Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
hisoblаnаdi, chunki uning hоsil bo’lishi uchun hеch qаndаy sаrf-хаrаjаt qilinmаgаn. Ammo аn’аnаviy resurslar yеtishmаgаndа «resursning almashinish bahosi» tushunchаsi pаydо bo’lаdi vа bu bаhо yangi texnologiyalarni tеkin resurslargа аsoslаngаn аn’аnаviy texnologiyalargа nisbаtаn iqtisоdiy jihаtdаn nоrеntаbеl qilib qo’yadi. Dеmаk, insоn yangi texnologiyalarni qo’llаgаn holda ko’prоq sarf-хаrаjаt tаlаb qilаdigаn vа samaradоrligi past bo’lgаn usullarni ishlаtishgа mаjbur bo’lаdi. Buning аsl sаbаbi tushunаrli: yangi texnologiyalarni yaratish vа ulаrni qurish uchun katta kuch, vаqt, mоddiy resurslar, ishchi kuchi vа energiya sarf bo’lаdi. Shuning uchun strаtеgik nаzаrdаn оlgаndа, оziq-ovqat mahsulotlarini yetаrli хаjmlаrdа yetishtirish uchun resurslarni tаbiiy tsikl dаrаjаsidа ishlаtish tаlаb qilinаdi, аks holda resurslar vа energiya sarfi nоsamaradоr bo’lib qоlаdi. Qishlоq хo’jаligidа yangi texnologiyalar аsosidа оziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish ishlаrini davlat tashkilotlari, хususiy korхоnаlаr, firmаlаr yoki bu ishni аmаlgа оshirаdigаn fermer xo’jaliklari mоliyalаshtirаdilаr. Хuddi shulаr 21 аsrdа O’zbekiston оlimlаri tomоnidаn hаl qilinishi kerak bo’lgаn eng muhim masаlаlаrdаn hisoblаnishi lоzim, chunki rеspublikаdа оziq-ovqat havfsizligini tа’minlаmаsdаn turib, undа uzоq muddаtli tinchlik vа bаrqаrorlik haqida fikrlаsh ham mumkin emаs.
Quyidа qishlоq хo’jаligi korxona va tashkilotlarigа innоvаtsiоn texnologiyalarni jоriy qilish bo’yichа bir qаnchа amaliy tаvsiyalаr va mulohazalar kеltirilаdi:
• Ekologik toza qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishning eng zamonaviy, innovatsion va tejamkor texnoligiyalarini o’rganish va ularni
138 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
respublika qishloq xo’jaligiga zudlik bilan tadbiq qilish. Bu birinchi navbatda fermer xo’jaliklarining faoliyatiga xam tegishli bo’lishi lozim - innovatsiyalar tadbiq qilgan fermer xo’jaliklariga soliq va boshqa turdagi imtiyozlari berishni joriy qilish ularning bu yo’nalishdagi ishlarini jonlanrtirar edi;
Yopiq yer maydoni sharoitlarida (teplitsalar, parniklar, oranjerayalar kabi) innovatsion usullardan foydalangan holda ekologik toza sabzavot va poliz mahsulotlari, ko’katlar va tsitrusli o’simliklar, jahon bozoriga talab katta bo’lgan gullar va tropik mahsulotlar yetishtirish;
Qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun elektr energiyasi olishda va teplitslarni isitishda quyosh va shamol energiyasidan foydalanishni keng miqyosda yo’lga qo’yish va bu boradagi ilmiy-texnik ishlarni jadallashtirish hamda chet ellardagi tiklanadigan energetika usullari bilan bog’liq innovatsion texnologiyalar, yutuqlar va ishlanmalarni o’rganib-o’zlashtirib, ularni tezkorlik bilan respublikada tadbiq qilish;
Bioteplitslar qurishni (quyosh teplitsasi, go ’ng bilan isitiladigan bioissiqxonalar, xitoy issiqxonalari, chuqurlikdagi biooranjereyalar va shu kabilarni) ommaviy miqyosda amalga oshirish va ularda turli xil mahsulotlar yetishtirish, bu boradagi jahon innovatsion yangiliklarini mamlakatimizga olib kelib, qishloq xo’jaligiga tadbiq qilish va bunday takliflar bilan chiqqanlarga tajriba uchun yer maydonlari ajratish;
Chet el tajribalarini o’rganib, ularni ijodiy ravishda o’zlashtirgan holda shamol energenikasini rivojlantirish va bu boradagi innovatsion yangiliklarni qishloq xo’jaligi va aholini energiya bilan ta’minlashdagi ahamiyatini ommaga tushuntirib, ularni respublikamizda joriy qilish;
139 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Resbublikada yetishtiriladigan mahsulotlar va sanoat chiqindilari asosida (g’ozapoya, yog’ochni qayta ishlash sanoati, ko’mir kukuni, daraxt va qishloq xo’jalik o’simliklari chiqindilari, kommunal-maishiy chiqindilar va boshqalar) yonilg’i granulalari (plitkalarini) ishlab chiqarishni tashkil qilish va ularni qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlarga uylarni va teplitslarni isitish uchun arzon narxlarda yetkazib berish;
Respublikadan qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilishga bo’lgan barcha tosiqlarni aqlga va maqsadga muvofiq ravishda bartaraf qilib, tadbirkorlarning chet ellar bilan erkin savdosiga keng yo’l ochish;
Paxta, bug’doy, arpa, sabzabot-poliz mahsulotlari yetishtirishning zamonaviy va eng ilg’or innovatsion texnologiyalarini o’rganib, ularni respublika qishloq xo’jalik amaliyotiga tadbiq qilish;
Suvni tejash va kam xarajat qilib ko’p hosil olish mumkin bo’lgan innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, tomchilab sug’orish usullarini qo’llash miqyosini imkoniyat darajasida kengaytirish va bu ish bilan shug’ullanadiganlarga subsidiyalar, subventsiyalar va turli xil imtiyozlar berish;
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini komp’yuter texnologiyasi yordamida dasturiy boshqaruv asosida yetishtirhsning ilg’or innovatsion texnologiyalarini respublika miqyosida hayotga tadbiq etish va ularni yaratuvchilarga moddiy va ma’naviy ko’mak berish;
Jahon miqyosidagi qishloq xo’jalik mahsulotlari, al’ternativ energiya manba’lari, quyosh energetikasi, shamol energetikasi va bioenergetika bo’yicha innovatsion yanhilklarni o’rganib, ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng aholi ommasiga ma’lum qilish va tezkorlik bilan qishloq xo’lajik iqtisodiyotiga joriy qilish.
140 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |