Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
chiqariladigan mahsulotlarning halqaro miqyosda ko’pchilik bilmasligi;
O’zbekistonning jahon miqyosidagi investitsion reytingining xozircha ancha pastligi;
Hamdo’stlik mamlakatlaridagi va boshqa davlatlardagi aloqalar uzilib qolganligi yoki uncha yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
O’zbekistonlik eksporterlarning bilimi va jahon bozorida faoliyat ko’rsatish tajribasi kamligi;
O’zbekistonni ilg’or va rivojlangan chet davlarlar darajasida rivojlantirish paradigmasining yo’qligi.
Xozirgi davrda O’zbekiston iqtisodiyotiga bo’layotgan horijiy investitsiyalar hajmining biroz ko’payishi kuzatilgani bilan, bu holatni normal va mamlakat uchun yetarli deb bo’lmaydi. Chunki O’zbekiston iqtisodiyoti bundan bir necha karra ko’proq investitsiyalar hajmiga muxtoj va loyiq. Quyidagi ma’lumotlar jahon texnologik fazosida O’zbekistonning o’rni haqida tanqidiy fikrlash imkonini beradi:
O’zbekiston har bir ish bilan band odamga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulot bo’yicha barcha rivojlangan mamlakatlardan ancha pastda turadi;
O’zbekiston milliy mustaqillikka erishilganiga 21 yil bo’lganiga qaramay, ilmiy natijalardan foydalanish orqali ishlab chiqilgan mahsulotlar eksporti hajmi bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlar darajasida turib, rivojlangan mamlakatlardan pastda turadi;
Raqobatbardoshlik indeksi bo’yicha mamlakatimiz ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan orqada bo’lib, rivojlangan mamlakatlardan juda xam orqtda qolgan;
39 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Mamlakatimizdagi ko’pchilik yuqori va o’rta bo’gin ilmiy-texnik mutahassislari, o’rta va oily ta’lim pedagoglari hamda iqtisodchilar innovatsion iqtisodiyotni o’rganishni istamaydilar hamda mamlakatni rivojlantirish uchun juda xam zarur bo’lgan axborot texnologiyalari va chet tillarni bilmaydilar (afsuski, ularning ko’pchiligi bularni o ’rganishni va bilishni istamaydilar xam);
O’zbekiston jahon eksporti tuzilmasidagi information uskunalar eksporti ulushi bo’yicha barcha rivojlangan mamlakatlardan orqada turadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 1990 yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda son jihatdan Evropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlari bilan qiyoslab bo’ladigan darajadagi juda katta ilmiy-texnik potentsial mavjud edi. Ammo uning sifati bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra juda past bo’lib, iqtisodiyot uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy va nazariy muammolarini hal qila olmas edi. Buning asosiy sababi ilmiy ishlar ko’pincha tanish-bilishchilik asosida hamda kar’era qilish maqsadida amalgam oshirilar edi. Ilm va fanning turli xil sohalarini qamrab olgan ilmiy-texnik muammolar bilan ko’plab ilmiy tashkilotlar shug’ullanib, ularda ko’plab yuqori malakali mutahassislar asosan nazariy masalalrni bilan shug’ullanuib, uning amaliyotga tadbiqi bilan astoydil qiziqmas edilar. Ammo ba’zi bir yo’nalsihlarda (shu jumladan, amaliy elektronika va fizika, kibernetika, mikroelektronika, boshqaruv, organik va noorganik kimyo, geologiya, biologiya va boshqa sohalarda) sanoqli ilmiy-texnik xodimlarning malakalari va bilim darajalari rivojlangan mamlakatlar darajasida bo’lgan edi. Ammo bu qimmatli insoniy potentsial ilmiy ishlanmalarni
40
Do'stlaringiz bilan baham: |