O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi


I. 3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari



Download 198 Kb.
bet4/9
Sana03.06.2022
Hajmi198 Kb.
#633069
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O`zbekistonda ekol

I. 3 O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.

Mustaqil yurtimiz iqtisodiy rivojlangan jannatmakon o`lka bo`lib qolishi uchun sog`lom ekologik jihatdan toza atrof – muhitni yaratish, odamlar salomatligini asrash muhimdir. Insonning butun hayoti – tug`lishi, yeb – ichishi, o`sib – unishi, mehnat qilishi – barcha barchasi tabiat bilan payvand.


Yer kurrasi atrofini o`rab olgan havo qatlamiga atmosfera deymiz. Yer atmosferasi amaliy jihatdan cheksiz, uning kimyoviy tarkibi bir xil balandliklarda deyarli o`zgarmaydi. Ammo ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi natijasida atmosfera tarkibi ifloslanib bormoqda. Bundan tashqari, yer sifatidan uchib chiqqan turli – tuman chang, metal zarralari havoga to`planib, maxsus inversiya qatlamini hosil qiladi. U esa quyoshdan kelayotgan yorug`lik oqimini yer sirtiga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Oqibatda yerda iqlim o`zgaradi. Tirik mavjudotning hayoti havf ostida qoladi. Hozirgi kunda atmosferani muhofaza qilish masalasi jahon xalqlarini tashvishga solib kelmoqda. Demak, har bir madaniyatli kishi atmosfera va uning ahamiyati haqida ma`lum darajada ma`lumotga ega bo`lmog`i lozim.
Havo yer kurrasining tarkibiy qismi, hayot ana shu havo qatlami ostida paydo bo`lgan. Undagi hayot kosmik ta`sirlar bilan bevosita bog`langan. Atmosferaning yuqori qatlamiga har sekundda kosmos va quyoshdan nihoyatda katta quvvatga ega bo`lgan to`lqin oqimlari: nurlanish, shiddatli roentgen nurlari va boshqalar kelib turadi. Ammo ularning ko`pi atmosferaning yuqori qatlamlarida tutilib qoladi. Aks holda zararli radiatsiyadan yerdagi hayot nobud bo`lgan bo`lardi. Atmosfera quyosh nurini hayot yaratsa zarur bo`lgan miqyosda o`tkazib, yerning isishiga imkon yaratadi, undan qaytayotgan nurlarni esa olam fazosiga tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Bu hol yerni sovib qolishdan saqlaydi va sutka davomida havo haroratining keskin o`zgarishiga to`sqinlik qiladi.
Atmosferasiz yer ham oyga o`xshab “o`lik” jism bo`lardi. Armosferasiz daryo, dengiz, okean, muzliklar Quyosh quvvati ta`sirida bug`lanib fazoga tarqalib ketgan bo`lar edi. Atmosfera yerni meteorlar oqimidan himoya qiladi.
Atmosfera nafaqat tiriklar manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Sanoat korxonalari va avtomobillardan chiqayotgan bunday zararli gaz tutun va changlar atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy. Borliqni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlari ta`siridan saqlaydigan ozon qatlami kundan – kunga yemerilib, ,butun dunyo olimlari oldida global muammo bo`lib qolmoqda.1
Ayniqsa, XXI asrga kelib yer sharining himoya qatlami ancha siyraklashgan. Hozir BMT ning atrof – muhit muammolari bilan shug`ullanuvchi YuNEP dasturi ozon qatlamining muhofaza qilish bo`yicha sa`y – harakatlar olib bormoqda. O`zbekiston ham bir qancha konvensiyalarga qo`shilib, ozon qatlamini zararli moddalardan muhofaza qilishga oid Vena konvensiyasini va Memorial Protokolni ratifikatsiya qilgan.
Shaxrimiz chiroyiga dog` bo`lib, mahallalat hududlarida, katta ko`chalar atroflarida, ariq bo`ylarida to`p – to`p yonayotgan va havoga zaharli konserogen islarni chiqarayotgan axlat uyumlari so`nggi paytlarda bizning befarqligimiz ortayotganligini ko`rsatayapti. Xolbuki, axlatxonalardan chiqayotgan tutunning zarari inson salomatligi uchun sanoat korxonalaridan chiqayotgan islardan ham ko`ra ming chandon zararlidir. Shunday ekan, chiqindilarni shahar tashqarisiga olib chiqib tashlash bilan masala hal bo`lmaydi. Fikrmizcha , har bir yirik korxona, har bir tuman o`z hududidagi chiqindilarni bartaraf qilishlari uchun kichik – kichik zavodlarni ishga tushirishlari lozimga o`xshaydi.
Bir paytlar Amerikadagi Michigan ko`li, Angliyadagi Temza daryosi, Yevropadagi Reyen daryosi kabi mashhur daryolar sirasiga kirib qolganligini ko`pchilik bilmasa kerak. Rivojlangan ushbu mamlakatlarda amalga oshirilgan ekologik tadbirlar natijasida bu daryolarga qayta “jon” ato etildi. 2 ekologik vaziyat tiklandi.
Shahrimiz atmosferasi, havosi to`g`risida gap ketganda, avtomobillarning ham haviga chiqayotgan zararli gazlari haqida to`xtalishga to`g`ri keladi. Shu kungacha shahrimizda 300 mingdan ziyod transport vositalari mavjudligini inobatga olsak, atmosferaning ifloslanishida ularni “unim”i qancha ekanligini tasavvur qilish qiyin emas.1
Zero, 1 litr benzinni yoqish uchun 15 – 20 kubmetr kislorod sarflanadi. Mavjud 300 mingdan ortiq transport vositalari 5 litrdan benzin yoqsa, transport vositalaridan chiqayotgan turli xil zaharli moddalar insonda benzapirin, qo`rg`oshin singarilar zamirida saraton (rak) kasalligini keltirib chiqarishni tadqiqotchilar isbotlashgan. 2
Xalqaro tashkilotlarning izlanishlari natijasi shuni ko`rsatadiki, yirik shaharlardagi bolalarning sochi, tirnoqlari hamda qonida qo`rg`oshin, benzapiren moddalari qishloqlarda yashaydigan bolalarga qaraganda ancha ko`p ekan. Ayollardagi anemiya (kamqonlik), erkaklardagi yurak qon –tomir kasalliklarining ortib borayotganligi ham tashvishli holdir. 3
Doimiy manbalardan atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatish normativlari alohida o`rnatiladi va ularni sog`liqni saqlash vazirligi va tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan ishlab chiqiladi va ta`qiqlanadi.
O`zbekistonda atmosferaga 150 turdagi ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi. Qolganlarida ularning o`rnatilishi yoki yangisi bilan almashtirilishi talab etiladi.
Yangi qonunning o`ziga xos tomonlaridan yana biri atmosfera havosidan foydalanishga doir normativlarning o`rnatilishidadir. Ushbu foydalanish normativlari ko`chma manbalar, doimiy ifloslantiruvchi manbalar, fizik omillar bo`yicha alohida o`rnatilgan. 4
Normativlarning eng yuqori ko`rsatkichlari atmosfera havosining tabiiy tarkibining o`zgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi. Atmosfera havosidan foydalanish normativlari korxona muassasa, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasida tasdiqlanadi.
Ko`chma manbalardan atmosfera havosiga zararli ta`sir ko`rsatish normativlari, tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi va sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo`yilgan. Ayniqsa, bu o`rinda avtomobil, traktor, tramvay, tlolebus, samalyot, poyezdlar tomonidan chiqariladigan tovushlarga birinchi bor qonunda alohida e`tibor qaratildi.
Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosfera havosiga ifloslanltiruvchi moddalar va biologic organizmlarni chiqarish va foydalanishni tartibga solish tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tomonidan beriladigan ruhsatnomalarga binoan yo`lga qo`yiladi.
Qonunning 14 – moddasiga barcha turdagi yoqilg`I – moylash materiallarini standartlashtirish talabi o`rnatilgan. 1
Bu degan so`z energetika vazirligiga qarashli issiqlik stansiyalari isitish va sanoat qozonlarida yoqilg`ini ishlatishni “O`zneftgaz” korporatsiyasi bilan kelishilgan tarzda muayyan standartlarga muofiq ravishda olib boradi. Yoqilg`I va yoqilg`I – moylash materiallarini talabi Farg`ona va Shurtangazkombinat zavodlarida jahon standartlariga moslashtirilishi shart. Bu standartlarni o`rnatish va nazoratlash juda serchiqim tadbir bo`lib, u mazkur, korxonalar tomonidan tabiatni muhofaza qilish qumitasi bilan kelishgan tarzda olib boriladi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasining ma`lumotlariga ko`ra yoqilg`I materiallari sifatining yomonligi va motor yoqilishining tarkibida oltingugurtning ko`pligida, deb xulosalangan. Yaqin kelajakda Buxor neftni qayta ishlash zavodi etilsiz yoqilg`ilarni ishlab chiqarish niyatida. 2
Ana o`shanda Yevropa, Yaponiya, Amerikada bolgani kabi O`zbekistonda ham atmosfera havosi nisbatan musaffolashadi degan. 3
Sobiq ittifoq hududida mustaqil respublikalarning paydo bo`lishi ularga yaxshi amallarning ko`payishi bilan bir qatorda noekologik oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Bunga misol qilib rivojlangan mamlakatlardan keltirilgan eski avtomobil parkining to`planishi va ularni nosoz ekspluatatsiya qilinishi 1997-yildan boshlab ushbu holat O`zbekiston uchun qo`llanilmadi. Birinchi navbatda Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risidagi qonunda chetdan olib kirilayotgan mashinalarga katta talablarning qo`yilishi va bojxona to`lovlarining ko`paytirilishi, ekologik mos ravishda avtomobillarga oid ekologik normalarni tadbiq qilishga kirishilgan.
Mamlakatimizda ekologik va mehnat muhofazasiga e`tibor ortib bormoqda. Demak, biz ekologik va mehnat madaniyati sari boryapmiz. Shu yo`lda mustahkam bo`lsak, hayotimiz va el salomatligi tobora yaxshilanib, iqtisodiyotimizning esa samaradorligi oshib boraveradi.

Download 198 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish