O`zbekistonda yer-suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari.
Ona tabiatni asrash, unga nisbatan munosabatni tubdan o`zgartirish bugungi kunda barchamizning vijdon burchimiz bo`lib qolmoqda. Bu beznes emas. Zero uzoq yillar davomida biz tabiatga bir tomonlama munosabatda bo`ldik. Undan faqat tortib oldigu, ammo kelajak taqdirimizni o`ylamadik. Oqibatda shu tabarruk zaminimizning jarohatlanishiga olib keldik. Balki o`z – o`zimizni ham jarohatladik.
Xayrli ishning kechi bo`lmaydi, deydi dono xalqimiz. Qayta qurish, demikratiyalash va oshkoralik tufayli necha o`n yillar davomida qalbimizda armon bo`lib yurgan dardu alamlarimiz, shu jumladan, sobiq markazdagi ba`zi vazirliklar va idoralarning noto`g`ri siyosati tufayli o`lkamizda chala – chulpa qurilgan sanoat korxonalari qurilishi va transport tashkilotlarining bugungi kunda tabiatimizga xalqimiz hayotiga yetkazayotgan zararlari haqida ochiq oydin gapiradigan bo`ldik. Ularni bartaraf etishni lozim deb topdik.
Masalan, Toshkent viloyati o`zinig industrial salohiyati, agrosanoat majmuasining xilma – xilligi bilan respublikamizning boshqa mintaqalaridan ajralib turadi. Uning umumiy maydoni 15,6 ming kv. kilometrni tashkil etib, bu yarda 2,5 mln aholi yashaydi. 3
Viloyat sanoat, qishloq xo`jaligi, qurilish xo`jaligi, qurilish industriyasi va transport tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan bo`lib, respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi mahsulotning 20 foizga yaqin miqdori ishlab chiqariladi. Viloyat hududida faoliyat ko`rdatayotgan energetika, kimyo, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, metallurgiya, paxtani qayta ishlash, yengil va oziq – ovqat sanoati respublikamizda yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi, ,mineral o`g`itlar qurilish materiallarining (sement, shifer) 50.0 foizdan ortiqrog`i, qora va rangli metal hamda ko`mir qazib olishning 90 foizi poytaxt viloyatiga to`g`ri keladi. 1
Hozirgi kunda viloyatda 14 mingdan ziyod korxona, qo`shma korxona, qurilish va transport tashkiloti, xo`jaliklarning shirkat xo`jaliklari faoliyat ko`rsatmoqda.
Qayd etilgan korxona, tashkilot xo`kaliklarning barchasi yer va suv manbalaridan, biomanbalardan, yerosti va ochiqdagi foydali qazilmalardan foydalanib kelmoqda. Armosfera va suv havzalarining tozaligiga, yer va biosfera dunyosining barqarorligi salbiy ta`sir ko`rsatibgina qolmay, ba`zi bir o`simlik va hayvonlar noyob turlarining yo`qolib ketishiga, ming yillar davomida Ona tabiat tomonidan yaratilgan tabiiy muvozanat buzilishiga sabab bo`lmoqda.
Shu o`rinda Prezidentimiz Islom Karimovning ekologik muammo haqida shunday fikr bildiradi. “Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining bugungu va ertasi uchun muhim muamolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko`p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tarmoqlarining ekologik jihatidan zararsiz texnologiya yordamida rivojlantirishni ta`minlash imkoniga ega bo`linadi.”
Respublikamiz, shu jumladan viloyatimizdagi mavjud ekologik muammolarni hal qilish maqsadida respublika hukumati 2005-yilgacha bo`lgan davrda atrof tabiiy muhit muhofazasi bilan bog`liq milliy dasturni qabul qildi. Mazkur dasturni boshqarish yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan 1999-yil 10-noyabrda 316-qaror qabul qilindi va ushbu dasturni amalda bajarish yuzasidan viloyat hokimligi va viloyat “Tabiatni muhofaza qilish qumitasi” tomonidan aniq tadbirlar ishlab chiqildi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridayoq mamlakatimiz hududida ekologik xavfsizlikni tug`dirayotgan barcha muammolarga hukumatimiz rahbariyati, shaxsan Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov asosiy e`tiborni qaratmoqda, chunki tabiat, atrof – muhit toza bo`lsagina jamiyatimizda sog`lom turmush tarsi qaror topadi.
Tabiatni muhofaza qilish qumitasi va uning joylardagi tizimlari o`z faoliyatini respublika hukumati tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarda belgilangan tamoyillarga qat`iy rioya qilgan holda olib bormoqdalar. Ekologlarimiz sanoat korxonalari, qurilish va transport tashkilotlari, qishloq xo`jaligi, muassasalar jamoat uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashga intilmoqdalar, bu esa o`zining ijobiy smaradorligini bermoqda. Shuning uchun ham ekologik jihatdan juda tashvishli bo`lgan qator hududlarda ahvol birmuncha yaxshilardi. Masalan, Bo`stonliq, Parkent, Bo`ka, Oqqo`rg`on, Chirchiq tumanlaridagi ekologik holat boshqa hududlarga nisbatan ancha yaxshi hisoblandi. 1
Shunga qaramay, hozirgi davrda ekologik vaziyatning chindan ham nihoyatda qaltisligini hech kim inkor eta olmaydi. Chindan ham suvimiz, havomiz ifloslanib, yerimiz zaharlanmoqda, uning ayanchli oqibatlari esa insonlar hayotiga o`z ta`sirini ro`y rost ko`rsatmoqda.
O`lik yoki mayib – majruh tug`ilayotgan norasida go`daklar, ko`z ko`rib, quloq eshitmaydigan kasalliklarning paydo bo`lishi, zaharli hasharotlarning ko`payib borayotgan, tabiiy ofatlar xuruji yil sayin kuchayib borayotganligini ko`rsatadi.
Bundan allaqachon tegishli xolosa chiqarib olishi kerak bo`lgan inson esa hamon o`zini ko`rib – ko`rmaslikka, .bilib – bilmaslikka olyapti. Bu holat davom etaversa, yer yuzida hayot tugashi uchun yadro urushlarining hojati qolmaydi. Buni hech bo`lmaganda endi tushunishi, ekologik halokat oldini olish uchun har bir kishi qo`lidan kelgan ishni qilishi lozim.
Uzoqqa borib o`tirmaylik. Bundan atigi qirq – ellik yil ilgari viloyatimiz hududidan oqib o`tayotgan daryo, soylar va ariqlarda oqayotgan sunni ishlatish mumkin edi. Bunda kasal bo`lib qolish hech kimning hayoliga ham kelmasdi.
Ekologlarimiz va butun jamoatchilikning say – harakati natijasida keyingi yillarda suvni ifloslantirishga nisbatan odamlarning munosabati ijobiy tomonga o`zgardi.
O`zbekistonda suv manbalaridan oqilona foydalanish, uni tejab – tergab iste`mol qilish, ona tabiatimizning dur – gavharini muhofaza qilishga asosiy e`tiborini qaratganmiz: Masalan, Toshkentda asosiy suv manbalari Sirdaryo, Ohangaron va Chirchiq daryolari, suv onborlaridagi obi – hayotning tozalik darajasi doimiy nazorat ostiga olingan. Bundan tashqari beshta yerosti chuchuk suv havzalari ham nazorat qilinib, ularning zahiralaridan xalq xo`jaligi va aholi ehtiyojlari uchun foydalaniladi. Chirchiq, Ohangaron havzalarining Qibray va O`rta Chirchiq uchastkalriga alohida qo`riqlanadigan obyekt maqomi berilgan.
Tabiat muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda eng avvalo ilm – fanga, olimlar, malakali mutaxassislarning maslahatlariga qolaversa butun xalqning madadiga tayanayotir. Shu boisdan ham tabiatni muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan fan – texnika taraqqiyoti yangiliklarining keng miqyosga targ`ib kelmoqda. Ayni vaqtda aholining barcha qatlamlarini o`sib kelayotgan yosh avlodni ekologik jihatdan tarbiyalashga, ularda tabiiy boyliklarni asrab – avaylash, o`simliklaru jonivorlarga nisbatan mehr – shavqatli bo`lish, ularni avaylash kabi fazilatlarni kuchaytirishiga e`tiborni kuchaytirmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan yurtimizdagi daryo va suv havzalari, atmosfera havosini muntazam nazorat qilinishi sanoat korxonalari havoga va suvga chiqarayotganifloslantiruvchi moddalar miqdorini tekshirilishi me`yordagi ko`rsatkichlardan haddan ziyod oshirib yuborgan shaxslarga nisbatan ziddiy jarima va jazolar qo`llanilishi natijasida respublika bo`yicha ekologik vaziyatning yaxshilanishi va barqarorlashuvi moyilligi kuzatilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va O`zgedrometning dastlabki muntazam ,kuzatuvlariga ko`ra Amudaryo, Sirdaryo, Surhondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon daryolarining irmoqlaridagi suvning sifati 2005-yilning 1-choragida o`tgan yilning shu davridagiga nisbatan deyarli o`zgarmagan va uch toifa (o`rta me`yor ifloslangan suvlar toifasi) ga to`g`ri keladi. 1
Buxopro viloyat tabiatni muhofaza qilish analitik tahlil inspeksiyasining “O`zgidrometr” institute olimlari bilan birga o`tqazgan tadqiqotlari viloyatda bir gektar yiliga shamol bilan 400 kg gacha zaharli tuz kelayotganligini ko`rsatdi. 2
Orol dengizi qurishi natijasida keyingi 10 yilda shamolning doimiyligi 40 foizga oshdi. Shuni e`tiborga olib, viloyat cho`llarida “Yashil qalqon” yaratish ishlari boshlab yuborildi. Uzunligi 147 km, kengligi 1 km bo`lgan yashil belbog` barpo etish uchun 3 mln 333 tup saksovul va manzarali ko`chatlar o`tqazildi.
Buning uchun viloyat tabiatni muhofaza qilish qumitasi jamg`arma fondidan viloyat o`rmon xo`jaligiga 3 mln so`m mablag` ajratdi. 2001 – yilda Buxora shahrida Botanika bog`i yaratish ishlari boshlandi. Hozirgacha ajratilgan 67,5 gektar maydonda mevali va manzarali ko`chatlar o`tqazildi. 3
Har sohada yangilikka intilmaslik mavjud vaziyat bilan oniqish hissining paydo bo`lishi yaqin kelajakda zamon talablariga javob bermaslik, loqaydlik, rivojlanish o`rniga bir joyda qotib qolish singari salbiy oqibatlarga olib keladi. Tabiatni muhofazasi ham davlat qumitasi erishgan yutuqlar bilanchaklanmay, atrof – tabiiy muhitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini qo`llab quvvatlamoqda.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining ilimiy tadqiqot bo`linmalari tomonidan Davlat ilmiy – texnikasi dasturlari bo`yicha, ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy qilish ishlari davom ettirildi.
Yerdan foydalanish va ularni muhofazasi ustidan nazorat nafaqat davlatning maxsus vakolatlangan organlari tabiatni muhofaza qilish va yer resurslari davlat qumutalari, Geodiziya, kortografiya va davlat kodastrlari bosh boshqarmasi, Davlat sanitariya nazorati, mahalliy davlat hokimiyati organlari, balki jamoat va nodavlat tashkilotlarning nazoratidan iboratdir. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanshga oid, yer qonun hujjatlari talablarni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini davlat organlari, jamoat birlashmalari vakolatlangan idoralar va shaxslar tomonidan tekshiriladi.
Davlat yer nazorati esa davlatning mahalliy hokimiyat va maxsus vakolatli organlarining yer munosabati qatnashchilarining yer uchastkalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir faolliyatlarini tekshiradi. Ushbu faoliyat tegishli davlat organlarining Nizomlariga muofiq amalga oshiriladi va yer nazorati inspektorlari muayyan vakolarni beradi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-121 –moddalari va “Prokratura to`g`risida”gi qonunning mohiyatidan kelib chiqqan holda davlatning maxsus nazoratini bosh prokror va unga bo`ysunuvchi prokrorlar amalga oshiradilar. Prokror nazorati deb prokratura tomonidan yer munosabatlari subyektlari jumladan, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyati yer qonun hujjatlariga mosligini tekshirishga aytiladi.
Fuqorolik jamiyatida har bir ijltomoiy munosabatlar kishilarning uyushgan qismitomonidan ham tekshirilish nazarga tutiladi. Jamoat yer nazorati yerlarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish borasidagi yer qonunchiligi talablariga rioya etishni nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqorolarni o`zini – o`zi boshqarish organlari tomonidan tekshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |