3-rasm. 2018-2020- yillarda* O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YaIM (joriy narxlarda, trln. so‘m)4
2020- yil yakuni bo‘yicha, YaIM tarkibida tovarlar ishlab chiqarishda 341 467,5 mlrd. so‘m, xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 194 363,5 mlrd. so‘m miqdorida yalpi qo‘shilgan qiymat yaratildi, mahsulotlarga sof soliqlar esa 44 372,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Joriy davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 57 698,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2019- yilda – 57 711,9 mln. AQSh doll.).
2020- yilda YaIM o‘sishi 2019- yildagi 5,8 % va 2018- yildagi 5,4 % ga nisbatan 1,6 % gacha sekinlashdi. Shu bilan bir vaqtda, YaIM deflyator indeksida ham 2019- yildagi 118,6 % va 2018- yildagi 127,5 % ga nisbatan 2020- yilda 111,9 % gacha sekinlashish kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |