4. Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini prognozlash.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi rivojlanishini prognozlash asosida aniq metodologik tamoyilar yotadi:
prognoz jarayoning iterativligi (qaytaruvchanligi);
uning uzviysizligi;
yagona strukturaviy siyosatni amalga oshirish.
Strukturaviy siyosat – bu ijtimoiy ishlab chiqarish yoki uning alohida zvenolari rivojlanish yo‘nalishlari, ular o‘rtasidagi asoslash, tanlash va amalga oshirishdir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasi rivojlanishini prognozlash va strukturaviy siyosat o‘rtasida yaqin bog‗lanish mavjud. Umuman olganda, ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasining rivojlanish tendensiyasi va mukammallashib borishini prognozlash strukturaviy siyosatni ishlab chiqishning asosini tashqil etadi.
O‘z navbatida strukturaviy siyosat pronoz natijalarini ishlab chiqar ekan, quyidagilarni ta‘minlashi zarur:
dinamikadagi yakuniy mahsulot va jamiyat ehtiyojlari tuzilmasining o‘zaro mosligi;
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi oshishini uning tuzilmasi, texnik darajasi va mahsulot nominklaturasini maqsadga muvofiq o‘zgartirish orqali ta‘minlash;
ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish;
tarmoq komplekslari va ularning ikki tuzilmasini rivojlantirilishida progressiv proporsiyalarni saqlash;
mukammalroq mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv;
ratsional va iqtisodiy jihatdan samarali hududiy proporsiyalarni shakllantirish va boshqalar.
Тuzilmaviy siyosat ilmiy-texnik va investitsion siyosat bilan uzviy bog‗liq. Bunday bog‗liqlikning mavjudligi texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etishdi rivojlanishni ta‘minlashga imkon yaratadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasidagi nisbat va siljishlarni prognozlash prognozlarning alohida turlarini ishlab chiqishga asoslanadi. Ulardan asosiylari bo‘lib ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish bilan iste‘mol mollari ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbatlar, ishlab chiqarish va jamg‗arish o‘rtasidagi nisbatlar, qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlar o‘rtasidagi nisbat prognozlari hisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish proporsiyalari rivojlanishini prognoz qilganda rivojlangan sanoatlashgan mamlakatlarga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlar va ularning o‘zgarishini inobatga olish zarur:
-ishlab chiqarish texnik darajasining o‘sishi. Bu ishlab chiqarish fondlari hajmining ishlovchilar soniga nisbatan ko‘payishida namayon bo‘ladi (ishlab chiqarishning mexanizatsiyasi va avtomatlashuvi);
ishlab chiqarishning ilm talab, yuqori texnologik tarmoqlarining ilgarilab rivojlanishi;
noishlab chiqarish sohasining moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga nisbatan ulushining ko‘payishi;
ishlov beruvchi sanoat tarmoqlarining qazib oluvchi sanoat tarmoqlariga nisbatan tezroq rivojlanishi;
xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishning kengayishi, tashqi iqtisodiy oborotning mamlakatdagi ishlab chiqarishga nisbatan oshishi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishidagi umumiy tendensiyalarni aniqlash bilan birga prognozlarni ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy rivojlanishda mavjud bo‘lgan disproporsiyalar va ularning oldini olish yo‘llari aniqlanadi. Masalan, IТТning tezkor rivojlanishi unga muvofiq yangi tarmoqlar, ishlab chiqarish va texnologiyalar rivojlanishini ko‘zda tutadi.
Hududiy proporsiyalarni prognozlash jarayonida sanoat, qurilish, transport va ishlab chiqarishlarining mamlakat hududi bo‘yicha ratsional joylashtirilishini bashoratlash muhim bo‘lib, bunda mehnat resurslaridan samarali foydalanish, mintaqalar xo‘jaligining ixtisoslashuvi va kompleks rivojlanishi, yangi hududlarning o‘zlashtirilishi inobatga olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |