O’zbekistonda moliya bozorining amal qilishi va shakllanishi. Mundarija Kirish Reja; I bob. Moliya bozori faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari va iqtisodda tutgan o’rni


Moliya bozori globallashuvi effektlari5



Download 373,13 Kb.
bet5/14
Sana30.06.2022
Hajmi373,13 Kb.
#719484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
moliya bozorining kurs ishi

Moliya bozori globallashuvi effektlari5



Salbiy effektlar

Ijobiy effektlar

  1. Moliya bozorini tartiblashtirishga oid qonunlami moslashtirish bilan bog’liq qisqa muddatli xarajatlar.

  2. Mahalliy investorlaming ishonchini qozonish bilan bog’liq qiyinchiliklar.

  3. Moliya bozori qatnashchilarini moslashuvi bilan bog’liq qiyinchiliklar.

  4. Emitentlaming o’z aksiyalari kursi va likvidliligini fond bozorida ta’minlash bo’yicha qo’shimcha harakatlar va xarajatlar.

  5. Mahalliy professional institutlaming raqobatbardoshlilikni ushlab turishlari bo’yicha qo’shimcha harakat va xarajatlar.

  6. Tartiblashtimvchi institutlaming bozomi barqarorlashtirish bo’yicha qo’shimcha nazorat harakatlari va xarajatlari.

  7. Moliyaviy globallashuv salbiy taraflarining ta’siri:

rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasida asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha nomutanosibliklar;
- rivojlanayotgan mamlakatlar ichida aholining turli qatlamlari orasida daromadlar differentsiatsiyasining kuchayishi;

  1. Moliya bozori bo’yicha takomillash-gan globallashuv talablariga javob bemvchi qonunlar.

  2. Investorlaming umumjahon moliya bozori miqyosida himoyalanganligi.

  3. Xorijiy investorlarga nisbatan regulativ to’siqlaming kamayishi.

  4. Kompaniyalarda menejmentning, moliyaviy holatning va korporativ boshqamvning yaxshilanishi.

  5. Moliya institutlari malakasi darajasining oshishi.

  6. Moliya bozorining barqarorlashuvi.

  7. Moliyaviy globallashuvning ijobiy taraflariga ega bo’lish, xususan: moliya va boshqa sohalarda innovatsiyalaming rivojlanishi;

- xalqaro bozorlarga oson chiqish va ular orqali tashqi investitsiyalami jalb qilish;
rivojlanayotgan mamlakatlar integratsiyalashuvi, umumiy moliya, informatsion va boshqa tizimlarga




moliya bozorini egiluvchan moslashuvining ortishi va kapitalning tashqariga chiqib ketishi riskining ortishi:
kirish.
moliyaviy resurslar haj mining ortishi, kompaniyalar biznesi salmog’ining keskin ko’tarilishi.



  • qisqa muddatli effektlar - masalan, Ispaniya va Gonkongda (1993-yil), Turkiyada (1999-yil) kapitalizatsiya hajmining o’ta tez o’sishi, Malayziyada (1993-1997-yillar) bozoming tebranishlari, AQSHda (1996-1999-yillar, 2002-

  1. yillar), Tayvanda va Koreyada (1990-yillar boshida va 2000-yillarda) bozor hajmining tez ortishi;

  • unchalik katta bo’lmagan bozorlaming tez rivojlanishi (masalan, Xitoy, Indoneziya), agarda bunday rivojlanish milliy iqtisodiyotning o’sishi bilan ta’minlangan bo’lsa;

  • bozorlar va ulaming guruhlari bir-birlari bilan raqobatlashib qarama- qarshi dinamikaga ega bo’lishi mumkin (investorlami 1997-1998-yillar oxirida rivojlanayotgan bozorlardan borgan sari rivojlangan bozorlarga ketishi). Bunda raqobatning mahalliy qamrovi ham muhim ahamiyatga ega, masalan, 1997- 1998-yillarda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bozorlariga Osiyo va Lotin Amerika bozorlariga qaraganda inqiroz kamroq ta’sir ko’rsatgan. Rivojlangan bozorlaming risklari rivojlanayotgan bozorlamikiga qaraganda ancha kamligini kuzatish mumkin.

Yuqorida keltirilgan tendensiyalar negizida bir qator muammolar mavjudligini ko’rish mumkin. Masalan, moliya bozorlari modellarining keskin farqlanishi, moliyaviy globallashuv jarayonlarining turli mamlakatlar da har xil kechishi, tashqi va ichki fundamental omillarning har xil mamlakatlarga turlicha ta’siri, mamlakatlar o’rtasida bozor risklarining turlicha taqsimlanishi, jahon miqyosida iqtisodiy o’sishning pasayishi va shu kabilar.
Jahon amaliyotida moliya bozorining anglo-sakson, kontinental, islom va gibrid modellarini ajratish mumkin. Bu modellaming barchasi moliya bozorining nazariy-konseptual modellariga asoslanadi. Ma’lumki, ular qaysi mamlakatga oid ekanligi, uning rivojlanganligi darajasi, undagi jamiyat tomonidan tanlangan ijtimoiy-iqtisodiy model va mavjud mentalitetga (traditsiyalarga) hamda ulardagi ichki va tashqi omillaming ta’siri qonuniyatlari va darajasi hamda boshqa belgilarga qarab farqlanadi. Lekin modellaming barchasi qaysi mamlakatda bo’lishidan qat’iy nazar o’zlarining iqtisodiyotdagi va globallashuv sharoitlaridagi roli va funksiyalarini ma’lum darajada bajaradi. Masalan, industrial mamlakatlarda moliya bozorining asosan anglo-sakson yoki kontinental modellari bo’yicha tuzilganini, ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa gibrid yoki anglo-sakson yoki kontinental (germancha) modelni, musulmon davlatlarida islom modelini ko’rish mumkin. Jumladan o’tish iqtisodiyotiga mansub davlatlarda ko’proq gibrid modelini kuzatish mumkin, ammo ulaming infratuzilmasi samaradorligi bo’yicha industrial mamlakatlar modellariga hozircha tenglasha olmaydi. Bunda aytish joizki, bu mamlakatlarda moliya bozorlarining shakllanishi xususiyatlari ko’p jihatdan ulardagi ta’sir etuvchi omillarga va mavjud rivojlanish sharoitlariga bog’liqligini kuzatish mumkin.
Umuman olganda, har qanday mamlakatning moliya bozori modeli unda tashkil topgan mulkchilik tizimi tuzilmasi va ta’sir etuvchi fundamental omillar asosida shakllanib va rivojlanib boradi.
Hozirda mavjud modellarning ichida eng rivojlangan, hajmli va mukammali anglo-sakson modeli hisoblanadi.
Moliya bozori modellarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi bilan tavsiflanuvchi yirik institutsional investorlar salmog’ining ko’pligiga asoslangan model;

  2. moliyalashtirishning ulush kiritish usulini qarz usulidan ustunligi bilan tavsiflanuvchi chakana mayda investorlar salmog’ining ko’pligiga asoslangan model.

Moliya bozori modellarini nazariy jihatdan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin: mamlakat iqtisodiyoti modelining tuzilishi va mamlakat aholisining traditsion ma’naviy boyliklari. Mamlakat iqtisodiyoti modelining tuzilishiga asoslangan moliya bozori modellari.6
Markazlashgan iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Markazlashgan iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan yopiq hisoblanadi. Misol tariqasida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin. Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo’lib, quyidagilami anglatadi: moliyaviy barqarorlashtirish, pul resurslarini konvertatsiyalash, spekulatsiyani yo’q qilish, inqirozga yuz tutgan tarmoqlami davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, pul oqimlarini optimallashtirish, yagona partiyaning hukmronligi va yo’lboshchiligi. Bulardan asosiy maqsad - davlatga tegishli buyruqbozlik cho’qqilami kuchaytirishdan iborat. Natijada, markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda xo’jalik qarorlarini qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo’ladi. Monobank tizimida barcha pul resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlashtiriladi. Umuman olganda, markazlashgan iqtisodiyotda erkin moliya bozori bo’lmaydi, chunki uning keragi bo’lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligatsiyalari (uzoq muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat xarajatlari maqsadlarida muomalaga chiqarilgani bilan, obligatsiyalar bozori to’g’risida gapirish mumkin emas.
Iqtisodiy o’sish pul mablag’larini markazlashgan tarzda davlat manfaati uchun qayta taqsimlash, budjet investitsiyalarini taqsimlash, rejali pul emissiyasi va inflatsiya evaziga belgilanadi. Barchasi davlatga tegishli bo’lgan iqtisodiyot sub’ektlarining ortiqcha pul mablag’lari budjet xarajatlarini qoplashga yo’naltiriladi.
An’anaviy-diniy iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Bunday iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisoblanadi. Bu davlat Islom dini ideologiyasiga asoslangan rivojlanishning alohida milliy yo’liga qaratilgan bo’lib, jahon bozori va industrial mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Bunday iqtisodiyotning moliya sohasida budjet va Markaziy bankning roli kuchaytirilgan, ustuvor tarmoqlami dotatsion kreditlash va budjet tomonidan moliyalashtirish hukmronlik qiladi, foiz stavkalarini subsidiyalash, kredit resurslarini markazlashgan tarzda taqsimlash, muammoli aktivlar va inflatsiyaning o’sishi kabi holatlar hukmronlik qiladi. Natijada moliya bozori bank kreditlari tomonidan siqib chiqarilgan, unda mayda chakana investorlar yo’q. Umuman olganda, moliya bozori infratuzilmasi rivojlanmagan, hududiy sektorlarga bo’lingan, kapitalizatsiya darajasi past, risklar darajasi baland, moliya-bank tizimi past darajada rivojlangan. Diniy e’tiqod va yopiq iqtisod bo’lganligi sababli obligatsiya, valuta va derivativlar bozorlari yo’q. Aksiyalar bozorida asosan hukumat agentlari hisoblangan institutsional investorlar yoki davlat banklari faoliyat yuritadi.
Liberal iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Ma’lumki, liberal iqtisodiyot ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari sohasining kengligi, davlat mulkining qisqarishi, bozorlarning raqobat uchun ochiqligi, bozor faoliyatiga turli cheklashlarning kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan administrativ nazoratning kuchsizligi, bojxona bojlarining pastligi, markazlashgan dotatsiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlaming qisqarishi va shu kabilar bilan xarakterlanadi. Liberal iqtisodiyot moliya bozorining turli modellarida mavjud bo’lib, ularda davlatning roli, mulkchilik tuzilmasi, real sektomi moliyalashtirish va hokazolar farqlanadi. Bunday sharoitlarda industrial mamlakatlaming moliya bozorlari ochiqligi, yuqori darajada rivojlanganligi, globalligi bilan xarakterlanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlaming moliya bozorlari esa rivojlanishning tez sur’atlariga erishgan bo’lsalarda, rivojlangan mamlakatlaming bozorlariga ochiqligi va globalligi bo’yicha nisbatan pastroq pog’onada turadilar. Bunga sabab, rivojlanayotgan mamlakatlaming yuqorida ko’rsatilgan rivojlanishi xususiyatlari va sharoitlaridir.
Turli mulkchilikka xos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellaming unsurlari mavjud bo’lib, ular moliya bozorining roli va funksiyalarini ma’lum darajada cheklashi yoki kengaytirishi mumkin. Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik qiladi.
Iqtisodiyotning ko’p ukladliligi ayniqsa o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarda (masalan, Markaziy va Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida, Mongoliya, Xitoy va jumladan O’zbekistonda) namoyon bo’lgan. Bu mamlakatlaming iqtisodiyotlari va moliya bozorlari modellarining o’tish davri sharoitlarida bir xil bo’lishi mumkin emasligi aniq. Bunga sabab, ularda o’tish davri bilan bog’liq ko’p muammolar hanuzgacha mavjudligi. Masalan, mulkchilik tuzilmasining shakllanishi, siyosiy va ideologik o’zgarishlaming nihoyasiga yetmaganligi, ichki bozoming ochilishida tashqi raqobatning kuchliligi, bozoming yuqori o’zgaruvchanligi va boshqalar. Unda peshqadamlar kam namoyon bo’lgan, proteksionizm va davlatning roli kuchli, markazlashishdan ochiq bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni davriy xarakterga ega. Bu jarayonda fundamentalistik va shovinistik g’oyalarga og’ishlar, alohida milliy tus berilgan rivojlanish yo’lini targ’ibot qilish, alohidalik kabi risklar va holatlar mavjud bo’ladi. Iqtisodiyotning ko’p ukladliligi moliya bozoriga keskin ta’sir ko’rsatadi.
Rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga xos moliya bozorining gibrid modellari. Bunday modellarda asosan ko’p ukladli iqtisodiyotga xos muammolar mavjud bo’ladi. Iqtisodchilar bu muammolarning paydo bo’lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari va ularga ta’sir etuvchi ko’pgina omillar bilan bog’laydilar. Muammolarning ichida sezilarli si - aksiyadorlik kapitalida mulkchilik tuzilmasining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda aksiyalaming katta paketi asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, boshqamv a’zolari va administrativ shaxslar ixtiyorida qoladi. Natijada kompaniyaning korporativ boshqamv mexanizmi, investitsion va emission siyosatlari samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko’proq moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega boTadi, aksiyalar bozori sust rivojlanadi.
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ko’pchiligida moliya bozori kontinental modelga moslashgan bo Tib, ularda asosan banklar katta rol o’ynaydi. Boshqalarida esa anglo-sakson va kontinental modellaming elementlari aralash mavjud.
Moliya bozorining aralash modelini 55 dan ortiq mamlakatda kuzatish mumkin: Isroil, Iordaniya, Xitoy, Koreya, Livan, Oman, Tayvan, Namibiya, Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Boliviya, Kayman Orollari, Urugvay, Chili, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Ukraina, Qozog’iston va O’zbekiston kabilar.
Xorijiy banklaming sho’ba kompaniyalari ishtirok etuvchi aralash brokerlik bozorlarga 12 mamlakatni kiritish mumkin: Hindiston, Pokiston, Tayland, Filippin, Janubiy Afrika Respublikasi, Gretsiya, Ruminiya, Argentina, Braziliya, Venesuela, Meksika, Peru.
Xorijiy banklarning sho’ba kompaniyalari ishtirok etmaydigan aralash brokerlik bozorlarga 15 mamlakatni kiritish mumkin: Quvayt, Bahrayn, Malayziya, Mongoliya, Shri-Lanka, Botsvana, Gana, Kipr, Makedoniya, Bermud Orollari, Kolumbiya, Salvador, Ekvador, Yamayka.

  1. Mamlakat aholisining traditsiyalari va ma’naviy boyliklariga asoslangan

moliya bozori modellari Anglo-sakson traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modellari. Anglo- sakson traditsiyalarida (yoki “protestan kapitalizmi” traditsiyalarida) tarbiyalangan moliya bozori qatnashchilari riskli xatti-harakatlarga nisbatan ko’proq moyil, iqtisodiy individualizm, davlatga va yirik kompaniyalarga nisbatan kamroq nazoratli bo’ladilar.
AQSH va Buyuk Britaniya moliya bozorlarining qatnashchilari esa Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko’proq moyil. Bulaming barchasi anglo-sakson modeli asosidagi moliya bozorlarini liberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo inqirozlarga ta’sirchanligini belgilaydi.
Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli. Bu traditsiya islom moliyasi shaklida namoyon bo’ladi. Unda moliya bozori qatnashchilari tomonidan Islom dini ko’rsatmalariga va “harom” tushunchasiga rioya qilinadi. Islomiy moliya institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Pul resurslarini jalb qilish uchun depozitlar o’miga aksiyalar, investitsiya fondlari, foiz to’lovlari oldindan belgilanmagan jamg’arma va investitsiya hisobvaraqlari (banklar bilan sheriklik asosida), foizli obligatsiyalar o’rniga diskontli obligatsiyalar qo’llaniladi (diskontani ustama haq sifatida belgilab). Natijada Pokiston, Bahrayn, Quvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya moliya bozorlarida obligatsiyalar “ribo”, ya’ni “harom” hisoblangani, derivativlar esa qimorga o’xshaganligi uchun bunday segmentlar mavjud emas. Pokistonda ustamali davlat obligatsiyalari maxsus investitsiya fondlari ulushlariga konvertatsiyalantiriladi va ushbu fondlar orqali loyihaviy moliyalashtirishga asoslanib hukumat moliyalashtiriladi. Xalqaro statistikada qarz munosabatlarini mujassamlashtiruvchi qog’ozlar bo’yicha islom mamlakatlari keltirilmaydi.
Ko’pincha bozor instrumenti bo’lmagan “ulushli ishtirok qog’ozlari” (participation paper) va “sheriklik qog’ozlari” (partnership paper) chiqarilib, ular bo’yicha investorlar mablag’larini aniq loyihalarga (uy-joy, yo’llar, kasalxonalar va shu kabilarga asoslangan) markaziy va mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda “birgalikda moliyalashtirish” asosida yo’naltiradilar. Bu esa Islom dini tomonidan ma’qullanadi va moliyalashtirishning “Islom” shakli deyiladi.
Moliya bozorini islomiylashtirish uning soddalashuviga, banklar rolining oshishiga, yirik investorlaming ko’payishiga, depressiv holatga tushishiga, ko’p sonli chakana va yirik xorijiy investorlaming, derivativlar va foizli obligatsiyalar segmentlarining yo’qligiga olib keladi.
Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Ushbu traditsiya quyidagilarda namoyon bo’ladi:
-Davlat tuzilmasi yoki biznesda insonlaming pog’onalilikka (ierarxiya) intilishi, o’zidan yuqori pog’onada turgan shaxsga sodiqlik;

  • bir kompaniyaga butun hayot mobayniga yollanish tizimi;

  • vasiylikka muhtojlik;

  • shaxsiy manfaatlarini aksiyadorlamikidan yuqori qo’yish («korporatsiya- oila», sezilarli oshib bomvchi mehnat haqi va ijtimoiy to’lovlar tamoyili asosida);

-yaqqol kollektivizm, jamiyatga o’ta tobelik, o’zini moddiy cheklash («halol kambag’allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini oshirish;

  • anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi j am g’arm a normasi.

Moliya bozorining Yapon modelini AQSH modelidan keyingi o’ringa qo’yish mumkin. Ularning ikkalasi islomiy moliya bozorlaridan ustun.
Germaniya traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Diniy e’tiqodlarning farqliligiga qaramasdan, Germaniya va Yaponiya modellarining o’xshash taraflari mavjud. Sabab, bu mamlakatlarda aholining iqtisodiy qarashlari ko’p jihatdan mos kelishidir. Germaniya xalqi boshqalardan farqli bir muncha xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • praktitsizm, ierarxizm, o’ta mehnatkashlik, ijtimoiy himoyaga, risksizlilikka va jamg’armaga moyillik. Anglo-sakson modelida esa mobillikka, ixtirochilikka, risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o’zgarishlarga moyillik ko’proq seziladi; kompaniya rahbariyati tomonidan shaxsiy manfaatlarini aksiyadorlamikidan yuqori qo’yilishi, kompaniya menejmentini aksiyalar kursini va ular bo’yicha yuqori dividendlar to’lovlarini oshirishga yo’nalganligi. Bunda korporativ boshqaruvning germancha modelida ko’proq kompaniyaning manfaatlari aksiyadorlarga xizmat ko’rsatishdan ustun qo’yilgan.




Download 373,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish