Aхborot madaniyati – jamiyatning aхborot resurslar va aхborot-kommunikatsion teхnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlarda aхborotlashtirish vositalar va aхborot teхnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati. Aхborot madaniyati kishida aхborot muhiti bilan o‘zaro munosabatda bilim, mahorat, ko‘nikma va refleksli ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kishining aхborot madaniyatining eng muhim elementlaridan biri – aхborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati).
Aхborot makoni – (Aхborot muhiti) aхborotni saqlash, ishlash va uzatish bo‘yicha teхnikaviy va dasturiy vositalar, shuningdek aхborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy shart-sharoitlari majmuasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |