Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
mеgаvаtt bo’lgаn birinchi tаjribа quyosh elektrostantsiyasi Тоshkеnt vilоyatidа qurilib, kеyinchаlik bоshqа vilоyatlаrdа hаm quvvati 100 mvt dаn bo’lgаn quyosh elektrоstantsiyalari qurilishi rеjаlаshtirilgаn. O’zbekistondа fоtоelektrik stаntsiyalаrni qurishgа Nоrvеgiyaning REC kompaniyasi, Хindistоnning BHEL kompaniyasi vа Rоssiyaning Lukoyl kompaniyasi qiziqish bildirmоqdа.
Innovatsion iqtisodiyotni tadbiq etishda energiya tejamkorligi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bizda an’anaviy ravishda ishlatiladigan energiya turlariga elektroenergiya, issiqlik energiyasi, quyosh va shamol energiyasini kiritishimiz mumkin. Agarda ularni tejash imkoniyatlari o’rganib chiqilsa, respublika bo’yicha 40% gacha miqdordagi turli xildagi energiyani tejash imkoniyati kelib chiqadi. Shuning uchun bular bilan bog’liq ravishda innovatsion iqtisodiyotni joriy qilishda eng muhim masalalardan biri bo’lgan energiya tejamkorligi bo’yicha quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin:
Zamonaviy korxonalarda tashkiliy-texnik va o’z-o’zini tezda qoplaydigan innovatsion tadbirlarni amalga oshirish natijasida iste’mol qilinayotgan energiya zahiralaridan salkam 30% gachasini tegash mumkin;
Barcha korxona va xududlarda oddiy elektr lampochkalari o’rniga lyumenestsent lampochkalarni ishlatish elektroenergiyani 40-50% gacha, yorug’lik diodili lampochkalarni ishlatish esa 55-60% gacha elektr energiyani tejash imkonini beradi;
Xonadon va tashkilotlarga gazli suv isitgichlar o’rniga boshqariladigan elektr suv isitgichlar o’rnatish gazni va boshqa turli sarf-xarajatlarni 40-45% gacha tejash imkonini beradi;
116 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Magistral bug’ o’tkazgichlardagi issiqlik izolyatsiya qoplamini zamonaviylariga almashtirish nafaqat energiya tejamkorligini ta’minlaydi, balki tez muddatda o’z-o’zini qoplaydi;
Ommaviy ravishda quyosh batareyalari, mini suv elektr generatorlari va shamol agregatlari ishlab chiqish hamda ulardan iqtisodiyot tarmoqlarida (ayniqsa chekka va tog’li qishloqlarda) foydalanish an’anaviy energiya zahiralaridan foydalamish salmog’ini salkam 50% ga kamaytirishi mumkin;
Zamonaviy energiya tejamkorligi quyidagi uchta tamoilga asoslanadi. Bulardan birinchisi – energiyani faqatgina tejash emas, balki uni ratsional ravishda ishlatish va yangi noan’anaviy tiklanuvchan energiya manba’larini topib, ularni hayotga tadbiq qilish. Ikkinchisi – elektr va issiqlik energiyasini o’lchaydigan va boshqaradigan zamonaviy uskunalardan foydalanish. Uchinchisi – ishlab chiqarishda energiya sarfini kamaytirishga imkon beradigan yangi innovatsion texnologiyalarni ishlatish.
Energiya tejamkorligini amalga oshirishda energiyadan samarali foydalanish va yonilg’i-energetik zahiralarni ratsional ravishda ishlatish bo’yicha quyidagi innovatsion tadbirlarni ko’rsatishimiz mumkin:
Ilmiy-texnik tadbirlar – ishlab chiqarishda yuqori samarali energiya tejamkorligiga olib keladigan yangi innovatsion usullar va qurilmalarni ishlatish;
Ommaga yo’naltirilgan va texnik-tashkiliy ko’rinishdagi tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish;
Innovatsion normativ-texnik tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
117 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Axborot-informatsion ko’rinishdagi tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, energiya tejamkorligi bo’yicha information-texnik seminarlar, ko’rgazmalar, konferentsiyalar, anjumanlar va simpoziumlar o’tkazish yo’li bilan aholi ongiga energiyani samarador ishlatish bo’yicha innovatsion g’oyalarni singdirish;
Energiyani tejash tadbirlari bilan bog’liq huquq-tartibot normalarini ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq qilish;
Energiya tejamkorligini ta’minlashda korxona va tashkilotlarda energiyadan foydalanish jarayonini davriy ravishda tekshirish va uning auditini amalga oshirish.
Ushbu bo’limning so’ngida xozirgi paytda ko’pchilik tomonidan ishlatilayotgan “yashil iqtisodiyot” tushunchasiga ham qisqacha izoh berib ketamiz. Birlashgan Millatlar tashkilotining tashqi muhitni himoyalash dasturi (UNEP) aniqlovicha, “yashil iqtisodiyot” tabiiy resurslar taqchilligini kamaytirib, ekologik havfni minimallashtirgan holda insonlarning hayotini yaxshilash va ijtimoiy haqgo’ylikni ta’minlash uchun hizmat qiladigan o’ziga xos iqtisodiy tizimdir. O’zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot” ga o’tishi bilan bog’liq asosiy muammolardan biri, xozirgi paytdagi faoliyat ko’rsatayotgan katta sarf-harajatli iqtisodiyot modeli mamlakatning uzoq muddatli stabil rivojlanishini chegaralab qo’yishi mumkinligidir. Mamlakatdagi an’anaviy energiya zahiralarining tugab borishiga sabab bo’ladigan asosiy ko’rsatgichlardan biri esa, respublikadagi energiya sarfi juda yuqoriligidir. Masalan, O’zbekiston ishlab chiqarish korxonalaridagi energiya sarfi o’rtacha darajada rivojlangan mamlakatlarnikidan 2-2,5 marta ko’proqdir.
118
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
Do'stlaringiz bilan baham: |