O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning tahlili



Download 0,79 Mb.
bet15/15
Sana30.12.2021
Hajmi0,79 Mb.
#195343
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ijtimoiy soha KURS IWI

10-rasm. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida hududlar bo‘yicha umumiy daromadlar tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi, % da11

Hududlarda mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning eng yuqori ulushi Jizzax viloyatida 58,0 % kuzatildi. Aksincha Toshkent shahrida va Qoraqolpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatgich o‘rtacha respublika darajasidan past bo‘lgan.





11-rasm. 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida jami mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarda hududlarning ulushi12

Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning asosiy ulushi Samarqand (11,2 %), Toshkent (10,3 %) va Andijon (9,7 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Kamroq ulushga ega bo‘lgan hududlar Sirdaryo viloyati (2,5 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,6 %) hamda Navoiy (5,1 %) viloyati hisoblanadi.



Xulosa

Ijtimoiy siyosat - bu aholi turmush farovonligini oshirish, uning hayot kechirishi va ishlashi uchun etarli sharoitlarni ta’min etadigan davlat siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biridir. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi jarayonida davlat siyosatining asosiy ko’rinishlaridan biri sifatida ijtimoiy siyosat olib boriladi. Buning asosiy sababi, bozor iqtisodiyoti jamiyatdagi ijtimoiy aloqalarni avtomatik ravishda boshqara olmaydi.

Respublikamizda ijtimoiy yordam tizimini huquqiy asosda barpo etish va bu boradagi qonunlarning ijro etilishini ta’minlash bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga bo’lgan huquqlari asosiy qonunimiz - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi orqali to’la kafolatlandi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida ijtimoiy sohalarni rivojlantirish va aholining keng qatlamlarini, eng avvalo, uning nochor guruhlarini ijtimoiy himoyalashni ta’minlash chora-tadbirlarini qurish zarur deb qaraldi, chunki mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikka davlat ijtimoiy siyosatining yo’nalishlari orqali erishilishi ma’lumdir.

Ijtimoiy barqarorlik deganda, ijtimoiy-iqtisodiy tizim barqarorligi, shaxsning iqtisodiy talablari ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar doirasida qondirilishining barqarorligi, atrof-muhit, ekologik shart-sharoitlar jamiyat manfaatlari bilan mosligining barqarorligi, jamiyatda shaxsning ijtimoiy taraqqiyoti barqarorligi tushuniladi.

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish - shunchaki maqsad emas, u - inson uchun, uning hayoti farovon bo’l ishi, manfaatlari va ehtiyojlari ruyobga chiqishiga sharoit yaratish maqsadida amalga oshirildi. Bozor har qancha o’z-o’zini boshqarish imkoniyatiga ega bulmasin, u ana shu g’oyat murakkab muammolarni hal qilishga kodir emas, buning uchun kuchli ijtimoiy siyosat zarur bo’ladi.

Bu ijtimoiy siyosatning respublikamizda alohida ahamiyatga ega ekanligi faqat iqtisodiy vaziyatlargagina bog’liq emas, balki sog’lom avlodni tarbiyalash xakida, ko’p bolali o’zbek oilasiga madad berish xakidagi gamxurlik hamda halqning milliy qadriyatlariga asoslangan holda keksalarga, himoyasizlarga mehr-muruvvat ko’rsatish ehtiyoji bilan bog’liqdir.

Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida byudjetning ijtimoiy yunaltirilgan harajatlarini koplash, fuqarolarning ijtimoiy ximoya kilinishini kuchaytirish va keng ko’lamli ijtimoiy dasturlarni mablag’ bilan ta’minlashni uning manbalari bilan oqilona uygunlashtirib borishni taqozo etadi.

Istiklolning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini mo’’tadillashtirish maqsadida, ijtimoiy hayotni davlat yo’li bilan boshqarishning ko’pdan - ko’p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafakalar mikdori oshirildi, kompensatsiya tulovlari tarzidagi bevosita pul tulovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar shaklidagi tulovlarni joriy qilish usullari keng kullanildi.

Davlat moliyasi vositasida nochor ijtimoiy katlamlar, o’ziga bog’liq bulmagan ravishda o’z-o’zini ta’minlay olmaydigan fuqarolar maxsus tashkil etilgan jamg’ armalar hisobidan, shuningdek, ishsizlik nafakalari, bolalar uchun nafakalar, nogironlik pensiyalari bilan ta’minlanadi.

Moliya vositasida aholining ma’lum katlamlarini faol ximoya etish bilan birga, jami aholining sog’ligini saqlash, umumiy talim atrof-muxitni sog’lomlashtirish kabi harajatlar davlat byudjeti tomonidan moliyalashtiriladi.

Davlatning ijtimoiy sohani rivojlantirishga yunaltirilgan harajatlari faqat ijtimoiy emas, balki iqtisodiy ahamiyatga ega bo’ladi, jamiyatning iqtisodiy saloxiyatini oshirishga yordam beradi, chunki davlat amalga oshirayotgan, aholining hamma katlamlari manfaatlariga daxldor bo’lgan iqtisodiy faoliyat natijalari ijtimoiy soha orqali ruyobga chikadi. Ijtimoiy sohani rivojlantirish va moliyalashtirish ijtimoiy siyosat, aholining o’sish sur’ati, aholining yosh bo’yicha tarkibi, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YAIM va milliy daromad omillariga bevosita bog’liq bo’ladi. Ijtimoiy soha ijtimoiy siyosatning bandlik va ishsizlik, aholi daromadlarini ta’minlash, ta’lim va malakaga tayyorgarlik, sog’liqni saqlash masalalarini kamrab oladi.

Bugungi kunda koronavirus epidemiyasi tufayli Oʼzbekiston mehnat bozori misli koʼrilmagan muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan keskin choralar tufayli koʼpgina fuqarolar majburan ishsiz qoldi, chet eldan qaytgan fuqarolarimiz doimiy daromadidan mahrum boʼlishdi. Respublikamizda 1-3 oy davomida yashash imkonini beruvchi jamgʼarmaga ega boʼlmagan odamlar juda koʼp boʼlib, ularning oilalari qiyin holatga tushib qolishdi.

Koʼplab mamlakatlarning tajribalari shuni koʼrsatmoqdaki, vaziyatdan chiqishning asosiy yoʼli – bu eng avvalo ehtiyojmand oilalarga toʼgʼridan-toʼgʼri toʼlovlar orqali yordam berishdir. Bu bir tomondan oilalar qashshoqlik holatiga tushib qolmasliklari boʼlsa, boshqa tarafdan yalpi talabni qoʼllabquvvatlash uchun amalga oshiriladi.

Аholining turmush darajasiga izoh berganda, aholi tasarrufida boʼlgan pul va natural daromadlar tushumlar miqdorini qoʼshma ravishda hisobga olish zarur boʼladi. Chunki, turmush darajasi bevosita isteʼmol miqdori va sifati bilan oʼzviy bogʼliqlikda boʼlib, uni qondirishda pul va natural daromad turining har ikkalasi ishtirok etadi. Pul yoki natural tushumlar ham daromad sifatida qaralishi lozimki, bu kishi yoki oilaning daromadini tashkil etadi va turmush farovonligi daromadlarga bevosita bogʼliqligini ifodalaydi.

Аholi turmush farovonligi daromadlar darajasiga bogʼliq ekan, bozor islohotlari daromad topishga boʼlgan qiziqishni uygʼotishi bilan birga kambagʼallik oilalarning ham mavjud boʼlishini keltirib chiqaradi. Kambagʼalliklik daromad va isteʼmol orqali belgilanadi hamda daromadlar tengsizligining hosilasi sifatida namoyon boʼladi.

Oʼzbekistonda 2020 yildan boshlab, kambagʼallik haqida ochiq aytilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoev Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida “Har qanday mamlakatda boʼlgani kabi bizda ham kam taʼminlanganlik aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob – kitoblarga ular taxminan 12 – 15 foizni tashkil etadi”, deb taʼkidlagan edi. Kambagʼallikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlarning diqqat markazida boʼlishi lozim. Har bir tuman va shahar hokimi bir oy muddatda oʼz hududida kambagʼallikni qisqartirish boʼyicha manzilli dastur ishlab chiqib, uning ijrosi boʼyicha har chorakda mahalliy Kengashlarda hamda ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa hisobot berib borishi zarur. Bu masala barcha rahbarlarning birinchi darajali vazifasi va ish samarasini baholaydigan asosiy mezonga aylanishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O`zbekiston. 2014.

  2. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida.

  3. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: 2017

  4. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O`zbekiston. 2017.

  5. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O`zbekiston.

  6. Shodmonov Sh. Sh., Mamarahimov B.E. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: 2016 y

  7. Shodmonov Sh. Sh., G`afurov U. V. Iqtisodiyot nazariyasi. T.: 2010 y

  8. O`lmasov A. Vaxobov A. Iktisodiyot nazariyasi. Oliy o`quv yurtlari uchun darslik. Toshkent 2006 yil

  9. Abdurahmonov Q.X., Tohirova X.T., Sharipov B.M. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2006.

  10. Abduramanov X.X. O‘zbekistonda qariyalarni ijtimoiy hi-moya qilishning demografik asoslari. – T.: O‘zR FA IQt. inst, 2016.

  11. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullayeva M.K., Zohidov H.E. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash. – T.: TDIU, 2010. 216 b.

  12. Xolmatova G.R. Ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish: kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘l lanma / G.R. Xolmatova, Sh.T. Mirzakarimova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2014. – 216 b.

  13. Ishmuhamedov A.E., Kalanova M. Z., Sunnatov M.N. Ijtimoiy soha iqtisodiyoti. – T.: TDIU, 2016. 128 b.

  14. Majidov N. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilish. – T.: O‘zMU, 2003.

  15. Malikov T.S., Haydarov N.H. Budjet daromadlari va xarajatlari (o‘quv qo‘llanma) / Toshkent Moliya instituti. – T.: 2016. 261 bet.

  16. Qosimova G.A. Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish. J // Jamiyat va boshqaruv. 2006. 1-son.

  17. Internet saytlar.

www.gov.uz

www.mf.uz

www.ekonomyfaculty.uz

www.lex.uz



www.goldenpages.uz



1 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

2 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

3 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

4 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

5 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

6 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

7 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

8 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

9 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

10 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

11 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

12 www.stat.uz. Ma’lumoti asosida tayyorlandi

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish