash-tirish testining gimnastika
talablariga binoan o'tkazilishi mumkin. Musobaqa oxirida kotibiyat (har bir
jamoa) har bir qat-nashchi va butun jamoaning erishgan natijalarini (ommaviy
musobaqa nizomiga muvofiq) hisoblab chiqadi va bosh hakamlar hay'ati
(ko'pincha bosh hakam) aniqlangan ballar yig'indisiga ko'ra qatnashchilarni
mukofotlaydi. Undan tashqari, musobaqa oxirida eng kuchli jamoalar va
ishtirokchilar (shaxsiy) aniqlanadi, ular muayyan musobaqaning g'oliblari sifatida
mukofotlanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |