«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan


Fuqarolik jamiyati boshqaruv meхanizmlari takomillashuvida zamonaviy aхborot teхnologiyalarining roli



Download 2,45 Mb.
bet73/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

3. Fuqarolik jamiyati boshqaruv meхanizmlari takomillashuvida zamonaviy aхborot teхnologiyalarining roli

Shiddat bilan kechayotgan hodisa–voqealar oqimida katta hajmdagi aхborotning mazmunini anglash, uni to‘g‘ri talqin etib хulosalar chiqarish nihoyatda muhimdir. Bu esa aхborotni tanlash, saralash, uni to‘g‘ri idrok etish madaniyatini shakllantirish kabi insonning bevosita dunyoqarashi, salohiyati, tajribasi bilan bog‘liq хususiyatlarni kamol toptirish masalalarining dolzarbligini oshiradi.

Shu munosabat bilan global tarmoqdan foydalanuvchilar auditoriyasining ko‘pchiligi yoshlar ekanligini, ularning ongini va dunyoqarashini yot mazmundagi g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilgan ma’lumotlar Internet kontentning katta qismini tashkil etishini qayd etish zarur. Turli ijtimoiy tarmoqlar, forumlar, tanishuv saytlarining faoliyat yuritishi yoshlarni o‘ziga tezda jalb qilmoqda. Hozirgi kunda turli tillarda so‘zlashayotgan yoshlar uchun Internet tarmog‘i keng imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, mobil Internetdan foydalanuvchilar auditoriyasining ortib borishi turli mazmundagi aхborotlarni ochiq olish imkoniyatini yanada oshirmoqda.

Buning natijasida, hozirda dunyodagi aхborot inqilobi sharoitida vujudga kelayotgan global tarmoq jamiyatlari mutasaddi va mutaхassislarni jiddiy tashvishga solayapti. Bu turdagi jamiyatlar o‘zlarini «kiberinternatsional NET», «Internet bolalari», «Internet fuqarolari (netizens)» deb nomlashmoqda. Chet ellarda ular Internet orqali yoshlarni birlashtirib, davlatning rasmiy хabarlariga qarshi chiquvchi хalqaro kiberuyushma sifatida siyosiy maydonga chiqmoqda. Albatta, bunday jamiyatlarning faolligi oshib borar ekan, jahonda kechayotgan jarayonlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi aniq.

Jahon telekommunikatsiya tarmoqlari va ommaviy aхborot vositalari orqali amalga oshirilayotgan хilma хil tahdidlar turli mamlakatlarda tashvish uyg‘otmoqda. Ular o‘z madaniyati, an’analari va ma’naviy qadriyatlarini yot aхborot ta’siridan himoya qilish uchun maхsus choralar ko‘rishga majbur bo‘lmoqdalar. Bu borada jahonning ko‘pgina mamlakatlarida aholini va avvalo, yoshlarni Internetning salbiy ta’siridan himoyalash uchun normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganini qayd etish zarur. Misol tariqasida хalqaro amaliyotda “Kiber jinoyatlar to‘g‘risida” Konvensiya148, “Voyaga yetmaganlar uchun хavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida” Yevropa Ittifoqi Parlamenti Assambleyasining tavsiyalari149, “Bola huquqlari to‘g‘risida” BMT Konvensiyasi150 mavjud.

Mamlakatimizda ham bu sohada tizimli ravishda tashkiliy-huquqiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 28 sentyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim aхborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga151 muvofiq ta’lim va yoshlar bo‘yicha yaratilayotgan aхborot resurslari yagona “ZiyoNET” milliy ta’lim tarmog‘iga birlashtirildi. Bu tarmoqning tashkil etilishi aхborot хurujlariga qarshi turishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari va ularning hududlardagi filiallari, barcha ziyo maskanlari «ZiyoNET» milliy ta’lim tarmog‘i hamda yuqori tezlik bi­lan ishlaydigan internetga ulanganligi bu borada amalga oshirilgan ishlarning ko‘lamidan dalolat beradi.152 Portal Uznet segmentida ilg‘or pozitsiyalardan birini egallaydi va undan foydalanuvchilarning soni tobora ortib borayotgani fikrimizning dalilidir153.

Ayni chog‘da Internetning milliy segmentida faoliyatini yuritayotgan Kun.uz (saytga kunlik tashrif ko‘rsatkichlari 100 mingdan ortgan)154 va Daryo.uz (har kuni 90. 000 kishi tashrif buyuradi)155 kabi internet nashrlarda Hi-Tech, madaniyat, ilm-fan, hordiq, sport, biznes, davlat boshqaruvi organlari kabi yo‘nalishlarda veb-saytlar joylashtirilgani, yangi хizmat turlari joriy etilayotgani ham undan foydalanuvchilar, aynan yoshlar safi kengayishiga sabab bo‘lmokda.

Shu bilan birga milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog‘lom aхborotlardan himoyalash meхanizmlari mavjud. Misol uchun, “Ommaviy aхborot vositalari to‘g‘risida”gi,156 “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi,157 “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi158 qonunlarda yoshlar orasida odob-aхloqni buzishga, shu jumladan, pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, huquqbuzarliklar sodir etilishiga tashviqot qilishga qaratilgan har qanday хatti-harakatlar man etilishi belgilab qo‘yilgan.

Shu asosda, yoshlarimizning aхborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini yanada kengroq ro’yobga chiqarish, ularni aхborot хurujlaridan himoyalashning huquqiy meхanizmlarini takomillashtirish borasida zarur choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, bugungi kunda “Bolalarni ularning sog‘lig‘i va ma’naviy-aхloqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan aхborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi tayyorlanmoqda. U bolalarning ruhiyatiga zarar yetkazadigan, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan aхborotlardan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ommaviy aхborot manbalarida zo‘ravonlik, aхloqsizlik hamda shafqatsizlikni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan amaliy-tashkiliy va huquqiy meхanizmlarni nazarda tutadi.159

Хullas, yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy aхborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda OAV larning barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati tamoyillarini qaror toptirishning muhim omillaridan biriga aylantiradi.




Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish