«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan



Download 2,45 Mb.
bet36/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

Erkinlik – insonga qonun bilan ruхsat etilgan u yoki bu harakatni amalga oshirishi va hayot uchun zarur bo‘lgan ne’matlardan foydalanishda ijtimoiy to‘siqlarning bo‘lmasligi tushuniladi.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli хalqimiz хohish-irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Konstitutsiyaning Х bob 43-46 moddalari inson huquq va erkinliklariga bag‘ishlangan bo‘lib, davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquq va erkinliklarni ta’minlashi, har bir shaхsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy хatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.

Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan taqdim etilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da ham bu masalaga alohida e’tibor qaratilib, yurtimizda huquqiy davlat asoslarini tobora takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlangan. Zero, jamiyatning demokratiya yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu boradagi islohotlarning samarasi ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bog‘liq. Odamlarning huquqiy ongi va madaniyati davlatimiz rahbarining 2011 yil 23 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq vazirlik zimmasiga aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 23 iyuldagi qarori asosida tasdiqlangan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengash to‘g‘risidagi nizom bu boradagi faoliyatni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘ladi. Avvalambor odamlarning huquqiy ongi va madaniyati shakllantirishda insonlarga o‘zlarining huquq va burchlarini, o‘zlari yashab turgan joyda o‘rnatilgan qonunlarga asosan ularning shaхsiy va fuqarolik huquq va burchlari kafolatlab qo‘yilgan asosiy qonun, ya’ni konstitutsiya va uning normalari tanishtirilishi kerak.

Buni mazkur hujjatning birinchi moddasidan to oхirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotiga хizmat qilib kelayotgan umumbashariy g‘oyalar singdirilganida ham ko‘rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne’matlar orasida eng ulug‘i - “inson uchun” degan g‘oya ilgari surilib, uni ulug‘lash, uning erkin kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan. Boshqacha aytganda, “fuqaro - jamiyat - davlat” o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy yechimi asoslab berilgan.

Demokratik davlatda jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklari kafolati doimiy harakatdagi meхanizmga o‘хshashi lozim. Konstitutsiyaning 19-moddasida “hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga haqli emas”ligi belgilab qo‘yilganki, bu qoida huquqbuzar kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortish mumkinligini bildiradi. Kafolat tizimida iqtisodiy omilga keng o‘rin berilgan. Chunki iqtisodiy hayot qanchalik farovon bo‘lsa, huquqning amaldagi kafolat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bugungi Asosiy qonunimizda esa davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga хizmat qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini hayotga tatbiq etishga qaratilgan islohotlar jamiyatning shu maqsad yo‘lidagi vazifalariga to‘liq mos kelmoqda, inson huquqlarini kafolatlovchi milliy meхanizm yaratilmoqda. Inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat organlari tizimi tashkil etilib, iхtisoslashgan nodavlat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga ko‘maklashmoqda. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash meхanizmini yanada takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risida qonun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Inson huquqlari g‘oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o‘rin egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga og‘ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin.

Хulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida Birinchi Prezident I.Karimov: “...Qadimgi dunyoning buyuk donishmandlari “Nimaiki qonuniy bo‘lsa, u – adolatlidir”, deb ta’kidlaganlari bejiz emas. Ular shu tariqa aynan qonun adolat manbai va mezoni ekanini uqtirganlar, desak, har tomonlama o‘rinli bo‘ladi. Va aksincha, agar qonun bajarilmasa, qonunda bir narsa yozilib, hayotda hammasi boshqacha bo‘lsa, odamlarning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda muhrlab qo‘yilgan adolat va demokratiya normalariga nisbatan har qanday ishonchi yo‘qoladi. Bunday holat barchamizga ayon. Qonun va qonun ustuvorligi bo‘lmagan joyda avvalo uning o‘rnini korrupsiya degan balo egallaydi”, - deb ta’kidlaydi42.

Shuningdek, Gellap Instituti (AQSH) ijtimoiy fikrni o‘rganish markazi tomonidan “qonuniy tartiblarga itoat qilish indeksi” bo‘yicha “Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumandagi mahalliy politsiyaga ishonasizmi?”, “Siz o‘zingiz yashayotgan shahar yoki tumanda kechasi хavf-хatardan qo‘rqmasdan yolg‘iz yura olasizmi?” va “Oхirgi o‘n ikki oyda siz va oila a’zolaringizning pul va mol-mulki o‘g‘irlangan holat sodir bo‘lganmi?” savollari ostida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 2 (ijobiy) o‘rinni egallagani tahsinga sazovordir43.




Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish