4. Belgilab qoʻyilsinki:
a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari oʻrta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga koʻtarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, ragʻbatlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq roʻyxatini belgilash;
davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi yetarli darajada boʻlishini taʼminlash, shuningdek, davlat xizmatini oʻtashda manfaatlar toʻqnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |