O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi



Download 1,19 Mb.
bet5/9
Sana13.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#789272
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AQsh

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi. Ko‘ppartiyaviylik jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Bu holat demokratik yo‘liga kirgan davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy dav- lat barpo etishning asosiy garovidir.
H ozirgi davr jahondagi demokratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarning ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishidir. Mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya bu – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir. Partiyaga 1991-yilning noyabrida asos solindi. Uning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar besh marotaba Prezident saylovlarida hamda parlament saylovlarida ishtirok etib, parlamentda o‘z fraksiyasini tashkil etishga erishdi.

Mustaqil ish.
Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda, bir guruh o‘quvchilar XDP ning Prezident saylovida ishtirok etgan yillarini sanab chiqadi va ta’rif beradi. Ikkinchi guruh partiyaning Oliy Majlisga saylovlarda qatnashishi bo‘yicha xuddi shu vazifani bajaradi.

O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o‘z o‘rniga ega partiyalardan yana biri O‘zbekiston «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bo‘ldi. Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan. Lekin besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. 2000-yil aprelda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi va «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasining qo‘shma qurultoyi bo‘lib, unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, ularning birlashib ishlashlari maqsadga muvofiq, degan xulosa asosida ikkita partiya birlashdi.
M ustaqillikning dastlabki yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri bu – O‘zbekiston «Adolat» sotsialdemokratik partiyasidir. 1995-yil fevralda tuzilgan O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik par- tiyasi O‘zbekistonda shakllangan sotsial-demo- kratik partiyadir. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan. Partiya shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi
sotsial-demokratik yo‘nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga va xalqaro sotsial demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi o‘rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga tayanadi, ularning siyo- siy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi.
M ustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri – bu O‘zbekiston Milliy tikla- nish demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995-yili iyunda tuzilgan. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining asosiy maqsadvazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni
saqlashdan iborat. 2008-yil iyunda O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib, unda asosiy masala O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi. Qurultoyda partiyalarning maqsadli dasturiy vazifalari mazmun-mohiyatiga ko‘ra birbiriga yaqinligi ta’kidlandi va ular birlashtirildi.
O ‘zbekiston siyosiy tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib ulgurgan O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003-yil noyabrda tashkil top- gan. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umum-milliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo‘jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori
malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning o‘tgan yillar davomidagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularning rivojlanishi uchun huquqiy asos yaratilganini ko‘ramiz. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi hamda «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonuni shular jumlasidandir. Tabiiyki, siyosiy partiyalarning jamiyatda qanchalik mavqega ega ekanligini belgilovchi asosiy mezon bu ularning davlat hokimiyati vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda qanday natijalarga erishganligi hisoblanadi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish