O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi konsepsiyasi muammolari



Download 42 Kb.
bet1/3
Sana03.01.2022
Hajmi42 Kb.
#315894
  1   2   3
Bog'liq
Oziq-ovqat xavfsizlig


OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA UNING O’ZBEKISTONDAGI O’ZIGA XOS XUSUIYATLARI

F.A.Davronqulova

SamDU biologiya fakulteti, Samarqand sh.

Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko’lami amaliy tahlillar asosida ochib berilgan hamda tegishli xulosa va tavsiyalar yoritilgan. Maqola bugungi kundagi global darajadagi iqtisodiy muammolardan sanalgan oziq-ovqat-xavfsizligi va uning mamlakatimizdagi o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan.

Kalit so’zlar: oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, biotexnologiya sohasini isloh qilish, ovqatdan zaharlanish, global ochlik indeksi

Kirish: Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash tizimi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, tabiiy-iqtisodiy salohiyat, mamlakat va alohida mintaqalar aholisining to‘lov qobiliyati, milliy bozorning importga qaramlik darajasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va yer resurlaridan oqilona foydalanish, agrosanoat majmuasining rivojlanishi kabi bevosita ta’sir etuvchi jarayonlar bilan uzviy bog‘liq. Shu jihatdan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash milliy siyosatda muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hamda davlat mustaqilligining asosiy shartlaridan biridir. Bu borada O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog’liq murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani jiddiy tashvish va xavotir uyg‘otayotganini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda mazkur muammo jahon hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga kiritilmoqda”[1].

Oziq-ovqat xavfsizligi nazariyasi hozirgacha to‘liq yoritib berilmagan hamda uning mohiyatini tushuntirish bo‘yicha turlicha yondashuvlar mavjud. A.A.Anfinogentova, O.V.Yermolayeva, N.A.Kireyeva va boshqalar o‘z

tadqiqotlarida oziq-ovqat xavfsizligini aniqlash mumkin bo‘lgan quyidagi 3ta iyerarxik darajaga e’tibor qaratadi[2]:

- global oziq-ovqat xavfsizligi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan bug‘doy zahirasi va uni ishlab chiqarish hajmi bilan izohlanadi;

- davlat darajasidagi oziq-ovqat xavfsizligi milliy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning importga nisbati, ozuqa mahsulotlari iste’molida importning ulushi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan minimal daromad va oziq-ovqat mahsulotlari baholaridagi o‘zgarishlar bilan aniqlanadi;

- mintaqaviy oziq-ovqat xavfsizligi aholi daromadlari va oziq-ovqat iste’moli hajmi haqidagi ma’lumotlar orqali o‘lchanadi.

Ch.Murodov va X.Ya.Saatovalarning tadqiqotlari O‘zbekistonda oziq-ovqat muammosini hal etish barcha darajalarda samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini barqaror rivojlantirishni nazarda tutadi, bu o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti shartlariga javob beradigan va oziq-ovqat xavfsizligining zarur darajasini ta’minlaydigan agrar proteksionizmning aniq choralarini qabul qilishni talab qiladi [3]. K.Matkarimov va I.Mahkamovlarning fikricha, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash deganda, mintaqada mavjud resurslardan unumli va oqilona foydalanish orqali fan-texnika yutuqlariga asoslangan holda, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish demakdir [4].

Sogʼlikni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlarga koʼra, 2017-2019-yillar davomida oziq-ovqatdan zaharlanishlarning 166 ta holati qayd etilgan boʼlib, ularda 1810 nafar fuqorolar (shundan 539 nafari bolalar) jabrlangan, 18 kishi vafot etgan. Bundan tashqari, 2017-2019-yillar davomida sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlari boʼlmagan, laboratoriya tekshiruvlari boʼyicha xavfsizlik koʼrsatkichlari talabiga javob bermagan 9 465,68 tonna turli xil oziq-ovqat mahsulotlari yoʼq qilingan. Mamlakat aholisining koʼpayib borayotgani, urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi sharoitida qishloq xoʼjaligi ekini maydonlarining qisqarib borishi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholining ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini kengaytirish masalasini yildan-yilga keskin qilib qoʼymoqda. АQShning izlanishlar markazi oʼtkazgan tadqiqotga koʼra, Oʼzbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-oʼrinni egalladi[5].

Mamlakatimizda qishloq xoʼjaligida foydalaniladigan yer maydonlari 1990-yildagi 28080,4 ming gektardan 2015-yilda 25621,6 ming gektarga, yaʼni -2458,8 ming gektarga, shunga mos ravishda haydaladigan yer maydonlari 4176,5 ming gektardan 4043,6 ming gektarga, yaʼni -132,9 ming gektarga, sugʼoriladigan yerlar 3407,3 ming gektardan 3288,2 ming gektarga, yaʼni - 119,1 ming gektarga, qishloq xoʼjaligi ekin maydonlari esa 4200,1 ming gektardan 3694,2 ming gektarga, yaʼni -505,9 ming gektarga qisqardi[5]. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning dolzarb ahamiyatga molik ekanligidan dalolat beradi. O‘zbekiston Respublikasi 2018-yilda Global ochlik indeksi bo‘yicha 119 mamlakat orasida 52-o‘rinni egallab, 12,1 ko‘rsatkich bilan «mo‘tadil» darajaga erishdi. Mazkur ustuvor yo‘nalishning asosiy maqsadi — respublikaning barcha aholisi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqish va uni samarali amalga oshirishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy ob’ektlar bilan integratsiyalash;

- boshoqli don yetishtirishda davlat intervension xaridlar tizimini joriy qilish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmidan bosqichma-bosqich voz kechish hamda boshoqli donni kvota asosida bozor narxlarida sotib olish mexanizmini joriy etish;

- xalqaro darajada tan olingan uslubiyatlar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoring qilish;

- ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulot turlari ishlab chiqarishni intensivlashtirishga doir tarmoq dasturlarini ishlab chiqish; chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish, baliq va parranda go‘shti, shuningdek, sut ishlab chiqarishni barqaror intensivlashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish.

- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda biotexnologiya sanoatining hozirgi zamon muammolari va yechimlari klasterlar asosida amalga oshirish, ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga oid tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida “Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmonov) 2021-2022-yillarda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagilarni moliyalashtirish uchun Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 20 milliard so‘mgacha mablag‘lar ajratsin:

- biotexnologiyalar sohasida «startap» loyihalarini amalga oshirish;

- 50 foizgacha birgalikda moliyalashtirish sharti bilan tajriba-sanoat biotexnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish va rivojlantirish;

- biotexnologiyalarni rivojlantirish uchun ilmiy va laboratoriya uskunalarini xarid qilish;

- sohaga zamonaviy texnologiya, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni joriy qilish;

yosh mutaxassislarni xorijda ilmiy stajirovkadan o‘tkazish, xorijiy mutaxassis va maslahatchilarni jalb qilish” deya ta’kidlab o’tilgan[6].




Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish