Oʻzbekistoning Olimpiada oʻyinlaridagi medallari - Oʻzbekiston Olimpiyachilarining Yozgi Olimpiada oʻyinlarida erishgan medallari [6]
Oʻzbekistonning jami medallari
| | | | | | | | |
Yil
|
Ishtrokchi
|
Mezbon malakat
|
Bayroqdor
|
Oltin
|
Kumush
|
Bronza
|
Jami
|
Oʻrni
|
1996
|
71
|
USA Atlanta
|
Temur Ibragimov
|
0
|
1
|
1
|
2
|
58
|
2000
|
70
|
Australia Sidney
|
Muhammadqodir Abdullayev
|
1
|
1
|
2
|
4
|
41
|
2004
|
69
|
Greece Afina
|
Abdulla Tangriyev
|
2
|
1
|
2
|
5
|
34
|
2008
|
56
|
China Pekin
|
Dilshod Mahmudov
|
1
|
2
|
3
|
6
|
40
|
2012
|
53
|
UK London
|
Elshod Rasulov
|
1
|
0
|
2*
|
3
|
47
|
2016
|
70
|
BRA Rio-de-Janeyro
|
Bahodir Jalolov
|
4
|
2
|
7
|
13
|
21
| Olimpiada oʻyinlari tarixidagi sovrindorlar
Medal
|
Sportchi
|
Oʻyinlar
|
Sport turi
|
Sport bahsi
|
Oltin
|
Lina Cheryazova
|
Lillehammer 1994 Norvegiya
|
Fristayl
|
Ayollar fristayl
|
Bronza
|
Karim Toʻlaganov
|
Atlanta 1996 AQSh
|
Boks
|
Erkalar yengil vazn
|
Kumush
|
Armen Bagdasarov
|
Atlanta 1996 AQSh
|
Dzyudo
|
Erkaklar oʻrta vazn
|
Oltin
|
Muhammadqodir Abdullayev
|
Sidney 2000 Avstraliya
|
Boks
|
Erkaklar oʻrta vazn 63.5 kg
|
Kumush
|
Artur Taymazov
|
Sidney 2000 Avstraliya
|
Erkin kurash
|
Erkaklar ogʻir vazn
|
Bronza
|
Rustam Saidov
|
Sidney 2000 Avstraliya
|
Boks
|
Erkaklar ogʻir vazn +91 kg
|
Bronza
|
Sergey Mixaylov
|
Sidney 2000 Avstraliya
|
Boks
|
Erkalar oʻrta vazn 81 kg
|
Oltin
|
Artur Taymazov
|
Afina 2004 Yunoniston
|
Erkin kurash
|
Erkaklar ogʻir vazn 120 kg
|
Oltin
|
Alexandr Dokturishvili
|
Afina 2004 Yunoniston
|
Erkin kurash
|
Erkaklar Yunon rum kurashi 74 kg
|
Kumush
|
Magomed Ibragimov
|
Afina 2004 Yunoniston
|
Erkin kurash
|
Erkaklar erkin kurashi 96 kg
|
Bronza
|
Bahodirjon Sultonov
|
Afina 2004 Yunoniston
|
Boks
|
Erkaklar Oʻrta vazn
|
Bronza
|
Oʻtkirbek Haydarov
|
Afina 2004 Yunoniston
|
Boks
|
Erkalar ogʻir vazn
|
Oltin
|
Artur Taymazov
|
Pekin 2008 Xitoy
|
Erkin kurash
|
Erkaklar ogʻir vazn 120 kg
|
Kumush
|
Soslan Tigiyev
|
Pekin 2008 Xitoy
|
Erkin kurash
|
Erkaklar Erkin kurash 74 kg
|
Bronza
|
Abdulla Tangriyev
|
Pekin-2008 Xitoy
|
Dzyudo
|
Erkaklar Ogʻir vazn +100 kg
|
Bronza
|
Rishod Sobirov
|
Pekin 2008 Xitoy
|
Dzyudo
|
Erkaklar Yengil vazn 60 kg
|
Bronza
|
Anton Fokin[9]
|
Pekin 2008 Xitoy
|
Gimnastika
|
Erkaklar brusda bajarilgan mashqlar
|
Bronza
|
Yekaterina Xilko
|
Pekin 2008 Xitoy
|
Gimnastika
|
Ayollar tramplini
|
Bronza
|
Rishod Sobirov
|
London 2012 Birlashgan Qirollik
|
Dzyudo
|
Erkaklar Yengil vazn 60 kg
|
Bronza
|
Abbos Atoyev
|
London 2012 Birlashgan Qirollik
|
Boks
|
Erkaklar oʻrta vazn
|
Oltin
|
Artur Taymazov
|
London 2012 Birlashgan Qirollik
|
Erkin kurash
|
Erkaklar ogʻir vazn 120 kg
| Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi quyidagilardan tashkil topgan: - Oʻzbekiston MOQ Prezidenti, Bosh Kotib va Vitse-Prezidentlar;
- Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi aʼzolari;
- Olimpiya oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari xalqaro federatsiyalari aʼzolari hisoblanuvchi Milliy sport federatsiyalari yoki MOQ va uning Ijroqoʻmining koʻpchilik ovozini tashkil etuvchi vakillari. MOQ har bir sport turlari boʻyicha bunday Xalqaro sport federatsiyalari boshchilik qiluvchi birdan ortiq Milliy sport federatsiyalarini tan olmaydi;
- Olimpiya va milliy sport turi hisoblanmaydigan federatsiyalar vakillari;
- Sport tashkilotlarining umumiy yigʻilishlarida demokratik yoʻl bilan rivojlantiriluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sport tashkilotlari vakillari;
- Davlat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi organlari, koʻngilli sport jamiyatlari va muassasalari vakillari;
- Oldingi va kelgusi Olimpiya oʻyinlari atlet-ishtirokchi vakillari;
- Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Akademiyasi Prezidenti;
- Sport jurnalistlari federatsiyasi vakillari;
- Alohida shaxslar — Olimpiya harakati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (koʻzga koʻringan jamoat, fan va sanʼat arboblari);
- Oʻzbekiston MOQning faxriy aʼzolari;
- MOQ faoliyatiga moddiy va moliyaviy koʻmaklashuvchi tashkilotlar vakillari.
Sport federatsiyalari Oʻzbekiston regbi federatsiyasi Prezident: Safoev Sodiq Solixovich Bosh kotib: Artikov Jasur Nigmatullaevich Vitse-prezident: Ibragimov Dilmurod Neʼmatovich Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi Bosh kotib: Mirodilov Botir Mahkamovich Vitse-prezident: Iskov R.I, Joʻraev I.T, Yurkevskiy K.E, Qodirov R.Gʻ. Tashkil topgan yili: 1992 yil Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Prezident: Abduvaliev Salim Kirgizbaevich Bosh kotib: Mamadaliev Shuxrat Farxadovich Vitse-prezident: Shofayziev Shomurod Muhsinovich, Roʻziev Ahrol Ahmedovich, Rahimov Muxtar Nigmatovich Tashkil topgan yili: 1998 yil Oʻzbekiston velosport federatsiyasi Prezident: Norbaeva Tanzila Kamalovna Vitse-prezident: Oʻrinboyxoʻjaev Kozim Baxtiyorovich Tashkil topgan yili: 1991 yil Oʻzbekiston futbol Assotsiatsiyasi Prezident: Ramatov Achilbay Jumaniyozovich Bosh kotib: Sardor Hamidullaevich Birinchi vitse-prezident: Ahmadjonov Umid Mahamadjonovich Tashkil topgan yili: 1992 yil Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi Prezident: Shoabdurahmanov Rustam Mavzurovich Bosh kotib: Ibragimov Muhammad Xumoyun Dilmurod oʻgʻli Vitse-prezident: Mirjalilov Mirafzal Amanovich Tashkil topgan yili: 1992 yil Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Rahbariy organlari quyidagilar hisoblanadi: Bosh Assambleya; Ijro etuvchi qoʻmita (Ijroqoʻm) Ijro qoʻm burosi. Bosh Assambleya - Bosh Assambleya vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- Oʻzbekiston Respublikasida Olimpiya Harakatini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
- XOQ yoki OOK vasiyligida oʻtkaziluvchi Olimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari yoki boshqa sport musobaqalarini oʻtkazishda respublika shaharlari nomzodlarini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Oʻzbekiston MOQning kelgusi davr uchun faoliyat dasturlarini tasdiqlash;
- Ijroqoʻm va MOQ Taftish komissiyasining hisobot yili va toʻrt yillik davr uchun faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini koʻrib chiqish va baholash;
- Oʻzbekiston MOQga aʼzolik toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- Prezident, Vitse-prezidentlar, Bosh kotib, Ijro etuvchi qoʻmita aʼzolari va Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash;
- Respublika sport federatsiyalari va ularga tenglashtirilgan birlashmalar (assotsiatsiyalar) ni tan olish;
- Bosh Assambleya yiliga kamida bir marotaba oʻtkaziladi;
- Toʻrt yilda bir marotaba, navbatdagi yozgi Olimpiya oʻyinlari oʻtgan yildan keying yil Oʻzbekiston Bosh Assambleyasining hisobot-saylovi oʻtkaziladi, unda Ijroqoʻmning hisoboti tinglanadi, rahbariy organlar saylovi oʻtkaziladi;
- Bosh Assambleya faqatgina aʼzolarining yarmidan koʻpi ishtirok etganda va faqatgina kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega;
- Qarorlar MOQ ishtirokchi aʼzolarining ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Olimpiya oʻyinlariga tegishli masalalar hal qilinganda faqatgina MOQ Ijroqoʻmi aʼzolari va Olimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha xalqaro federatsiyalar vakillari ovozi qabul qilinadi.
Ijro etuvchi qoʻmita - Ijroqoʻm majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- Ustavga amal qilinishini taʼminlash;
- Bosh Assambleya kun tartibini, uni oʻtkazish vaqti va joyini aniqlash;
- Oʻzbekiston MOQ budjetini, faoliyatining moliyaviy va maʼmuriy qoidalarini tasdiqlash, shuningdek, ularni amalga oshirishni nazorat qilish;
- Doimiy komissiya roʻyxatini tasdiqlash, ularning faoliyati va vakolatlari doirasini aniqlash;
- Bosh Assambleya topshiriqlarini bajarish;
- Oʻzbekiston MOQning yangi aʼzolarini tan olish boʻyicha, MOQ aʼzolarini mukofotlash boʻyicha va Ustav qoidalari buzilgan hollarda MOQ aʼzolariga nisbatan jazo choralari koʻrish boʻyicha takliflar tayyorlash;
- Oʻzbekiston MOQ imzolagan shartnomalar, kelishuvlar va boshqa bitimlarning shartlarini koʻrib chiqish;
- Oʻzbekiston terma jamoalarining Olimpiya, Osiyo oʻyinlari va XOQ va OOK shafeligida oʻtkaziluvchi boshqa kompleks xalqaro musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishi va qatnashishi masalalarini koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
- Tegishli respublika sport federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan sportchilarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish. Sport federatsiyalari tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlarning Olimpiya Xartiyasiga mos tushishini (har tomonlama) taʼminlash;
- Sport federatsiyalari aʼzolarining ekipirovkasi, transportirovkasi va joylashishini tashkil etish;
- Delegatsiya aʼzolari foydasiga baxtsiz hodisalar (nogironlik, oʻlim, kasallik, tibbiy va dori-darmon harajatlari) va uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarlikdan sugʻurtalash toʻgʻrisidagi shartnomalar tuzish. Sport delegatsiyasi aʼzolarining yurish-turishiga maʼsuliyatni oʻz boʻyniga olish;
- Ijroqoʻm oʻz majlislarini zarur hollarda, lekin bir yilda kamida uch marta oʻtkazadi, shuningdek, majlis MOQ Prezidenti qarori bilan yoki Ijroqoʻm aʼzolarining 1/3 qismi talabi bilan ham oʻtkazilishi mumkin;
- Ijroqoʻm majlisda oʻz aʼzolarining kamida yarmi ishtirok etgan taqdirda qaror qabul qilishi mumkin;
- Qarorlar mavjud Ijroqoʻm aʼzolarining ochiq ovoz berishi orqali oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, Prezident ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
O’zbekiston MOQ Prezidentlari
Prezidentlar
|
Boshqaruv yillari
|
Bosh kotib
|
Obid Nazirov
|
1992-1994
|
prof. Xamrakulov Abduxamid Kadirxanovich
|
Sobirjon Roʻziyev
|
1994-2003
|
2001-yildan Malik Babaev
|
Aziz Nosirov[11]
|
2003-2005
|
Malik Babaev
|
Rustam Qurbonov
|
2005-2009
|
Malik Babaev
|
Malik Babaev [12]
|
2009-2013
|
Muhammadali Karimov
|
Mirabror Usmonov[13][14]
|
2013-2017
|
Oybek Kasimov
|
Alisher Sultonov
|
2017-2018
|
Oybek Kasimov
|
Umid Ahmadjonov
|
2018-2019
|
Jasur Matchanov
|
Rustam Shoabdurahmonov[15]
|
2019-yildan
|
Oybek Kasimov
| Olimpiya shon-shuhrati muzeyi - Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 284-sonli qarori bilan tashkil etilgan. Uning 1996-yil 1-sentabrdagi tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining oʻsha vaqtdagi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch ishtirok etishdi.
- Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpizm qadriyatlarini va „halol oʻyin“ tamoyillarini targʻib qilishda, Oʻzbekiston sportchilarining gʻalabalari va Oʻzbekistonda Olimpizmning rivojlanish tarixi toʻgʻrisida keng jamoatchilikka maʼlumot berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda muzey Oʻzbekiston sportchilarining Olimpiya oʻyinlarida va boshqa muhim xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan gʻalabalarini oʻzida aks ettiruvchi mavzuli ekspozitsiyalar va koʻrgazmali tadbirlarni doimiy ravishda tashkil etadi. Oʻzbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi asosiy fondidan 2000 dan ortiq eksponat oʻrin olgan, shulardan 1000 dan ortiq eksponat doimiy ekspozitsiyaga qoʻyilgan. Muzeyda medallar, kuboklar, mayoqlar, pochta markalari, badiiy tasmalar, sport inventarlari va kiyim-kechaklari koʻp miqdorda koʻrgazmaga qoʻyiladi.
E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |