O‘natilgan
quvvatlar,
MVt
|
Turbinalar soni
|
Qurilgan yillari
|
Suv manbai
|
Chorvoq GES
|
620,5
|
4
|
1970-1972
|
Chirchiq
|
Xo’jakent GES
|
165
|
3
|
1976
|
Chirchiq
|
G'azalkent GES
|
120
|
3
|
1980-1981
|
Chirchiq
|
Farhod
|
126
|
4
|
1948-1949
|
Sirdaryo
|
Issiqlik ehergetikasi. 60—yillarda respublikada elektr energiyasi hosil qilishni ko'paytirish asosan gazda ishlaydigan yirik IESlami ishga tushirish yo'nalishida olib borildi. Yirik GES va IESlaT qurilishi natijasida O'zbekiston energetika sistemasining jami quvvati 2002
yilda 11,3 ming MVt ga yetdi. Respublikadagi eng yirik IESlar to'g'risidagi ma’lumotlar 2 —jadvalda keltirilgan.
O'zbekiston elektr energetika sistemasi yiliga 47—48 mlrd. kV soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda, shundan 90 foizi lESlarning hisobiga bo’lmoqda. Bu aholi jon boshiga deyarli 2000 kVt-soat to'g'ri keladi, demakdir. Taqqoslash uchun aytib o’tish joizki Norvegiyada bu raqam 25000 kVt-soat, AqShda esa 14000 kVt-soat.
2 —jadvai
Nomi
|
O‘natilgan quvvatlar,
MVt
|
Turbogeneratorlar soni
|
Qurilgan yillari
|
Joylashgan shahar
|
Izoh
|
|
Sirdaryo GRES
|
3000
|
10
|
1972-1981
|
Shirin
|
|
|
Yangi Angen GRES
|
1800
|
6
|
1985
|
Nurobod
|
Loiyiha quvvati 2400 MVt
|
|
Toshkent GRES
|
1860
|
12
|
1963-1971
|
Toshkent
|
|
|
Navoiy
|
126
|
4
|
1948-1949
|
Navoiy
|
|
|
Angren GRES
|
484
|
8
|
1957-1963
|
Angren
|
|
|
Taxiatosh GRES
|
730
|
5
|
1961-1990
|
Taxiatosh
|
|
|
Tolimarjon GRES
|
|
|
1984
|
Nuriston
|
Loiyiha quvvati 3200 MVt
|
|
Hozirgi vaqtda O'zbekiston energiya sistemasi Markaziy Osiyo Birlashgan energiya sistemasining tarkibiy qismi bo’lib qolmoqda. Unda deyarli 50 foiz elektr quvvatlari mujassamlangan.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida O'zbekiston elektro energetika sistemasida energoresurslarning yetishmayotganligi respublika energetiklari oldiga sistema ishlarini avtomatlash, yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish, ulami samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni qo'ymoqda. Bulami bosqichma—bosqich hal etish mamlakatni 2010 yilgacha rivojlantirish va rekonstruksiya qilish Energetik Dasturida o’z aksini topgan. Bu dastur asosini yonilg'i energo resurslardan samarali foydalanish, yangi zamonaviy texnologiyalami sohada tadbiq etish, dolzarb ekologik muammolarni hal qilish, bozor iqtisodiyoti talablari asosida tashkiliy—boshqaruv tizimini yangilash va boshqalar tashkil etadi. Yangi(2001 yil) tashkil etilgan "O'zbekenergo" Davlat aksionerlik kompaniyasi aniq maqsadlar yo'lida tadbirlar ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etmoqda.
Hozir Yevropa rekonstruksiya, tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag'lari hisobiga "Siemens" (Germaniya) firmasi Sirdaryo IESda ikkita energo blokni qayta tiklash ishlarining birinchi bosqichini amalga oshirdi.
Ikkinchi bosqich ishlarini AQShning Savdo va taraqqiyot
Agentligi granti hisobiga Sirdaryo IESda 5— va 6 — energobloklami qayta tiklash loyihasi ishlab chiqilmoqda.
Yaponiya hukumatining imtiyozli krediti hisobidan eng zamonaviy bug' — gazli energoblokni Toshkent IESda o'rnatish ishlari olib borilmoqda. Buni Yaponiyaning xalqaro hamkorlik agentligi amalga oshirmoqda. Chet el investitsiyalarini Navoiy IES, Muborak va Toshkent IEMlarida shunindek, Toshkent shahri elektr energiya uzatish tarmoqlarini yangilash va qayta tiklashga jalb etish masalalari hal etilmoqda.
Osiyo taraqqiyot banki va Bank moliya institutlarining mablag'larini esa mintaqamizda elektr tarmoq ob'ektlarini dispetcherlik va texnologik avtomatlashgan boshqaruvini hamda elektr energiya uchun hisob —kitobni takomillashtirishga yo'naltirish mo'ljallanmoqda.
Tolimarjon IESda Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib quvvati 800 MVtli energoblokni montaj qilish ishlari tugallanmoqda. Samarqand viloyatida 500 kVli "So'g'diyona” nimstansiyasi qurilishi boshlandi. Umuman, mamlakatimizda elektr tarmoqlarini yangilash va yanada rivojlantirishga, magistral va taqsimlash tarmoqlarini optimal shakllantirish va natijada elektr uzatish samaradorligini oshirish kompleks texnik va texnologik yechimlarini joriy etishga ahamiyat kuchaytirilmoqda.
Respublikamiz suv xo'jaligi ob'ektlarining ulkan imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanish maqsadida yurtimizda kichik gidroenergetikani rivojlantirish Dasturi ishlab chiqildi. Jumladan, qurilayotgan To'palang GESida (Surxondaryo viloyati) ikkinchi blokni (quvvati 72 MVt) o'rnatish jadal olib berilmoqda. Yaqin kelajakda jami 440 MVt quvvatli qator kichik GESlar qurilishi loyihalashtirildi. Natijada qo'shimcha 1,3 mlrd. kVt-soat arzon elektr energiya iste'molchilarga yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |