O‘zbekistonda mehnat resurslaridan samarali foydalanish yo‘llari



Download 307,2 Kb.
bet2/4
Sana18.03.2022
Hajmi307,2 Kb.
#500190
1   2   3   4
Bog'liq
Z Irmatova

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili


Mehnat resurslari bugungi mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va tubdan yangilash sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi, uning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyatini mikro-, mezo- va makro- darajalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Mehnat resurslarining mikro darajadagi ahamiyati ularning korxona (tashkilot) faoliyatidagi o‘rni hamda ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan belgilanadi. Ma’lumki, mehnat resurslari ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib, uni yuzaga keltiruvchi barcha resurslar bevosita mazkur omil orqali boshqariladi. Hudud va mintaqalar iqtisodiyotida mehnat resurslarining roli uning mezo darajadagi ahamiyatini ko‘rsatadi. Mamlakatning qaysi hududida mehnat resurslari yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, u yerda ishlab chiqarish, sanoat, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma va kommunikatsiya rivojlanadi.
Mehnat resurslarining makro darajadagi ahamiyati uning mamlakat yalpi iqtisodiyotidagi o‘rni va asosiy boylik sifatida e’tirof etilishi bilan asoslanadi. Aynan mehnat orqaligina mamlakatda moddiy va nomoddiy boyliklar yaratiladi. Mazkur mehnatning sub’ekti esa bevosita inson, ya’ni mehnat resurslaridir. Demak, mehnat resurslarining barcha darajadagi ahamiyati uni tadqiq etishning ham ilmiy, ham iqtisodiy dolzarbligini belgilab beradi.
Shu o‘rinda, mehnat resurslari va ularning shakllanishi yuzasidan iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilamiz. Ma’lumki, yurtimizda iqtisodchi olim Q.X.Abduraxmonov mehnat resurslari, ularning shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlari, ulardan oqilona va samarali foydalanishning nazariy jihatlarini keng asoslab bergan. Jumladan, uning fikricha, mehnat resurslari mamlakat aholisining o‘z ruhiy-fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga (xizmat ko‘rsatishga) qodir mehnatga layoqatli qismi hisoblanadi. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirayotgan mehnatga layoqatli shaxslar, shu jumladan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi. Demak, mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo‘lgan, band bo‘lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo‘lgan shaxslarni qamrab oladi.
E’tirof etish kerakki, mehnat resurslari o‘z xususiyatlariga qarab o‘zaro farqlanadi. Buning muhim belgilari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, mehnat resurslari ma’lum yoshdagi insonlardan iborat. Ular malakasi, aqliy salohiyati, tajribasi, bilim saviyasi bilan farq qiladi. Ushbu farq ularning ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) salohiyatiga ta’sir etadi;
Ikkinchidan, mehnat resurslari faqat moddiy ne’matlarni yaratibgina qolmay, ularni iste’mol ham qiladi. Iste’mol darajasi uning mehnati samarasiga bog‘liq. Chunki qancha samarali ishlasa, shuncha ko‘p haq oladi va mos ravishda ko‘p iste’mol qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.
Uchinchidan, insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan ham o‘zaro farqlanadi. Chunki mehnat resurslarining jinsi, yoshi, sog‘lig‘i, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari turli bo‘lganligi tufayli iste’mol darajasi ham turlicha bo‘ladi.
To‘rtinchidan, mehnat resurslarining yaratuvchanlik imkoniyatlari hamda ehtiyojlari cheksiz. Shuning uchun ulardan samarali foydalanish maqsadida turli rag‘batlarni qo‘llagan holda faoliyat yuritish lozimligini taqozo qiladi. Bu, o‘z navbatida, o‘ta murakkab jarayon. Buni to‘liq anglash uchun ushbu jarayonlarni tahlil qilish talab etiladi.
Beshinchidan, mehnat resurslarining o‘zaro farqlanishi tufayli har bir shaxsga individual tarzda yondashish lozim. Bunda insonlar muhim ehtiyojlarining ro‘yobga chiqavermasligini inobatga olib, ular mehnatidan samarali foydalanish uchun har birining shaxs sifatidagi talablarini qondirishga harakat qilish muhim. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotning muvaffaqiyatli rivojlanishi murakkab xo‘jalik mexanizmining samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun amalga oshiriluvchi barcha jarayonlarda inson va iqtisodiyot manfaatlarining uyg‘unligiga erishishni ta’minlash lozim.
Yuqoridagi xususiyat va vazifalarni amalga oshirish uchun butun dunyoda iqtisodiyotni insonparvarlashtirish g‘oyasi ilgari surilmoqda. Ushbu g‘oyaning mohiyati va mazmunida insonga asosiy e’tibor qaratiladi. Zero, jamiyatni rivojlantiruvchi ham, uning taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi ham insonlardir. Bu insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirib borishi uchun qilinadigan ishlardir.
Shu o‘rinda, inson o‘z hayotiy ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatga ta’sir ko‘rsatadi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil etadi va buning oqibatida turli shakldagi moddiy, ma’naviy va boshqa noz-ne’matlarni yaratadi va ularni iste’mol qiladi. Barcha noz-ne’matlar ma’lum turdagi va muayyan miqdordagi resurslarni sarflash, ulardan foydalanish evaziga amalga oshiriladi. Tabiiy resurslarsiz hech qachon hech narsa ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish jarayonida foydalaniluvchi barcha zarur resurslarni ishlab chiqarish omillari sifatida ko‘rib chiqadi. Umuman bularga yer, ishchi kuchi, kapital, tadbirkorlik faoliyati omillari kiritiladi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlarda axborotlar ham ishlab chiqarish omili sifatida ko‘zda tutiladi.
Ishlab chiqarish omillarining yuqorida nomi zikr etilgan barcha turlari orasida mehnat resurslari alohida o‘rin tutadi. Mehnat resurslariga keng ma’noda: mehnatni hosil qilish, ayirboshlash va undan foydalanishni ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy me’yor va institutlar tizimi sifatida qarashlar ham mavjud. Jumladan, N.A.Volgin, Yu.G.Odegov va ayrim boshqa iqtisodchi olimlar mehnat resurslari sohasiga faqat mehnatni ayirboshlashni (mehnat oldi-sotdisini) emas, balki, mehnat salohiyatini hosil qilish (ta’lim va kasbiy tayyorgarlik), shuningdek, mehnatdan foydalanish (ishlab chiqarishda personalni boshqarish) jabhalarini kiritish lozimligini ko‘rsatmokdalar.
Vaholanki, mehnat resurslarini boshqarishning asosiy tarkibiy qismi sifatida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan samarali foydalanish jarayonlarini ko‘rish mumkin.
"Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlar va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida qo‘llab kelinadi. "Mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha – mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim.
“Mehnat resurslari” atamasidan rejali iqtisodiyot sharoitida markazlashgan usulda boshqarish muhitida keng foydalanilgan. Ushbu atama inson resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanishda qulay dastak sifatida qo‘llanillgan. Mehnat qonunchiligiga binoan xar bir mehnatga layoqatli mamlakat fuqarosining mehnat qilish va ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qishi qonun yo‘li bilan mustahkamlangan sharoitda uzrsiz sabablar bilan uzoq muddat ishlamay yurgan shaxslar qonuniy ta’qib qilingan va ozodlikdan mahrum etib, jazolanishi mumkin bo‘lgan.
Mehnatga layoqatli aholi – mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslari bilan bir qatorda qat’iy statistik hisob va hisobotda ifodalangan. Chunki mehnat resurslari iqtisodiyotni markazlashgan usulda boshqarish va rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi.
Rivojlangan mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasida ham mustaqillik yillarida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga o‘tildi, unga ko‘ra aholini tizimli taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari ikki guruh, ya’ni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo‘ldi.
Iqtisodiy faol aholi asosan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatishda ishtirok etadi. Iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi asosan iste’molchi hisoblanadi. Demak jamiyat barcha a’zolarining ehtiyojini qondirishda mehnat resurslarining ham faqat faol qismigina xizmat qiladi. Shu tufayli mehnat resurslaridan samarali foydalanish korxonadan tortib, to davlat miqyosigacha muhim ahamiyatga ega.
Mehnat resurslari mazmunining o‘zgarishini quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin.
Birinchidan, O‘zbekistonning ma’muriy-buyruqbozlik davri iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyotga o‘tishi munosabati bilan majburiy mehnatdan erkin tanlash usuliga o‘tildi.
Ikkinchidan, mehnat resursi atamasining mazmuni ilgarigi talqinda qo‘llanishi zamon talablariga to‘g‘ri kelmay qoldi. Chunki insonni faqat majburlash yo‘li bilangina mehnatga jalb qilish asosida uni ish bilan band qilish va ularni mehnat resurslariga kiritish mantiqan to‘g‘ri yo‘l emas.
Uchinchidan, mehnat resurslari mamlakat aholisining bir qismi bo‘lib, o‘z bilim va intellektual saviyasi, tajribasi va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mehnatga layoqatli qisminigina o‘z ichiga oladi.
Shunday qilib, "mehnat resurslari" o‘z mazmuniga ko‘ra, "iqtisodiy faol aholi" tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari mehnat resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o‘quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz bo‘lmasa ham, ma’lum sabablarga ko‘ra, mamlakat xo‘jaligida ish bilan band bo‘lmagan aholini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘rib turibmizki, “mehnat resurlari” va “iqtisodiy jihatdan faol aholi” atamalari o‘zaro farq qiladi. “Iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasi “mehnat resurslari” tushunchasidan o‘z mazmuni bo‘yicha torroqdir. Mehnat resurslari toifasiga ishsizlardan tashqari, ma’lum sabablarga ko‘ra mamlakat xo‘jaligida ish bilan band bo‘lmagan mamlakatning muayyan yoshdagi barcha boshqa fuqarolari kiritiladi.
Hozirgi paytda xalqaro integratsiya jarayonlari jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bunday jarayon xalqaro miqyosda foydalanadigan ko‘rsatkichlarni taqqoslashni taqozo etmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ularni bir xil o‘lchamga keltirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bunday holatlarni hisobga olib, bizda ham “iqtisodiy jihatdan faol aholi” tushunchasini qo‘llash maqsadga muvofiq, deb o‘ylaymiz. Chunki ushbu ko‘rsatkich dunyo miqyosidagi statistik ko‘rsatkichlarga ham to‘g‘ri keladi.



Download 307,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish