Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
amaliy qo’llanmalar yaratish va maxsus kurslar tashkil qilish (chet ellarda malakalarini oshirib qaytganlardan to’liq hisobot berishni, natijalar bo’yicha ilmiy-amaliy ma’ruzalar qilishni, master-klasslar o’tkazishni va boshqacha turda ozlashtirilgan bilimlarini ommaga taqdim qilishni talab qilish malaka oshirish uchun ketgan mablag larning samaraliligini ta’minlar edi) ;
O’zbekistonni ilg’or va rivojlangan chet davlarlar darajasida rivojlantirish paradigmasini (milliy g’oyasini) yaratish va uni og’ishmay, barcha imkoniyatlardan foydalangan holda hayotga tadbiq qilish;
Kichik va o’rta korxonalarning ilmiy-texnik hamda innovatsion sohadagi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash yo’nalishida umumdavlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish va buning yanada yangi huquqiy usullarini hayotga tadbiq qilish;
Ilm-fan talab qiluvchi mahsulotlar, hizmatlar va texnologiyalar yaratuvchi va ularni o’zlashtiruvchi kichik innovatsion va venchur korxonalarga bevosita moliyaviy, information, texnik, moddiy, huquqiy va boshqa turlardagi yordam berilishini tashkil qilish;
Intellektual mulkni himoyalash, xujjatlashtirish va uni rivojlantirish bo’yicha innovatsion o’zgarishlarni ko’zda tutadigan qo’shimcha keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash uchun kerakli bo’lgan turli xil innovativ tuzilmalarni yaratish va ularni tezkorlik bilan rivojlantirish;
Fan arboblarini tayyorlashdagi, malakali innovatsion mutahassislar tayyorlash uchun hizmat qiladigan ta’lim sohasidai va tadbirkorlikni boshqarish sohasidagi xozirgi paytdagi keng ildiz otgan korruptsiya
185 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
holatlari kichik guruhga mansub amaldorlarning manfaati uchungina hizmat qilayotgani tufayli, bu salbiy holat innovatsiyalarni amalga oshirish, uning uchun kerakli bo’lgan malakali mutahassislarni tayyorlash va bu boradagi dasturlarni hayotga tadbiq qilishga imkon beramaydi. Shuning uchun bu o’ta salbiy illatlarga juda ham qat’iy tarzda tezkorlik bilan barham berish lozim;
Davlat buyrtmalari taqdim qilishda, konkurs, tanlov va tenderlarda amaldorlarla va bu bilan mashg’ul mas’ul shaxslarga pora berish holatlari innovatsion harakatning tagiga bolta urib, uni yo’qqa chiqarishi mumkinligi uchun, bu salbiy holatlarning oldini olishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim;
Innovatsion g’oyalarni amalga oshirish uchun hizmat qiladigan va halq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatadigan zamonaviy bilimdon mutahasislarning yetishmovchilgi tufayli ularni malakali mutaxassis-murabbiylar yordamida jadal o’qitish va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida qayta tayyorlashni amalga oshirish zarur;
Innovatsion sohada hamdo’stlik mamlakatlari va chet eldagi yetakchi mutahasissislar bilan yaqindan va o’zaro foydali hamkorlik masalalarini hal qilish ham muhim ahamiyatga ega;
Ko’pchilk mutahasisslarning asosiy chet tillani va ayniqsa jahon information almashinuvining asosi bo’lgan ingliz tilini bilmasligi tufayli, bu tilni chuqur bilishni barcha bo’g’imdagi mutazassislar va ayniqsa, boshqaruv, ilmiy, professor-o’qituvchi va rahbar xodimlar uchun majburiy talab sifatida ko’rish;
Tadbirkorlarning tavakkalchilikka tayyor emasliklari va innovatsion tarzda rivojlanishni istamasliklari tufayli (chunki ko ’pchilik
186 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tadbirkorlar buni o’zlari uchun ortiqcha tashvish deb biladilar), respublikada innovatsion tavakkalchilikni hamda venchur biznesni sug’rta qilish mexanizmini yaratish va uni amaliyotga tadbiq qilish;
Mamlakat fuqorolarining aksariyat qismi innovatsiya nima ekanligi, u nimalarga olib kelishi va buning o’ta muhim ekanligini tushunmasligi tufayli ommaviy axborot vositalarida bu haqda doimiy ravishda ma’lumotlar berib turish va innovatsion texnologiyalar bo’yicha internetda on-line portalini tashkil qilish;
Korxona, tashkilot, ta’lim muassasalari, ilmiy muassasalar va davlat tashkilotlaridan chet mamlakatlarning innovatsiya sohasidagi tajribalarini har tomonlama o’rganish va ularni o’zlashtirib, respublika iqtisodiyotiga tadbiq qilishni va uning ijobiy tomonlaridan keng foydalanishni qat’iy talab qilish;
Iqtisodiyotning turli yo’nalishlariga oid jahon miqyosidagi innovatsiyalar sohasidagi ilmiy va amaliy yangiliklar bo’lgan adabiyotlarni davlat tiliga tarjima qilib, ularni ilmiy-texnik xodimlar tomonidan tanqidiy ravishda o’rganish hamda tezkorlik bilan amaliyotga tadbiq qilish jarayonini tashkil qilish;
Ingliz va rus tillaridan o’zbek tiliga va aksincha sifatli tarjima qila oladigan intellektuallashtirilgan komp’yuter dasturlarini yaratish va bu dasturlardan barchaning foydalana olishiga imkoniyatlar yaratish;
Jahon miqyosida ishlab chiqilgan va O’zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan sohalardagi innovatsion g’oyalar, fikrlar, qurilmalar, uskunalar hamda ilmiy izlanishlar natijalarining ma’lumotlar bazasini tashkil qilish va uni ommaviy axborot vositalari orqali tadbirkorlarga hamda korxona rahbarlariga tezkorlik bilan yetkazish;
187 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |