3.O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI BO’YICHA TASHKILOTLAR FAOLIYATI.
BMT ning inson huquqlariga bag’ishlangan 2- umumjahon anjumanining tavsiyalariga ko’ra jahondagi barcha davlatarga inson huquqlari bo’yicha demokratik institutlar tizimini yaratish tavsiya etildi.
1995-yil 6-mayda Oliy Majlis qaroriga binoan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasi tuzildi.
Vakil va Komissiya faoliyati mamlakat parlamentining 1995-yil 29-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadigan bo’ldi.