O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari



Download 321,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.01.2022
Hajmi321,99 Kb.
#366746
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huq

1.

 

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida



2.

 

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish oqibatida



3.

 

O’zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomasida  nazarda  tutilgan 

asoslarga binoan; 

4.

 

Ushbu qonunda ko’zda tutilgan boshqa asoslarga binoan. 

O’zbekiston  Respublikasi  fuqaroligini  to’xtatilishi  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

fuqaroligining to’xtatilishi sabab bo’ladi.  

Fuqarolik  masalalariga  oid  arizalar  O’zbekiston  Respublikasi  Prizidenti  nomiga 

ariza  beruvchilarning  doimiy  istiqomat  joyidagi  ichki  ishlar  idoralari  orqali,  chet  elda 

doimiy  yashovchi  shaxslar  tomonidan  esa  O’zbekiston  Respublikasining  tegishli 

diplomatic vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi. 

Chet  davlat  fuqarosi  bo’lgan  shaxs  o’z  fuqaroligini  o’zgartirish  niyatida  mazkur 

davlatning munosabatini ko’rsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart. 

Shaxsning  O’zbekiston  Respublikasi  fuqaroligiga  mansubligi  to’g’risidagi  ariza 

uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs 

tomonidan  esa  O’zbekiston  Respublikasining  tegishli  diplomatik  vakolatxonasi  yoki 

konsullik muassasasiga beriladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  fuqaroligi  masalalariga  oid  arizalar  ariza  beruvchi 

shaxsan  murojaat  etgan  taqdirda  uning  doimiy  istiqomat  joyidagi  ichki  ishlar  idoralari, 

chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli 

diplomatiya vakolatlari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi. 

O’zbekiston  Respublikasida  yashab  turgan,  lekin  O’zbekiston  Respublikasining 

fuqaroligi  to’xtatilgan,  boshqa  davlat  fuqarosi  bo’lmagan  shaxslar  ichki  ishlar  idorasi 

tomonidan  fuqaroligi  bo’lmagan  shaxslarga  mo’ljallangan  istiqomat  guvohnomasi 

beriladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  hududidagi  chet  el  fuqarolarining  va  fuqaroligi 

bo’lmagan  shaxslarning  huquq  va  erkinliklari  xalqaro  huquq  normalariga  muvofiq 

ta’minlanadi.  Ular  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  qonunlari  va  xalqaro 

shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. 

3.    O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  ikkinchi  bo’limida  duyodagi 

boshqa  ko’pchilik  davlatlarning  Konstitutsiyalari  qatori  inson  va  fuqarolarning  asosiy 

huquq va burchlari to’g’risidagi muhim qoidalar mustahkamlaydi. 

Konstitutsiyaviy huquqning o’ziga xos hususiyati shundaki, u fuqarolarning asosiy 

huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi, qonun va qonun osti hujjatlarida esa, ular 

asosida vujudga  keladigan  hosila huquq, erkinlik  va  burchlarni  belgilash  bilan  birga  ular 

mazmunini keng yoritish imkonini beradi. 

Konstitutsiyaviy  huquqda,  erkinlik  va  burchlarning  yuridik  xususiyatlari  unda 

mustahkamlangan har qanday qoida singari, ular oily yuridik kuchga va o’zgartirishning 

maxsus  tartibiga  ega  ekanligini,  shuningdek,  uning  asosida  ishlab  chiqiladigan  boshqa 

sohalar qonunchiligi uchun asosiy yo’nalishlarni belgilashini ta’kidlash joiz. 

Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo’lib, fuqarolarning huquq va 

erkinliklari esa faqat o’sha davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxslargagina tegishlidir. 

Fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  fuqaroligidan  qat’I  nazar,  har  bir  shaxsga 

tegishli bo’lgan inson huquq va erkinliklari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. 

Ushbu  yondashuvga  doir  misol  sifatida  insonning  tabiiy  va  ajralmas  huquqlari 

belgilangan  va  hozirgacha  harakatda  bo’lgan  1789  yilgi  “Inson  va  fuqaro  huquqlari 

fransuz Deklaratsiyasi” dan ko’chirma keltiramiz: “Barcha inson huquqlarda erkin va teng 

bo’lib  tug’iladilar  va  shunday  bo’lib  qoladilar.  Ijtimoiy  tavofutlar  faqat  ko’pchilikning 

umumiy manfaatlarigagina asoslanishi mumkin. 




Har  qanday  davlat  ittifoqining  maqsadi  insinning  ajralmas  va  tabiiy  huquqlarini 

ta’minlashga  qaratiladi.  Erkinlik,  mulkka  egalik  qilish,  xavfsizlik  va  zulm-qiynoqlarga 

solinishiga qarshilik ko’rsatish shular jumlasidandir. 

Boshqalarga  zarar  yetkazmaydigan  darajada  hamma  narsani  qilish  imkoniyati 

erkinlikni  tashkil  etadi.  Shunday  qilib,  har  bir  insonga  tabiiy  huquqlarining  amalga 

oshirish chegarasi faqat jamiyatning boshqa a’zolarini ham huddi shunday  huquqlarining 

ta’minlanishi  doirasi  bilan  chegaralanishi  mumkin.  Bu  cheklashlar  faqat  qonun  bilan 

belgilanadi. 

Huquq  va  erkinliklar  o’rtasidagi  keskin  yuridik  farqni  ko’rsatish  ancha  mushkul 

ish.  Umumiy  huquqning  nazariyasidan  bizga  ma’lumki,  sub’ektiv  huquq  bu  shaxs  yo’l 

qo’yishi  mumkin  bo’lgan  xulqi  chegarasining  o’lchovi.  Fikrimizcha,  bu  ta’rif  erkinlik 

tushunchasiga ham mos keladi. 

Inson  va  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  va  ikkinchi  tomondan,  ularning 

boshqa kishilar, davlat va jamiyat oldidagi burchlari orasidagi o’zaro aloqadorlikni imkor 

qilish  xato  bo’lar  edi.  Zero,  umumiy  huquq  nazariyasidan  bizga  ma’lumki,  burch  bu-

xulqning  zaruriy  me’yori  hisoblanadi.  Inson  muayan  qoidalarga  rioya  qilishi  kerakki,  u 

o’zining  huquq  va  erkinliklaridan  foydalanganida,  boshqa  kishilarga  asossiz  ravishda 

ziyon yetkazmasligi va jamiyatning normal hayot kechirishiga to’sqinlik qilmasligi lozim. 

Konstitutsiyalar  hayotiylugini  ta’minlashning  zaruriy  sharti-o’z  mazmuni  va 

mohiyatini inson va fuqarolar huquq-erkinliklari bilan boyitilishida ifodalanadi. 

Yuridik  adabiyotlarda  inson  huquqlarining  ajralmas  ekanligi  ta’kidlanib,  uning 

mavjudligi  tegishli  burchlarni  bajarmaslikka  yoki  bajarishga  bog’liq  emas,  degan 

qarashlar  mavjud.  Fuqarolarning  huquqlari  esa  davlat  oldida  qator  burch  va 

majburiyatlarni  bajarish  bilan  bog’liq,  deb  ko’rsatiladi.  Ammo  shuni  ta’kidlash  lozimki, 

shaxsning  armiyada  xizmat  qilganligini  ro’kach  qilib,  uni  saylov  huquqidan  mahrum 

qilish mumkin emas.  

Bundan  shunday  hulosaga  kelish  mumkin:  har  qanday  huquq  va  erkinliklarni 

amalgam  oshirishni  muayyan  burchni  bajarish  bilan  bog’lab  qo’yish  to’g’ri  emas.  Shu 

bilan  bir  vaqtda,  inson  va  fuqarolarning  o’z  burchlarini  bajarishi  davlat  va  jamiyatning 

normal  hayot  kechirishi  umumiy  omil  hisoblanadi  va  nihoyat,  shuni  qayd  qilish  kerakki, 

Konstitutsiyaviy  burchlar  ikki  qirraliligi,  ya’ni  insonlarni  muayyan  burchlari  va 

fuqarolarning burchlari bilan ajralib turadi. 

Huquq  va  erkinliklarning  konstitutsiyaviy  ifodalanishining  ikki  usuli-pozitiv  va 

negative usullari mavjud: 

a) pozitiv usulda, konstitutsiya sub’ektning muayyan huquqqa egaligini belgilaydi 

yoki ta’kidlaydi; 

b)  negativ  usul  shunday  ifodalanadiki,  unga  ko’ra  har  qanday  sub’ektga  o’zga 

sub’ektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklash ta’qiqlanadi. 

 Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar doirasining doimiy ravishda kengayib 

borishi, ularni ma’lum guruhlarga ajratishni talab qiladi. 

Tasniflash  (klassifikatsiyalash)  turli  hil  maqsadlarda  va  asoslarda  o’tkazilishi 

mumkin.  Biroq  shuni  yodda  tutish  kerakki,  guruhlashtirish  shartli  ravishda  kechadi, 

chunki  ko’p  hollarda  biror  huquq  yoki  erkinlik  yohud  burch  bir  paytda  ikki  yoki  undan 

ko’p  tasnifiy  guruhlarga  tegishli  bo’lishi  mumkin.  Ular  qiyida  taklif  etilayotgan 

tasniflashtirishda  o’zlarining  asosiy  mazmunlari  jihatidan  yaqin  bo’lgan  guruhlarga 

kiritiladi.  Masalan,  vijdon  erkinligi  shaxsiy  erkinliklar  turkumiga  kiradi,  ayrim 

mamlakatlarda esa u aniq ifodalangan siyosiy harakter tusini oladi. 

Tasniflashtirishning  yana  bir  ko’rinishi  huquq,  erkinlik  va  burch  sub’ektlarining 

harakteri  bilan  bog’liq  asosda  amalgam  oshirishdir.  Bunda  huquq,  erkinlik  va 

burchlarning individual va jamoa turlariga ajratish mumkin. 




To’g’ri,  individual  huquq  ko’p  hollarda  jamoa  shaklida  ham  amalgam  oshirilishi 

mumkin.  Ammo  u  jamoa  huquqidan  farqli  ravishda,  odatda,  individual  tarzda  amalgam 

oshirilishi  va  himoya  qilinishi  mumkin.  Jamoa  huquqini  esa  uning  mohiyatiga  ko’ra 

individual tarzda amalgam oshirilish mumkin emas.  

Masalan, ish tashlash huquqi-jamoa huquqidir. Individual tarkibda ish tashlash-ish 

tashlash hisoblanmasdan, balki u ishga kelmaslik deb baholanishi mumkin.  

Ko’pincha hollarda huquq, erkinlik va burchlar o’z harakteriga ko’ra individualdir. 

Biroq bu holat konstitutsiyada doimo aniq va ravshan qilib belgilanmaydi.  

Bundan  tashqari  huquq,  erkinlik  va  burchlarni,  asosiy  va  qo’shimcha  turlarga 

ajratish  mumkin.  Masalan,  davlatni  boshqarishda  ishtirok  etish  asosiy  huquq  hisoblansa, 

saylov huquqi undagi hosila huquq bo’lib, uning mazmunini ifodalash shakli hisoblanadi. 

Fikrimizcha,  huquq,  erkinlik  va  burchlarni  mazmuni  va  mohiyati  bo’yicha 

tasniflash alohida ahamiyat kasb etadi. 

Tasniflash  shart-sharoitlariga  doir  yuqoridagi  fikr  va  mulohazalarni  hisobga  olib, 

inson  huquqi,  erkinliklari  va  burchlarini  asosiy  guruhlarga  ajratish  quyidagucha  qabul 

qilingan. 

Birinchi  guruh:  inson  shaxsiy  huquqlari,  erkinliklari  va  burchlari,  ya’ni  yashash 

huquqi, shaxsiy daxlsizlik va turar joy daxlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar. 

Ikkinchi  guruh:  davlat  va  jamiyatni  boshqarishda  ishtirok  etish,  ovoz  berish, 

yig’ilish huquqi, vatanni himoya qilish bilan bog’liq qator siyosiy huquq, erkinlik va shu 

kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadu. 

Aynan  xuddi  shunday  turkumlash  asosida  o’zbek  qonunchiligi  tomonidan 

O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  huquq,  erkinlik  va  burchlarning  tizimi 

mustahkamlab qo’yilgan: 

 

eng avvalo, umumiy qoidalar ifodalangan bo’lib, inson va fuqarolarning o’z 



huquq, erkinlik va burchlarida o’zaro tengligi

 



fuqarolar o’zlarining huquq va erkinliklarini amalgam oshirishlari jamiyat va 

davlat  hamda  boshqa  shaxslarning  huquqiy  va  erkinliklariga,  ularning  qonuniy 

manfaatlariga putur etkazmasliklari

 



huquq, erkinlik va burchlarning daxlsizligi qoidalari belgilanadi. 

Inson  va  fuqarolarning  asosiy  huquq,  erkinlik  va  burchlarining  keyingi  joylashuvi 

tegishli huquq, erkinlik va burchlarning mazmuniga asosan mustahkamlab qo’yiladi: 


Download 321,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish