O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati va axborot tizimlarining har tomonlama xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari. Ruzmetov Asadbek Ruzmet o‘g‘li, Toshkent moliya instituti im-10 guruhi talabasi



Download 36,02 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi36,02 Kb.
#236661
Bog'liq
Asadbek Ruzmetov


O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AHAMIYATI VA AXBOROT TIZIMLARINING HAR TOMONLAMA XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI.

Ruzmetov Asadbek Ruzmet o‘g‘li,

Toshkent moliya instituti IM-10 guruhi talabasi.

+998974527500

Bugungi kunda insoniyat taraqqiy etishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish shiddatlariga bevosita bog‘liq. XX asrning oxirida, internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”,“elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilk bor 1995-yilda Massachusets universitetida faoliyat olib borgan amerikalik informatik olim, Nikolas Negroponte tomonidan o‘z hamkasblariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyotning eski iqtisodiyotdan ustunligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida tilga olingan. An’anaviy iqtisodiyotdan ko‘pgina ustunliklarga ega raqamli iqtisodiyot qisqa davrda dastlab rivojlangan mamlakatlarda, keyinchalik dunyo bo‘ylab keng ommalashdi. Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish tizimi bo‘lib, bunga avvalambor onlayn-xizmatlar, masofaviy ta’lim, elektron to‘lovlar, tovar va xizmatlarning internet-savdosi misol bo‘la oladi.

Bugungi kunda “raqamli” mamlakatlar ichida yetakchilar bu Norvegiya, Shvesiya hamda Shveysariyadir. Bu borada top-10 davlatlar qatoriga AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur va Janubiy Koreya kiradi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirib kelinmoqda.Zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu chora-tadbirlar natijasida elektron hujjat aylanishi joriy etildi, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Shubhasiz, iqtisodiy sektorni raqamlashtirish tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, hajmi va raqobatbardoshlikni keskin oshirish hamda vaqtni tejash kabi imkoniyatlarni yaratadi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar bank tizimi, chakana savdo, transport, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘llanilmoqda. Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi. Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi.

Raqamli aktivlar bo‘yicha global ishtirokchilar sifatida “North Plains Systems Corporation”, “Open Text Corporation”, “Widen”, “Net Xposure, Inc.”, “Media Beacon, Inc.”, “Hewlett-Packard Company”, “WebDAM” kabi yirik xalqaro korporatsiyalarni misol qilib keltirish mumkin.

Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim omil sanaladi. Bunda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilaridan himoya qilgan holda xavfsizligini ta’minlash va axborotlar uzatishning soddaligini ta’minlashga qaratilishi lozim.

Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri — bu ularning huquqiy himoyasidir. Ta’kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan kamroq xarajat qilib raqamli aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushirish mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan foydalanish asosiy shartlardan bo‘lib, texnik, huquqiy va tashkiliy jihatdan axborotlar himoyasi bo‘yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tatbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.

Lekin shuni ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin:

-ko'plab sohalardagi monopoliya;

-internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

-axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;

-fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

-qonunchilikning shaffof emasligi;

-axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

-axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

-axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

-boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

-ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).



Yuqorida keltirilgan muammolar bosqicha-bosqich,tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi.

Mening fikrimcha,bu kabi muammolarni hal qilish,raqamli iqtisodiyotning har tomonlama xavfsizligini ta’minlash uchun,eng avvalo, O‘zbekistonda aholining 60 foizini tashkil qiluvchi yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlashda yoshlar o‘rtasida IT-asoslarini keng o‘qitish, ularning ushbu yo‘nalishda ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shundagina bizning mamlakatimizda har tomonlama mustahkam va himoyalangan raqamli iqtisodiyot shakllanishiga imkoniyat yaratilishi mumkin.
Download 36,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish