O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING YARATILISHI
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi2 . “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uch1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashning o’rni O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy mezonlaridan biridir. Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga teng kelolmaydi2 . “O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar un eng ustuvor qadriyat sifatida tanladi”3 . Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir1 . O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. Inson huquqlari yuksak darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar va ijtimoiy- siyosiy faoliyatning bosh mezoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani diqqatga sazovordir2 . Istiqlol yillari davomida respublikada amalga oshirilayotgan barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib turmush tarzini yaratishga qaratilgan. Inson huquqlarini qonun bilan himoya qilish va amalga oshirish – jamiyat demokratligining muhim va birlamchi ko’rsatkichidir. Insonning e’lon qilingan huquqlari uning yuqori darajasi va ularga og’ishmay rioya etish huquqiy davlatning ajralmas belgisi bo’lmog’i kerak.
O’zbekiston davlatining o’z oldiga qoygan muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolarining huquq va erkinliklarini kafolatlash, ta’minlash va qo’riqlashdir. Bu vazifaning huquqiy ifodasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining X bobida aks ettirilgan. Huquqiy demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan O’zbekiston Respublikasi yashovchi har bir inson, fuqaro o’z huquq va erkinliklari qonunlar bilan kafolatlanganligini bilish shart1 . “Demokratiyaning eng muhim prinspi – odamlarning saylov huquqi, o’z xohish-irodasini erkin ifodalash, o’z manfaatlarini royobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, huquqiy zamin yaratib berilishi lozim”2 ,- deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. O’zbekiston Respublikasida insonlar asrlar osha orzu qilib kelgan demokratik huquq va erkinliklar kafolatlanmoqda. O’zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu mustaqil, huquqiy, demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan millati, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’it nazar fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir3 . Hozirgi kunda inson huquqlari nazariyasi yangi mazmun kasb etib, yanada dolzarb mavqeyga ko’tarilib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi “Mustaqillik deklaratsiyasi” (1990-yil 20-iyun) va ‘Davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida”gi (1991-yil 31-avgust) qonundayoq inson huquqlarining zamonaviy falsafasiga asoslanadi: ya’ni “Inson huquqlari” davlat hokimyatining mezoni ekanligi anglab yetildi va unga sodiqlikni bayon etdi. Ana shunday adolatli g’oyalarni o’ziga singdirgan Konstitutsiya ham yaratildi (1992-yil 8-dekabr). O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson va fuqaroning huquqi
holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o’zaro siyosiy-huquqiy aloqadorligi hamda mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan1 . O’zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish va unga rioya etishning amaldagi mexanizmini vujudga keltirishda quyidagilar ustuvor etib belgilangan: 1. Respublikada inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishning huquqiy bazasini shakllantirish va takomillashtirish; 2. Inson huquqlarini ta’minlash sohasida sud hokimiyati va ijro hokimiyati idoralari faoliyatining samaradorligini oshirish va inson huquqlari boyicha qo’shimcha milliy tuzilmalar yaratish; 3. Inson huquqlariga amal qilish va uni hurmat qilishning zarurligini tushunishga erishish sohasida fuqarolarni aniq maqsadga qaratilgan va bosqichmabosqich huquqiy tarbiyalash hamda mansabdor shaxslarni huquqiy savodxonligini kuchaytirish yo’li bilan jamoatchilik ongini oshirishga ko’maklashish; 4. Inson huquqlari masalalari boyicha monitoring sohasida nodavlat tashkilotlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida fuqarolarning jamoatchilik tuzilmalari bilan yanada yaqinroq hamkorlikni o’rnatish; 5. Inson huquqlarini himoya qilish va unga amal qilishni huquqiy va tashkiliy ta’minlash sohasida xalqaro tajribani o’rganish va qo’llash hamda O’zbekistonning tarixiy an’ana va madaniy udumlarini hisobga olish2 . Dastavval bu ishlarning huquqiy tizimi yaratildi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari mustahkamlandi. O’zbekistonning 1992-yilgi Asosiy qonunida jamiyatimizda, iqtisodiyot, siyosat va mafkurada yuz bergan tub o’zgarishlarni aks ettiradi. Saidov A va Tadjixanov U O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mustahkamlangan inson huquqlariga oid qoidalarni quyidagicha tizimga solishni taklif etadilar: Birinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish – davlat majburiyatidir; Ikkinchidan, inson huquqlari va erkinliklari royxati xalqaro huquqiy standartlarga mos kelishi va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi; Uchinchidan, inson huquq va erkinliklari unga tug’ilganidan boshlab taaluqlidir, ya’ni tabiiy huquq g’oyasi, nazariyasining e’tirof etilishi; To’rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarining hammaga va har bir kishiga teng va barobar taalluqliligi; Beshinchidan, inson huquqlari va erkinliklari davlat idoralari faoliyatining mazmunini tashkil etadi; Oltinchidan, fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi; Yettinchidan, inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi zarurligi1 . Bundan ko’rinib turibdiki respublikada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ham nazariy ham amaliy jihatdan amalga oshirilmoqda. Sobiq Ittifoq tarqab kеtgandan kеyin hozirgi MDH davlatlarida, shu jumladan, O`zbеkistonda ham inson huquqlari va ularni himoya qilishga katta e'tibor bеrilmoqda. Xalqaro huquq normalari talabiga muvofiq, O`zbеkistonda nafaqat inson huquqlari va erkinliklarini konstitutsiyaviy huquqiy himoyalash asoslari va kafolatlari shakllandi, shu bilar birga uni rag`batlantirish, himoya qilish yuzasidan tashkiliy mеxanizm hamda tеgishli milliy infrastruktura ham vujudga kеltiriddi. Ma'lumki, 1995-2005 yillarni kurramizda inson huquqlari o`n yilligi dеb e'lon qilib BMT insoniyat tarixida vaqtning yangi hisobini boshladi. O`zbеkiston Rеspublikasi inson huquqlari xususida jamoatchilikni xabardor qilish Umumjahon kompaniyasini o`tkazishga qaratilgan umumjahon dеmokratik tashabbuslarning faol qatnashchisi bo`lib, jahonda inson huquqlari o`n yilligini ta'sis qilishga qaratilgan faoliyat rеjasiga o`z hissasini qo`shmoqda.
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari boyicha tashkilotlar faoliyati
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2-chaqiriq Oliy Majlis VIII sessiyasidagi nutqida davlatning barqarorligida tartib, qonunchilik va uyg’unlikni ta’minlash katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlagan edi2 . Bu borada esa davlat organlari va huquqni muhofaza qilush organlari bilan birga inson huquqlarini himoya qiluvchi demokratik institutlarning ham o’ziga xos o’rni bor. Ma’lumki, BMT ning inson huquqlariga bag’ishlangan ikkinchi umumjahon anjumanining tavsiyalariga ko’ra, jahondagi barcha davlatlarga inson huquqlari boyicha demokratik institutlar tizimini yaratish tavsiya etildi. Kеyingi yillarda jahondagi ko`plab ilg`or mamlakatlar kabi mamlakatimizda ham inson huquqlari masalalari bilan shug`ullanuvchi milliy institutlar tashkil topdi. Turli mamlakatlarda inson huquqlari boyicha milliy institutlarning nomlanishi, huquqiy tizimlarda faoliyat yuritishi xilma-xilligini hisobga olib, mazkur institutlarning quyidagi asosiy modellarini ajratib ko’rsatish mumkin: •inson huquqlari boyicha komissiya (Gretsiya, Hindiston, Indoneziya, Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Meksika, Mongoliya Tailand, Kamerun, Nigeriya, Uganda, JAR va boshqalar); •inson huquqlari boyicha maslahat komissiyasi (kengoshi) (Fransiya, Marokash, Rossiya, Lyuksemburg va boshqalar); • kamsitishlarga qarshi kurash komissiyasi (Avstraliya, Yangi Zelandiya, Kanada); •inson huquqlari boyicha institut (markaz) (Germaniya, Daniya, Norvegiya, Iordaniya, O’zbekiston); • ombudsman, inson huquqlari boyicha vakil, xalq himoyachisi, mediator, parlament kamissari, parlament advakati singari nomlar (Avstriya, Argentina, Ozarbayjon, Belgiya, Gruziya, Ispaniya, Polsha, Moldova, Peru, Sloveniya, Ukraina, O’zbekiston, Shvetsiya va boshqalar) bilan ham yuritiladi1 . Inson huquqlari bo`yicha Oliy Majlis Vakili (Ombudsman), Inson huquqlari Milliy Markazi va O`zbеkiston Rеspublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari Monitoringi instituti shular jumlasidandir. Ularni barchasining vazifasi inson huquq va erkinliklarini himoyalashga qaratilgan. Bu institutlarning tashkil topishida Prеzidеnt I.A.Karimovning xizmatlari kattadir. O’zbekiston Respublikasi Ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan institutlar inson huquqlari boyicha xalqaro andozalar va ilg’or horijiy tajriba asosida tashkil etilgan bo’lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.shunday ekan ularning huquqiy maqomi va faoliyatiga to’xtalish maqsadga muvofiq bo’lsa kerak. Inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar faoliyatining eng muhim tomonlaridan yana biri, institut eshiklarining murojaat qilayotgan har bir shaxs uchun doimo ochiq bo`lishidir. Bunday institutlar xalqqa davlat idoralaridan ham yaqinroq bo`lishi, odamlarning imkoniyatlari, arizalarini sinchiklab o`rganishi va eng muhimi ularga yordam bеrishi lozim. Avvalo, O`zbеkiston Rеspublikasidagi barcha inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institularning maqsadlari - bu qonunchilikni asosan inson huquqlari bo`yicha rivojlantirish va takomillashtirish, uni umuminsoniy hamda xalqaro mе'yorlarga yaqinlashtirishdan iboratdir. I.A.Karimovning birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralda bo’lgan birinchi majlisida qilgan ma'ruzasida, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi (hozirgi kunda amaliy faoliyat olib borayotgan) institut tashkil etishning zarurligi va ahamiyatini xalq deputatlari e'tiboriga havola qilgan edi: “Parlamentimiz Oliy Majlisning inson huquqlari va erkinligini himoya qilish, uni amalga oshirish, unga kafolat berish borasidagi ta'siri hususida so’z yuritar ekanmiz, qator demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, Oliy Majlis tarkibida inson huquqlari masalasi bilan shug’ullanuvchi vakillik tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi, deb oylayman. Bu oliy qonunchilik organimiz maqomiga mos keladi, muhimi, u jamiyatimizda inson huquqlari muammosini hal etishni sifatini yangi jihatdan darajaga ko’tarishga xizmat qiladi”1 . Parlament huzuridagi Inson huquqlari boyicha vakil instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Oliy Majlisning birinchi sessiyasida tashkil etildi. Uning inson huquqlari borasidagi vazifalarni namunali amalga oshirishiga ko’maklashish uchun, 1995-yil 6-mayda, Oliy Majlis qaroriga binoan Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasi tashkil etildi. Vakil va Komissiya faoliyati mamlakat parlamentining 1995- yil 29- avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy Majlisning Inson huquqlari boyicha vakili to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadigan bo’ldi.
nson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishning ta’minlanishi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning muhim sharti hisoblanadi. Shunga asosan, O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning zamirida, inson huquq va erkinliklariga bo’lgan e’tibor, insonlarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etish kabi g’oyalarni bosh maqsad qilib qo’ydi.
Qisqa vaqt ichida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan huquqiy soha tashkil etildi, demokratiya va fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari shakllantirildi, huquqni qo’llash amaliyoti takomillashtirildi.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari hamda kafolatlari bilan bir qatorda uning tashkiliy mexanizmlari ham yaratilgan. Konstitutsiyamizda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy huquqlari, jamiyat rivojlanishining strategik yo’nalishlari, boshqaruvning adolatli va demokratik prinsiplari, shuningdek ma’naviy qadriyatlarimiz asoslari o’z ifodasini topgan.
Ta’kidlash lozimki, asosiy qonunimizning 13-moddasiga asosan “O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”. Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar markazida birinchi o’rinda – inson, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari nazarda tutilganligini ko’rish mumkin.
Shuningdek, mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) tomonidan amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi “Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasiga muvofiq, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo’lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan”.
Ijtimoiy-siyosiy kafolatlar davlatda amal qilib turgan siyosiy tizim bilan bog’liq. Ushbu tizim inson huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish uchun xizmat qiladi. Zero, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash ko’pincha davlatning olib borayotgan ijtimoiy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Konstitutsiyamizning 45-moddasiga ko’ra, “Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg’iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir” deb belgilab qo’yilgan. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylanishi lozim.
Bundan tashqari, mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar inson huquqlarining umume’tirof etilgan g’oyalari va qadriyatlariga, shuningdek, xalqaro majburiyatlarga sodiqlik, amalga oshirilayotgan barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich xarakterda ekanligi; demokratiya va ijtimoiy adolat g’oyalariga sadoqatimizni namoyon etish orqali, xalq hokimiyatchiligini mustahkamlash; xalq vakilligi institutlarini rivojlantirish; demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllanishiga asoslanganlik; insonparvar demokratik huquqiy davlatni barpo etish yo’lida hamma narsa inson uchun, inson baxt-saodati uchun yaratilganligi kabi va boshqa bir qator demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilmoqda.
Ko’rsatib o’tish joizki, konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlar mazmunan quyidagilarni o’z ichiga oladi:
– fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzish mumkin bo’lgan harakatlarni taqiqlash hamda chegaralashning yuridik meyorlarini mustahkamlash;
– fuqarolarning o’z huquq va erkinliklarini hech qanday to’siqsiz amalga oshirishlarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning mas’ulligi;
– tajovuz etishdan himoyalanishni ta’minlovchi maxsus meyorlar (shikoyat, sudga murojaat qilish huquqlari) mavjudligi;
– huquqlarni buzganlik uchun yuridik javobgarlikning belgilanganligi;
– davlat va fuqarolarning huquqlarini amalga oshirishni mustahkamlashda jamoat tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarning faoliyati.
Konstitutsiyaviy kafolatlarga bevosita mamlakat Konstitutsiyasining o’zida mustahkamlangan kafolatlar kiradi. Inson va fuqarolarning huquqlari kafolatlari ichida fuqarolarning teng huquqliligi tamoyili alohida o’rin tutadi. Konstitutsiyamizning 18-moddasiga muvofiq, “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan yana biri fuqarolarning murojaat qilish huquqi siyosiy huquqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega” ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Ushbu moddada belgilangan norma fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri hisoblanib, ularning davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga murojaat qilish huquqlarini belgilaydi.
Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, inson huquqlari rivojlanishi uzluksiz davom etuvchi va takomillashib boruvchi jarayon hisoblanadi. Shunga ko’ra, inson huquqlariga oid norma va qoidalarni har bir shaxs qalbi va ongiga singdirishi, o’z fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lishi va o’z navbatida, milliy o’zlikni anglashga hamda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati shakllantirilishiga o’z hissasini qo’shmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |