Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
“Fuqarolik jamiyati” fani sohasida egallangan bilimlar insonning maqsadini aniqlashda, Fuqarolik jamiyatida yashash ko’nikmasini shakllantirishda, huquqiy tenglikka amal qilishga, ijodiy faoliyati jarayonida burch va mashuliyatni his qilishga ijobiy ta’sir qiladi. Insonning dunyoda o’z o’rnini anglashda, maqsadli faoliyat yuritishda, Fuqarolik jamiyati taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishda namoyon bo’ladi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
“Fuqarolik jamiyati” fanini o’qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, ob’yektivlik tamoyillariga amal qilingani holda an’anaviy usullar, davra suhbati, klaster, bahs-munozara, aqliy hujum, matbuot konferentsiyasi, taqdimot kabi zamonaviy pedogogik texnologiya vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Fanni o’zlashtirish mobaynida interfaol usullarning turli shakllaridan, zamonaviy elektron texnika vositalaridan, ko’rgazmali qurollardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |