O‘zbekistonda ibtidoiy jamiyat va uning davrlari


XX asrning 50-80 yillarida O‘zbekistondagi iqtisodiy va madaniy hayot, turg’unlik holatlari va uning sabablari



Download 113,89 Kb.
bet27/48
Sana04.09.2021
Hajmi113,89 Kb.
#163709
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
саволнома

XX asrning 50-80 yillarida O‘zbekistondagi iqtisodiy va madaniy hayot, turg’unlik holatlari va uning sabablari.
80-yillarning o’rtalariga kelib qatag’onlik va qonundan chekinishlar yana bo’y ko’rsata boshladi. Galdagi qatag’onlik to’lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo’jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.O’zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan» davrida ham o’zbek xalqining milliy mustaqilligi g’oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo’lmaganda ham milliy mustaqillikni qo’lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.O’zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo’lgan mas’ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya, sovet va sud organlaridan muhim ahamiyatga ega bo’lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to’qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o’zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go’yoki butun O’zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg’otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq emissarlar guruhi respublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir necha minglab rahbar xodimlarni tergov jarayoniga tortdilar.Ularga poraxo’rlik, ko’zbo’yamachilik va jinoyatchilikning boshqa ko’rinishlaridagi aybnomalar qo’yildi. Mahbuslarni «o’z aybiga iqror qilish» uchun jismoniy zo’ravonliklar, ruhiy azoblar qo’llanildi. O’zbekiston Kompartiyasi MK ning sobiq birinchi kotibi SH.R. Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar qilindi, o’zbek xalqining milliy g’ururi toptaldi. Bunda O’zbekiston SSRning o’sha davrdagi qo’g’irchoq rahbarlarining mash’um hissasi bo’ldi.Ommaviy qamoqqa olishlar avj oldi, qiynoqlarga ko’plab halol, sof vijdonli kishilar ham tortildi. Qo’shib yozishlar, ko’zbo’yamachilik va poraxo’rlik kabi illatlar sotsialistik jamiyatda tabiiy holat bo’lib, o’sha paytdagi barcha respublikalarda mavjud hodisa edi. O’zbekistonga nisbatan «paxta ishi» oldindan, maxsus tayyorlangan uzoqni mo’ljallab tashkil qilingan siyosiy fitnadan boshqa hech narsa emasdi.O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng «paxta ishi» qayta ko’rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O’z navbatida O’zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat arbobi SH.R. Rashidovning pok nomi tiklandi. SHuningdek, mehnatkash o’zbek xalqining yuzi yorug’ ekanligi asoslandi.O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent shahrida YUnusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga bag’ishlab o’rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor avlodning ajdodlarimiz oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir

80-yillar oxiri 90-yillar boshlarida O’zbekistonda mustaqillikka intilish harakatlari kuchaya borib, uni qo’lga kiritish shart-sharoitlari vujudga keldi

1989 yil oktyabrda davlat tili to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi mustaqillik yo’lida muhim bosqich bo’ldi. Qonunni amalga oshirish maqsadida O’zbek tilini tekin o’qitish maxsus kurslari tashkil etildi, o’zbek tilidagi adabiyotlar, darsliklar nashr etilishiga va o’quv yurtlarida o’qitilishiga e’tibor kuchaydi. 1990 yili bahorda Markazning qattiq qarshiligiga qaramasdan Ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Bu o’zbek davlatchiligi va mustaqilligining prinsipial yangi bosqichi bo’ldi. O’zbekiston rahbariyati ba’zi yuqori rahbarlik lavozimlariga tavsiya qilingan shaxslarni Moskvada suhbatdan o’tkazish amaliyotini tugatdi.I.A. Karimov 1990 yil 24 martda O’zbekiston Oliy Kengashida O’zbekistonning birinchi Prezidenti qilib saylandi. 1990 yil 20 iyunda Mustaqillik to’g’risidagi deklaratsiyaning qabul qilinishi xalqning davlat mustaqilligiga intilishini huquqiy, iqtisodiy va siyosiy mazmun bilan to’ldirdi va g’oyat katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston jamoat tashkilotlari va harakatlari orasida mustaqillik g’oyasi keng qo’llab-quvvatlandi.1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Soveti XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi davlat mustaqilligi va mustaqil suveren O’zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e’lon qildi. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» Oliy Kengash Qarori va «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun qabul qilindi hamda 1 sentyabr-Mustaqillik kuni, milliy bayram, deb belgilandi. Bu asosiy hujjatlar O’zbekiston oldida turgan maqsad va vazifalarini ko’rsatib berdi.Mustaqillikning e’lon qilinishi Respublika tarixida muhim voqea bo’lib, u nafaqat butun davlat uchun, balki O’zbekistonda yashaydigan har bir aholi uchun katta ahamiyat kasb etdi. Ko’pincha mustaqillikka qon to’kishlar yo’li bilan erishiladi. Lekin O’zbekiston bunday yo’ldan bormadi. XXI asr arafasida jahon xaritasida yana bir mustaqil, teng huquqli davlat O’zbekiston paydo bo’ldi. Jahon hamjamiyati uni tezda tan ola boshladi.



Download 113,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish