O’zbekistonda elektr-energiya ishlab chiqarishining rivojlanishi xudayberdiev Umar Xudayberdievich Dotsent, Samisi yaxshiliqov Tursunboy Bahodir o’g’li Talaba, Samisi annotatsiya


O’zbekiston 2015-2019-yillarda elektrenergiya ishlab chiqarilishi



Download 27,03 Kb.
bet3/3
Sana12.02.2022
Hajmi27,03 Kb.
#445606
1   2   3
Bog'liq
Tursunboy Yaxshiliqov bh120

O’zbekiston 2015-2019-yillarda elektrenergiya ishlab chiqarilishi

Ko’rsatkichlar



2015

2016

2017

2018

2019

2019-yil 2015-yiliga nisbatan
%

Elektr energiya ishlab chiqarish mlrd-kvt-soat
shu jumladan ishlab chiqarilgan

57,7

59,1

60,8

62,9

63,5

110,1

Issiqlik elekter stansiyalarida

50,9

51,8

51,1

55,5

56,4

110,8

Gidroelektrostansiyalarda



6,8

6,9

7,9

5,9

7,0

104,4

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, elektr energiyaning 90,0 foizga yaqini qimmatli homashyo bo’lgan tabiiy gazdan foydalanib, issiqlik elektrstansiyalardan olinadi. Ushbu davrda elektrenergiya ishlab chiqarish 10,1% ga ko’paygan. Lekin bu davrda yangidan barpo etilgan korxonalar (fermer xo’jaliklaridan tashqari) soni 60,5mingtaga ko’payib, 121,7%ga aholi soni esa 105,4%ga o’sganligini hisobga olsak,elektrenergiyani ishlab chiqarishning bunday suratda (o’rtacha bir yilda2,0% o’sish) ko’payishi yetarli emasligi ma’lum bo’ladi. Shuning uchun ham mamlakatda elektrenergiyani ishlab chiqarishni ko’paytirish, ayniqsa qaytatiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishda Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2019-yil 21-martdagi, O’zbekiston Respublikasida elektr energitika tarmog’ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to’g’risidagi qarori muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Bu qarorga asosan Pop tumanidagi Vodiy massivida qauvvati 130 kvt/soat bo’lgan, Buxoro viloyatining Kandim shaharchasida quvvat 1,2 megavatt bo’lgan quyosh elektroemergiyalari ishga tushurildi. Bugungi kunda Navoiy viloyatining Karmana tumanida quvvati 100 mvt bo’lgan, Samarqand va Jizzax viloyatlarida, har biri 200 mvt quvvatiga ega bo’lgan foto-quyosh elektrstansiyalari qurish ishlari boshlab yuborilgan.


Zarafshon shahri yaqinida quvvati 1,5 GVT bo’lgan, Qoroqolpog’istonda va Buxoro viloyatlarida har biri 1,0 GVT dan yuqori quvvatga ega bo’lgan shamol elektr stansiyalari qurilishi loyihalashtirilmoqda. Mamlakatimizda yilning 300-320 kuni quyosh porlab turishi ayrim huddudlarida esa shamolning tezligi juda yuqori bo’lishi, bunday katta tiklanuvchi, hamda arzon muqobil energiyaning imkoniyatlaridan yaxshi foydalanishni taqozo etadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi va aholi soninng o’sib borishi, hamda atrof-muhitning ifloslanishi, ekologik toza qayta tiklanuvchi quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanishni va mamlakat elektr energiyasining ishlab chiqarishdagi ulushini oshirish dolzarb vazifaga aylangan. Bu vazifalarni bajarish uchun mamlakat Prezidentining 2021-yil 9 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vororod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari tog’risida”gi qaroriga asosan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti” tashkil etildi. Bu institute o’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi qoshida tashkil etilgan bo’lib, asosiy vazifalari qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo’yicha milliy strategiyani ishlab chiqish, ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish,fundamental va amaliy tadqiqotlarni o’tkazish, ilmiy izlanish natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish kabilar belgilangan. Qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan elektr energiya ishlab chiqaishni rivojlantirib, mamlakatimizda 2030-yilga borib bu manbalardan olinadigan elektr energiya ulushini umumiy hajmdagi miqdorning 25,0 foiziga yetkazish ko’zda tutilgan.Shu bilan birgalikda Joriy yilning 4 iyul kuni Istanbul shahrida Energetika islohotlari bo‘yicha Markaziy Osiyo ikkinchi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Turkiya Respublikasi Energetika vazirligi ko‘magida o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, konferensiyada Markaziy Osiyo davlatlari va Afg‘oniston energetika vazirliklari hamda davlat kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri o‘rinbosari o‘z so‘zida elektr energiyasi mintaqaviy birjasini tashkil etishni taklif qildi. Mazkur tashabbus konferensiyaning barcha ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vazirligi ushbu tashabbusni amalga oshirishda Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda yordam berishga, o‘z navbatida OTB ham ushbu masalada mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.Tadbir doirasida mintaqa davlatlari energiya tizimini integratsiya qilish, shuningdek bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.Hamda davlatimiz rahbari Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomada energetika sohasini rivojlantirish masalalariga alohida toʻxtalib, mazkur yoʻnalishda amalga oshiriladigan loyiha va rejalarni birma-bir sanab oʻtdi. Xususan, iqtisodiy faollik va aholi daromadlari oʻsgani sayin, energiya resurslariga boʻlgan talab ortib borishi, neft-gaz va energetika sohalaridagi islohotlarni va boshlangan yirik loyihalarni yakuniga yetkazish lozimligi taʼkidlandi.Prezident 2021-yilda davlat va xususiy elektr stansiyalari hamda isteʼmolchilar oʻrtasida elektr energiyasi ulgurji bozori shakllantirilishi, birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlanganini misol tariqasida keltirib oʻtdi.2021-yil 12-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi tomonidan mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, “Energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida yangi elektr stansiyalarini barpo etish ishlarining borishi boʻyicha istiqboldagi rejalar” mavzusida siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillari ishtirokida munozara tashkil etildi.Tadbirga Energetika vazirligi mutasaddilari ham taklif etildi. Unda Murojaatnomada energetika sohasi boʻyicha ilgari surilgan taklif va tashabbuslarning amaliyotda roʻyobini taʼminlash, jumladan belgilangan loyihalarni toʻliq amalga oshirish mexanizmi va muddatlari, erishiladigan natijalar hamda alohida eʼtibor qaratilishi zarur boʻlgan masalalar batafsil muhokama qilindi.Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda aholining energiya resurslariga boʻlgan talabini toʻliq qanoatlantirish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan Xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshirish kabi masalalar deputatlar diqqat markazida boʻldi.Taʼkidlanganidek, hozirgi kunga kelib, elektr energetikasi sohasida oʻnga yaqin xalqaro hamkorlar bilan qiymati 2 milliard dollardan ortiq boʻlgan shartnomalar imzolangan. Ushbu shartnomalar doirasida Navoiy, Samarqand, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida fotoelektr quyosh elektr stansiyasi, bugʻ-gaz elektr stansiyasi va shamol elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.Shuningdek, generatsiya quvvatlarini oshirishda eʼlon qilingan tanlovlar boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Osiyo taraqqiyot bankining texnik koʻmagida Samarqand, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 600 MVt va qiymati 535 mln. AQSH dollari boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha tender savdolari davom etmoqda. Rejaga koʻra, stansiyalar 2023-yilning birinchi yarmidan toʻliq quvvatda ishlashni boshlaydi va yillik 1,05 – 1,240 mlrd. kVt∙soat qoʻshimcha elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Download 27,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish