O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar haqida ma’lumot yozing va tizimdagi muammolarga o‘z shasiy munosabatingizni bildiring



Download 151,4 Kb.
bet2/3
Sana23.07.2022
Hajmi151,4 Kb.
#842431
1   2   3
Bog'liq
121953 33-variant 101 musiqa Xaydarova Nasiba

2-TOPSHIRIQ:
O‘zbekistonda ta’lim islohotlari. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimidagi muammolarga shaxsiy munosabatingizni bayon eting.
Abdulla Avloniy tomonidan aytilgan “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir” degan gapi ayni kunda ham muhimligini yo`qotmagan. Darhaqiqat, dunyodagi davlatlar raqobatlashishimiz uchun yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasi muhim ahamiyat egadir.
Albatta, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda ta’lim tizimini isloh etishga katta e’tibor qaratildi va bugungi kunga kelib sohada ma’lum yutuqlarga erishildi. Ammo globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko‘zdan qochirib bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida ta’lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko‘ndalang qo‘ymoqda. Ta’lim tizimini muntazam isloh etish, o‘qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta’lim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi kunning ham dolzarb talabi bo‘lib qolaveradi.
Kadrlar tayyorlash milliy tizimining globallashuv jarayonida bozor talablariga to‘liq javob bermasligi, ta’lim tizimida o‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi takomiliga yetkazilmaganligi, yuksak malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, hozirgi zamon talablariga mos o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar kamligi, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqaning zaifligi tizimdagi kamchiliklardan asosiylari hisoblanadi. 
Bugungi kunda o‘quv muassasalarini bitirib chiqayotgan o‘quvchi va talabalarda mustaqil fikrlash layoqati to‘la rivojlanmagan. Ularda ilm-fan yutuqlariga, amaliyotga tayangan yechimlar qabul qilish uchun malaka va bilim yetarli emas. Shu bois maktab, kollej va akademik litseylarni bitirgan yoshlarimizning ko‘pchiligi mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topa olmayapti. Sir emas, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taxminan 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga birinchi yili o‘qishga kirmoqda, xolos. Shu bois qo‘shimcha ta’lim — repetitor xizmatiga katta ehtiyoj mavjud.
Ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular mehnat bozorining o‘zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashmagan. Ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlarining malakali kadrlarni tayyorlash, ish bilan ta’minlash jarayonidagi hamkorligi qoniqarli deb bo‘lmaydi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish ishlari ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish tashkilotlari, ish beruvchilar bilan birgalikda keng muhokama qilinmaydi. Tizimdagi o‘qituvchi-pedagoglar katta qismining bilim va kasbiy salohiyati pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda, malakali, bilimdon, bozor talablariga mos pedagog kadrlarga ehtiyoj katta.
Ta’lim va ishlab chiqarish sohalarining samarali hamkorligini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi sifatiga nisbatan korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirish mexanizmlarini ishlab chiqish ham dolzarb masala sanaladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etish mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim. Kadrlar tayyorlash tizimini mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish talab etilmoqda.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, hozigi kunda aksariyat yoshlarimiz oliy ma’lumotli bo`lishga har qachongidan ham ko`proq qiziqish bildirmoqdalar. Afsuski ularning aksariyati oliy ta’lim dargohlariga o`qishga kirishlarida aniq maqsad ko`zlamayotgani achinarli holat. Xalqimizda o`qishga kirish va oliy ma’lumotli bo`lish juda ham katta obro` olib keladi degan fikr joylashib qolgan. Shu sababli yoshlarimiz institutlarga biror kasb egallash yoki bilim olish uchun emas, balki bir varoq diplom deb ataladigan va buklanadigan karton qog`oz uchun o`qishga kirmoqdalar…



Download 151,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish