О`zbekistonda inson va fuqarolarning


О`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari



Download 98,5 Kb.
bet5/5
Sana07.01.2022
Hajmi98,5 Kb.
#329826
1   2   3   4   5
Bog'liq
O'zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi

О`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy kafolatlari. Fuqaroning jamiyat va davlatdagi holatini belgilovchi huquqlar , erkinliklar va burchlar majmui shunday bir tizimni vujudga keltiradiki, bu tizimga birlik hamda ichki uyg`unlik hosdir. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini, balki ularning burchlarini ham belgilaydi. Bular Konstitutsiyaning 47—52-moddalarida о`z ifodasini topgan.

Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qо`yilgan burchlarini bajaradilar. (Konstitutsiyaning47-moddasi).

О`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta`kidlaganidek "Insonning о`z huquq va burchlarini bilishi insonning Konstitutsiyaviy huquqlarining ta`minlanishini kafolatlaydi. Biz odamlardagi eski tuzum psihologiyasini о`zgartirishimiz va yangi huquqiy ongni shakllantirishimiz lozim, inson anglasinki, erkinlik - bu burch mas`uliyatidir". Konstitutsiyaga binoan О`zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bо`lgan huquqlari va burchlari bilan о`zaro bog`liqdir. Har bir fuqaro qonun oldida tengdir va boshqa fuqarolarning millati, tili, dini va e`tiqodini hurmat qilishi shart. Fuqaro о`z huquq va erkinliklaridan foydalanganida, uning harakatlari boshqa shaxs, davlat va jamiyat manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. Shu bois shaxs qonun doirasidan chiqmagan holda о`z huquq va erkinliklaridan foydalanishi lozim. Agarda shaxs qonundan tashqari hatti-harakat sodir etsa, u holda qonun tomonidan jazolanadi.

Boshqa fuqarolarning huquqlarini hurmat qilish, avvalo, fuqaro о`ziga tegishli burchlarini bajarish orqali kirishadigan huquqiy munosabatlarda: fuqarolik, uy-joy, oila-nikoh va boshqa munosabatlarda namoyon bо`ladi. Fuqarolarning Konstitutsiyaviy burchlarni bajarmasligi О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va jinoiy-huquqiy, fuqaroviy, ma`muriy-huquqiy javobgarlikni keltirib chiqarishi mumkin.

О`zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma`naviy boyliklarini, madaniy yodgorliklarni ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir.

Fuqarolar О`zbekiston xalqining tarihiy, ma`naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar Konstitutsiyasining 49-moddasi.1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Mudofaa tо`g`risidagi"gi qonunning ahamiyati kattadir. Ushbu qonunning 11-moddasida belgilanganidek, "О`zbekiston Respublikasining hududiy yahlitligini, mustaqilligini himoya qilish respublika fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi. Boshqa davlatlarning О`zbekistonda doimiy yashab turgan yoki vaqtincha turgan fuqarolari va fuqaroligi bо`lmagan shaxslar О`zbekiston Respublikasida harbiy hizmatga tayyorgarlik kо`rishga majbur emas.

Fuqarolarning harbiy va muqobil hizmatini о`tashlarida О`zbekiston Respubliksining 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Muqobil hizmat tо`g`risida"gi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat tо`g`risida"gi qonunlari huquqiy asos bо`lib hizmat qiladi.

Adabiyotlar:



  1. О`zbekiston milliy istiqlol, iktisod, siyosat,mafkura. Toshkent.,1996y

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan kolsin. Toshkent.,1996y

  3. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. Toshkent.,1996y

  4. Karimov I.A. Konstitutsiya haqida. Toshkent.,2001y

  5. Rahmonqulov H. Fukarolik: erkinliklar, huquqlar, burchlar.Toshkent.,1993y

  6. О`zbekistonning Yangi Qonunlari.Toshkent., 2000y

  7. О`zbekiston Respublikasining fukarolik Kodeksi .Toshkent.,1996y

  8. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga sharhlar.Toshkent.,2001y

  9. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini о`rganish.Toshkent.,2001y

  10. О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi.Toshkent.,2002y

  11. О`zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi.Toshkent.,2004y

  12. О`zbekistonning yangi qonunlari. Toshkent., 2005y

Download 98,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish