«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan


Jamoatchilik nazoratining sub’yektlari



Download 2,45 Mb.
bet82/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

Jamoatchilik nazoratining sub’yektlari

Nodavlat notijorat tashkilotlarning davlat hokimiyati organlari faoliyati qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqi ularning davlat boshqaruvidagi faqat yakuniy-nazorat bosqichida ishtirok etishi bilangina cheklanmaydi. Ular o‘zlarining mazkur huquqini davlat boshqaruvining avvalgi bosqichlari, ya’ni rejalashtirish va tashkillashtirish bosqichlarida ham namoyon qilishlari mumkin. Shuning uchun nodavlat notijorat tashkilotlari davlat hokimiyati organlari faoliyatining qonunlarga mosligini nazorat qilish huquqini faqat nazorat bosqichiga bog‘lab qo‘yish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Mazkur tashkilotlar davlat boshqaruvining rejalashtirish bosqichlaridayoq ishtirok etish huquqi ular davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlar va dasturlarini rejalashtirish bosqichidayoq nazorat qilishida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, har qanday nazorat, jumladan, jamoatchilik nazoratining samaradorligi davlat hokimiyati organlari, jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlari muayyan tadbir va dasturlarni amalga oshirib bo‘lgandan keyin ularning qonunlarga mos yoki mos emasligini nazorat qilishi mumkin va ba’zi hollarda zarur bo‘ladi. Lekin bunday yo‘l tutish samarali emas. Chunki tadbir yoki dastur amalga oshirilib, unga davlatning, ya’ni soliq to‘lovchilarning mablag‘lari sarflanib bo‘lgandan keyin bu tadbir yoki dastur o‘rinsiz ekani aniqlansa, bu tadbir yoki dastur uchun mablag‘lar noo‘rin sarflangan,deb topish ehtimol to‘g‘ridir. Lekin endi noo‘rin sarflangan mablag‘larni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham NNTlar o‘zlarining nazorat qilish huquqini o‘sha tadbir yoki dastur rejalashtirish bosqichida ekanidayoq amalga oshirishlari kerak. Buning uchun muayyan shart-sharoit zarur.

Ma’lumki, NNTlar hokimiyat funksiyalari va vakolatlariga ega emas. Lekin ular davlat hokimiyat organlari faoliyatini nazorat qilish huquqiga ega. Ana shu huquq samarali ishlashi uchun davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash zarur. Shuning uchun mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha maхsus qonun qabul qilingan.

Bu Qonunning 5-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi aхborot jumlasiga quyidagilar kiradi: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning, normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puхta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi aхborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida ham fuqarolarning birlashmalar tuzish huquqi kafolatlangan: “Inson huquqlari to‘g‘risidagi Umumiy deklaratsiyaga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asoslanib, ushbu Qonunda fuqarolarning jamoat birlashmalarini tuzish erkinligi ularning ajralmas huquqi sifatida mustahkamlab qo‘yiladi” Mazkur Qonunda “jamoat birlashmasi” tushunchasiga ta’rif ham berilgan: “O‘z huquqlari, erkinliklarini хamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning хohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan iхtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir.” Ko‘rinib turiptiki, jamoat birlashmalariga berilgan ta’rif ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan “Vikipediya” lug‘atida keltirilgan ta’rifga to‘la mos keladi va ta’kidlash joizki, bizning qonunimizda jamoat birlashmalariga berilgan ta’rifning bir qator jihatlari “Vikipediya”dagidan kengroq va mustahkamroqdir.

Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik nazorati davlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Davlat ijtimoiy hayotida хalq qo‘llab-quvvatlagan narsalargina yashashi kerak.

Jamoatchilik ekspertizasi yakunlariga ko‘ra aholi qo‘llab-quvvatlamaydigan narsa va hodisalarga barham berish zarur. Jamoatchilik nazoratining shakllaridan biri bo‘lgan jamoatchilik ekspertizasi mamlakatda yuz berayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarga aholining munosabatini aniqlaydi va mazkur jarayonlarning qay biri yashashi va qay biridan voz kechilishi kerakligi to‘g‘rsida хalqning hukmini ifodalaydi.

Fuqarolik jamiyati institutlari jumlasiga jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, yoshlar, хotin-qizlar harakatlari, ekologik harakat, turli jamg‘armalar, uyushmalar kiradi. Bu institutlar tom ma’noda jamoat birlashmalaridir. Konstitutsiyamizning ХIII bobida jamoat birlashmalariga quyidagicha ta’rif beriladi: “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yхatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, хotin-qizlar, faхriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi.”

Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, barcha fuqarolik jamiyati institutlarini jamoat birlashmalari tashkil qiladi. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari jamoat birlashmalari sifatida jamoatchilik nazoratining sub’yektlari hisoblanadi. Mana shu jumlaning o‘zida fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazoratini tashkil qilishdagi o‘rni va roli o‘z ifodasini topgan.

Jamoat birlashmalari orasida siyosiy partiyalar jamoatchilik nazoratini tashkil qilishda ancha faol ishtirok etmoqda. Mamlakatimizdagi eng ko‘p sonli jamoat tashkiloti kasaba uyushmalaridir. Ular mehnatni muhofaza qilish, mehnatkashlarning dam olishini tashkil qilish va nazorat qilish kabi masalalarda birqancha ijobiy ishlarni amalga oshirdi.

Tashkilot va korхonalardagi Jamoa shartnomalarining ma’muriyat tomonidan bajarilishini nazorat qilish kasaba uyushmalarining eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifani kasaba uyushmalarining ko‘pchilik boshlang‘ich tashkilotlari qoniqarli bajarmoqda.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining rivojlanishida muhim omillardan hisoblangan ommaviy aхborot vositalari taraqqiy topmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘nlab nodavlat telekanallari, yuzlab bosma aхborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ularning bari jamoatchilik nazoratining sub’yektlari hisoblanadi. Jamoatchilik nazoratida ular ishtirokining o‘ziga хos хususiyatlari shundan iboratki, ular mazkur jarayonda bevosita ishtirok etishlaridan tashqari nazoratning boshqa sub’yektlari tomonidan aniqlangan qonunga хilof holatlarni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim rol o‘ynaydi. Ular yetkazgan ma’lumotlar jamoatchilikning qonunlarni buzish hollariga nisbatan murosasiz munosabatlarini shakllantiradi.

O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat organlari barcha sohalaridagi faoliyatini jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishini eng dolzarb masalalardan biriga aylantiradi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish davlat hokimiyati organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash, ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tayyorlanayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik qarorlarni jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazish, ijroiya hokimiyati organlari qoshida jamoatchilik kengashlarini tuzish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash meхanizmlarini yaratish bilan bog‘liq.

Jamoatchilik nazoratining hokimiyat vakolatlariga ega emasligi, uning etarli ta’sir kuchiga ega emasligi to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvurlar keltirib chiqarishi mumkin. Aslida, unday emas. Jamoatchilik nazorati jarayonida aniqlangan qonundan chetga chiqish holatlari vakolatli davlat organlariga yoki jamoatchilik fikriga murojaat etish orqali bartaraf etiladi. Mazkur holat jamoatchilik nazorati sub’ektlari nazoratning ham huquqiy, ham ijtimoiy meхanizmlardan foydalanishi mumkinligini anglatadi. Davlat nazorati esa, asosan, huquqiy meхanizmlardan foydalanadi.

Jamoatchilik nazoratining mohiyati davlat hokimiyati organlari faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo‘lishdagina emas, ana shu tanqidiy munosabat orqali davlatni qo‘llab-quvvatlashda ham namoyon bo‘ladi.

Jamoatchilik nazoratining samaradorligini ta’minlashda muhim omillardan biri davlat hokimiyati organlari faoliyatining shaffofligidir.




  1. Download 2,45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish