O'zbekistonda sement sanqati


Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar



Download 283,58 Kb.
bet4/43
Sana20.01.2022
Hajmi283,58 Kb.
#392506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
boglovchi moddalarning kimyoviy texnologiyasi-конвертирован

Anorganik (mineral) bog'lovchi materiallar

Anorganik yoki mineral bog'lovchi materiallar kukunsimon boiib, mayda va yirik to'ldirgichlar bilan birga suvda qorilganda suyuq yoki plastik qorishma hosil qiladi va asta-sekin qotishi natijasida sun'iy toshga aylanadi. Anorganik bog'lovchilarni ishlatish va xossalariga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:



  1. Havoda qotadigan bog'lovchi materiallar: ohak, gips va kaustik magnezit;

  2. Gidravlik bog'lovchilar. Bunday materiallar faqat havoda emas balki suvda va namlikda ham qotish xususiyatiga ega. Masalan, portlandsement, gidravlik ohak, qumtuproq qo'shilgan sement, pussolan portlandsement, toshqol portlandsement, kengayuvchi sementlar va boshqalar.

  3. Kislotalarga chidamli bog'lovchilar. Bunday bog'lovchilarning qotish jarayonidan keyingi mustahkamligining ortishi kislotalar ta'sirida ham davom etadi. Bunga kislotaga chidamli eruvchan suyuq shisha asosida olinadigan sementlar va qorishmalar misol bo'ladi.

Yuqorida keltirilgan bog'lovchilardan g'isht terish va suvoqchilikda ishlatiladigan qorishmalar, beton va temir-beton konstruksiyalar hamda qotish jarayoni avtoklav deb ataluvchi qozonlarda kechadigan buyumlar tayyorlanadi. Qurilishlarda buyum xossalarini va bog'lovchi materiallarni tejash maqsadida quyidagi maxsus qo'shimchalar ham ishlatiladi:

  1. Bog'lovchi materiallarni chuchuk hamda sulfat tuzlariga to'yingan suvlar ta'sirida chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladigan gidravlik yoki faol mineral qo'shilmalar - trepel, opoka, diatomit, trasslar, pemza, vulqon kuli va tufi, faol kremniy chiqindilari, kuydirilgan gil, gliyej, kuygan jinslar, toshqollar va boshqalalar.

  2. Bog'lovchi materiallarni tejash uchun to'ldirgichlar sifatida mayda qilib tuyilgan qum, ohaktosh, dolomit, tabiiy changsimon kvars qumi, toshqol va boshqalar.

  3. Sementlarning tishlashuvini tezlatuvchi va susaytiruvchi materiallar: tezlatuvchilar - kalsiy xlorid (CaCl2), natriy xlorid (NaCl), xlorid kislota (HC1), eruvchan shisha (Na2SiO3), soda; susaytiruvchilar - gips, sulfat kislota, sulfit oksidli temir va boshqalar.

  4. Sementning qotishini tezlatuvchi va mustahkamligini oshiruvchi qo'shimchalar - kalsiy xlorid va xlorid kislota.

  5. Beton va qorishmaning sovuqqa chidamliligini, plastikliligini oshirish uchun ishlatiladigan organik va anorganik qo'shilmalar, sulfat spirt bardosi (SSB), yetmak (ko'pirtiradigan daraxt ildizi), sovun chiqindisi, gil, bentonit, trepel va boshqalar.

Bog'lovchi materiallarni ishlatishda ular quyidagi talablarga javob berishi lozim: qorishmaning tishlashish davri, normal qorishma olish uchun suv miqdori, suvning qorishma bilan birikish darajasi, tishlashishdagi issiqlik miqdori va hokazolar.

Bog'lovchi materialni suv bilan qorishtirganda qattiq holatga o'tgunga qadar ketgan vaqt uning tishlashish davri deb ataladi. Qorishmada suv qanchalik ko'p bo'lsa, uning tishlashishi shuncha sekin bo`ladi. Shuning uchun normal qorishma tayyorlashda awalo suv miqdorini aniqlab olish kerak. Har bir bog'lovchi uchun suv miqdori uning og'irligiga nisbatan foiz hisobida standartlarda belgilangan me`yor bo'yicha aniqlanadi.

Bog'lovchi material suv bilan qorishtirilganda fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida quyuqlasha boshlaydi, uning qo'zg'aluvchanligi kamayadi. Buni bog'lovchi modda tishlashishning boshlanish davri, qo'zg'aluvchanligi butunlay yo'qolgandan keyin esa oxirgi davri (qotish) deb ataladi. Tishlashish davriga qarab bog'lovchilar quyidagi uch guruhga bo`linadi:


  1. tez tishlashuvchi materiallar tishlashuvining boshlanish davri 3-10 daqiqa. Bunday bog'lovchilarni ishlatish noqulay bo'lganligi sababli, unga tishlashishni susaytiruvchi maxsus moddalar, masalan, qurilish gipsi qo'shiladi;

  2. normal tishlashuvchi materiallar tishlashuvining boshlanish davri 30 daqiqa oxiri esa 12 soatgacha davom etadi. Bunday bog`lovchilarga beton va qorishmalar tayyorlashda ko'p ishlatiladigan barcha sementlar kiradi;

d) sekin tishlashuvchi materiallar tishlashuvining oxirgi davri 12 soatdan keyin boshlanadi.

Normal qorishma tayyorlashda suv (aslida bog'lovchining kimyoviy birikishi uchun sarflanadigan suv) kerakli miqdordan ko'p olinadi. Shuning uchun qorishma qotgandan keyin ham undagi mayda kapillyarlar va g'ovaklarda birikmagan erkin suvlar ko'p bo'ladi. Erkin suvlar asta-sekin bug'lanib, sementning g'ovakligini oshiradi. Binobarin, beton yoki boshqa qorishma tayyorlaganda suv miqdori ko'p olinsa, uning g'ovakligi ortadi, natijada mustahkamligi kamayadi.

Barcha bog'lovchilar tishlashish va qotish jarayonida o'zidan issiqlik chiqaradi. Bog'lovchining tishlashish davri va qotish jarayoni tez bo'lsa, uning issiqlik chiqarishi ham ortadi.

Bog'lovchilarning o'zidan issiqlik chiqarish xususiyati, ayniqsa, sovuqda beton va boshqa qorishmalar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ammo juda yirik yaxlit beton inshootlar qurishda, masalan, gidrotexnik qurilishlarda betonning ichki qismidagi issiqlik tashqi qismidagiga nisbatan ortib (ayrim hollarda 100°C gacha yetadi) harorat farqi ko'payadi. Natijada betonning notekis sovishi boshlanadi, bu esa beton tanasida darzlar hosil bo'lishiga olib keladi. Shuning uchun, gidrotexnik qurilishlarda o'zidan kam issiqlik chiqaruvchi maxsus sementlar ishlatiladi.




Download 283,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish