O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi olib borilayotgan chora tadbirlar va ahamiyati



Download 41 Kb.
Sana02.07.2022
Hajmi41 Kb.
#731307
Bog'liq
1 mavzu Korrupsiya tushunchasi, uning illatlari va ko‘rinishlar


O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi olib borilayotgan chora tadbirlar va ahamiyati
Bugun O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi mamlakatda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini taʼminladi. Misol uchun, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash to‘g‘risida”gi, “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Davlat rahbarining bir qator Farmonlari qabul qilindi.
Shuni alohida qayd etish joiz, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni bosh maqsad qilgan alohida davlat organini tashkil etish yuzasidan Prezident Farmoni loyihasini tayyorlash bo‘yicha faol saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Loyihada mazkur organning tashkil etilishi va faoliyat yurtishining huquqiy asoslari, maqsad va vazifalari, huquq hamda majburiyatlari, shuningdek, mamlakat Prezidenti va parlamentiga hisobdorlik belgilanishi nazarda tutilishi kerak. Shu munosabat bilan, ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ayniqsa, bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Biz olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin:
1) korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi chora-tadbirlarni olib borish;
2) tergov vakolatlari, nazorat funksiyalari;
3) boshqa idoralardan mustaqil ravishda o‘z faoliyatini olib borish, faqat davlat hokimiyatining oliy organlariga hisobdor bo‘lish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tavsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi xalqaro tuzilma – Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tadqiqotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari vakolatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘p maqsadli idoralarning modeli kompleks yondashuvning eng yorqin namunasidir. Ushbu turga tegishli bo‘lgan idoralar quyidagi:
– tergov faoliyatini olib borish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘ziga xos siyosatni ishlab chiqish, tahliliy faoliyat, jinoyatlarning oldini olishda ko‘maklashish, fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish, maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining bajarilishini monitoring qilib borish kabi vazifalarni bajaradi.
Bunday modelni Gonkongning korrupsiyaga qarshi kurashish Mustaqil komissiyasi va Singapurning korrupsiya faoliyati bo‘yicha tergov Byurosi bilan tenglashtirish mumkin. Singapur Byurosi o‘z ichiga – tergov, maʼlumot va axborot, ko‘maklashish bo‘limlarini oladi. Bo‘limlar ichida eng kattasi Tergov bo‘lib, u Byuro tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun masʼul sanaladi. Singapur tajribasi bir qator mamlakatlarda joriy etildi. Jumladan, 2005 yilning dekabr oyida Polsha politsiya (jinoyatni fosh qilish) hamda axborot-tahliliy funksiyalarni bajaruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish markaziy byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Byuro faoliyati Polsha maxsus organlari ishlari bo‘yicha Seyma komissiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Bu haqda maʼlumot maxfiy xarakterga ega.
Eʼtirof etish kerakki, shunga o‘xshash tajriba Latviya, Litva va Ukraina kabi sobiq ittifoq mamlakatlarida ham qo‘llanilgan. Xususan, Latviyada korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha Byuro mavjud. Bunda qonun chiqaruvchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilikka qatʼiy rioya qilish hamda Byuro faoliyati ustidan parlament nazoratining g‘oyatda samarali mexanizmi nazarda tutilgan. Shuningdek, bunda deputatlik so‘rovlarining umumeʼtirof etilgan amaliyoti, yuqorida qayd etilgan huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlarini maxsus parlament qo‘mitalariga taklif qilish, maxsus “ad hoc” komissiyalarini tuzish va boshqalar qo‘llanilib kelinmoqda.
Biz olib borgan tahlillar korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga institutsional yondashuv bir qator ijobiy jihatlarga ega bo‘lishini ko‘rsatdi. Mazkur muammoga kompleks yondashuvni amalga oshirish, jamiyatda mavjud korrupsiya darajasini pasaytirish borasidagi vazifalarni samarali hal etish imkonini beradi. Shu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlarning muvaffaqiyat qozongan uchta asosiy faoliyatini misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin:
Yuqorida taʼkidlab o‘tilganidek, korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organning korrupsiyaning oldini olish borasidagi vazifalari ham faoliyatning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini oldini olishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organlar faoliyatini yuritishda katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiya, Ruminiya, Hindiston, Koreya Respublikasi, Finlyandiya, Norvegiya, Daniya kabi qator mamlakatlar mavjud. Masalan, bunga Fransiyada Fransiya Adliya vazirligi shafeligida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha idoralararo organ bo‘lgan Markaziy xizmatning tashkil etilishi mantiqiy javob bo‘ladi. Finlyandiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan Adliya ombudsmani shug‘ullanadi, u Finlyandiya Prezidenti tomonidan tayinlanadi va boshqa davlat organlaridan mutlaqo mustaqil hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish organining samarali faoliyatida mahalliy bo‘linmalarning roli muhim ahamiyatga ega. Xususan, Germaniya va Avstriya tajribasi ham korrupsiyaga qarshi kurashishda mahalliy tuzilmalarning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Germaniyaning davlat apparatida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy bo‘g‘ini, bu, federal va yer vazirliklari, idoralaridagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus bo‘linmalar (odatda bo‘limlar)dir. Avstriyada korrupsiyaga qarshi kurashish bilan maxsus prokuratura shug‘ullanadi. Uning shtab-kvartirasi Vena shahrida bo‘lib, Avstriyaning barcha yirik shaharlarida o‘z filiallariga ega.
Umuman olganda, shuni taʼkidlash lozimki, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan organ vakolat, hokimiyat organlari tuzilmasidagi qoidalar, muassasa rahbarini tayinlash va olib tashlash tartibi, ichki tashkiliy tuzilma, vazifalar, yurisdiksiya, huquq va majburiyatlar, byudjet, kadrlar tarkibini shakllantirish qoidalari (xodimlarni tanlash qoidalari, ayrim hollarda ularning immunitetlari to‘g‘risidagi qoidalar va boshqalar), boshqa institutlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish (ayniqsa, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari), hisobdorlik hamda hisobot berish tizimi va hokazolar aniq belgilab berilgan qonunchilik bazasiga ega bo‘lishi zarur.
Yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni hisobga olish O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishga ixtisoslashtirilgan organni tashkil etish tashabbusini amalga oshirish, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy va institutsional bazani yana-da takomillashtirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmini joriy etishga yordam beradi.
Xulosa o‘rnida aytganda, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturining Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yana-da isloh qilishning ikkinchi ustuvor yo‘nalishi, 53-bandida nazarda tutilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha alohida davlat organini tashkil etish, bu boradagi Prezident farmonida mazkur organ faoliyatining huquqiy asoslarini, vazifa va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini belgilashda xalqaro tajribani atroflicha o‘rganish va uning eng maqbul jihatlarini aks ettirish muhim ahamiyatga ega dolzarb masala hisoblanadi.
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. SHu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga etib kelganimizni eslatib turishdan iborat.
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya — davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. CHunki bu holat davlatning obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa, Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatadi.
Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni qo‘llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo‘llash imkonini yaratadi. SHuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi “vilka” sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. YA’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo‘qligi sudyada uni o‘z hohishiga qarab qo‘llashga sharoit yaratib beradi.
Aholi huquqiy savodxonligining pastligi — aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o‘zining shaxsiy manfaati yo‘lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi notinchlik birinchi navbatda aholi ongida hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi.
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi:
aholining davlatni nazorat qilishdagi sust ishtiroki;

davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining xususiy sektorda topish mumkin bo‘lgan daromadlardan kamligi;


iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi;
inflyasiyaning yuqori darajasi;
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining aholidan uzilib qolganligi;
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari.
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari mavjud.
Ichki nazorat —bu usul boshqaruv apparatining o‘zida nazoratni kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa nazorat organlari tuzish orqali) yaratishni taqazo etadi. Bu tuzilmaning asosiy vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan.
Tashqi nazorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. YA’ni, sud hokimiyatining maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga ko‘proq erkinlik berish va h.k.
Saylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda saylangan vakillarni korrupsiya uchun jazolashning asosiy usullaridan biri keyingi saylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga saylovlar orqali ta’sir o‘tkazish eng samarali usul hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi.
Bunda Konstitutsiyaviy nazorat organlari, huquq-tartibot organlarining ahamiyati ortadi. YA’ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan normalarni konstitutsiyaviy nazorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid deb topish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past bo‘lgan davlatlar qatoriga olib chiqqan.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish