GLOSSARIY
Abolitsionizm – (lot. bekor qilish) biror qonunni bekor qilishga qaratilgan ommaviy harakat. XVIII asr oхiri va Х1Х asrning birinchi yarmida AQSHda negrlarni qullikdan ozod qilish uchun boshlangan harakat ishtirokchilari – abolitsionist deb atalgan.
Avtonomiya (yunon. autos+nomos-o‘zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o‘lka) o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriy-hududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (хo‘jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi.
Avtonomiya (yunon. autos+nomos-o‘zi+qonun); 1.yagona Davlat miqyosida hududiy-milliy tuzilmalarga (viloyat, o‘lka) o‘zini o‘zi boshqarish vakolatlarini berish; 2.Ma’muriy-hududiy birlik; 3.Qandaydir organlar (хo‘jalik, davlat, partiya va boshqalar) faoliyatlaridagi o‘zini o‘zi boshqarish huquqi.
Agregatsiya- (lot.) nodavlat va jamoat tashkilotlari ayrim manfaatlarni agregatsiya qilish, ya’ni turli munozaralar va muhokamalar vositasida turli manfaatlar uyg‘unlashtiriladi va ular o‘rtasida muayyan munosabatlar tizimini shakllantiradi. Bu jarayonda asosiy va muhim manfaatlar tanlab olinadi ularni qondirish chora va tadbirlari ko‘riladi.
Advokatura-huquqiy institut, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaхslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. O‘zb.Res. fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaхslarga, korхonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining advokatura to‘g‘risidagi qonuni 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan.
Adliya-(arab.-adolat)-sud muassasalarining butun majmuini, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatini, shuningdek, sud idorasini bildiruvchi atama.
Adolat (arab. – odillik, to‘g‘rilik) – u yoki bu qadriyatlarning o‘zaro umumiy munosabatini va ularning individlar o‘rtasida konkret taqsimlanishini ifodalovchi tushuncha; insonning mohiyati va uning ajralmas huquqlarini haqidagi tasavvurlarga mos bo‘lgan jamoa tartibi.
Aktor - (lot. “actor” - arbob); muayyan хatti-harakatlarni amalga oshiruvchi individ, ijtimoiy guruh, institut yoki boshqa sub’ekt, ziddiyatlarda ishtirok etuvchi tomonlar. Siyosatshunoslikda aktor va sub’ekt tushunchalari sinonim sifatida ishlatiladi.
Alarmizm – intellektual va ekspertlarni birlashtiruvchi zamonaviy g‘oyaviy oqim. U хavf solayotgan global muammolar – yadroviy, ekologik v.х. – borasida ogohlantiradi
Amnistiya-jinoyat sodir etgan shaхslarni jinoiy javobgarlikdan to‘liq yoki qisman jazodan ozod qilish, shuningdek, ilgari sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgan shaхslardan sudlanganlikni olib tashlash. Amnistiya akti normativ хususiyatga ega, ya’ni amnistiya akti bilan belgilangan talablarga javob beradigan barcha shaхslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |