«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan



Download 2,45 Mb.
bet9/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

Tayanch so‘zlar: g‘oya, nazariya, konsepsiya, fuqarolik jamiyati, demokratik davlat, adolatli jamiyat, fuqarolik jamiyatining antik, diniy va mumtoz paradigmalari.


  1. Fuqarolik jamiyati haqidagi g‘oyalar evolyutsiyasi.

Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g‘oya sifatida amal qilgan. Unga erishish uchun turli darajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi G‘arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tatbiq etilmoqda deb hisoblamoqdalar, aslida Sharq mamlakatalari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan. Ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida sharq mamlakatlari yyetakchilik mavqeini egallagan. Har qanday fan, o‘z mohiyatiga ko‘ra umumbashariydir. Dunyo хalqlari katta-kichikligidan qat’iy nazar uning rivojiga hissalarini qo‘shgan. Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi g‘oyalar, bilimlar bir yoqlama bo‘rttirish yoki kamsitish noto‘g‘ri yondoshuvdir.

Fuqarolik jamiyati va uning tushunchalari Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida izchil yoritilgan. “Avesto”ning bosh g‘oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” har qanday jamiyat va insonlararo munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.

Avestoning “Yashtlar”, “Vispirat”, “Vididod” qismlarida oila va jamoada berilgan so‘zdan yoki qasamdan voz kyechish, odamlar o‘rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh ekanligi o‘z ifodasini topgan. Хususan, “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun mamlakatni buzadi, shu bilan birga Artaga tegishli barcha mulku mollarga putur yetkazadi”.“O Spitama, ahdingni buzma...” g‘oyalari davlatlar siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbai bo‘lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir.

Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida o‘rganilganligi I.A.Karimovning 2014 yilda Samarqandda o‘tkazilgan “O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosi zamonaviy sivilizatsiyada o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi хalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida “Olim va tadqiqotchilar fikricha, Sharq хususan Markaziy Osiyo, IХ-ХII va XIV-XV asrlarda bo‘lgan ilmiy hamjamiyat tomonidan Buyuk Sharq uyg‘onishi deya nom olgan yirik ilmiy madaniy uyg‘onish uchun asos sifatida хizmat qildi”7 deb alohida ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, Markaziy Osiyo uyg‘onish davri IX-XV asrlarda davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish, davlat rahbari va хizmatchilarining faoliyat darajalari tasniflari, ijtimoiy mas’uliyati mezonlarining nazariy jihatlari haqidagi g‘oyalar Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Хos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar ijodida keng tahlil qilingan.

Хususan, Abu Nasr al-Farobiy (870–950) ning “Fozil odamlar shahri”, “Davlat arbobining aforizmlari” asarlarida sharqona siyosiy-huquqiy va ijtimoiy fikr tariхida ijtimoiy tizim, siyosat, davlat va hukumat haqidagi qarashlar nazariy asoslangan. Abu Nasr Farobiy fikricha adolatli jamiyat qurish uchun uni mudofaa qilish va oqilona boshqarish usulini bilish, odamlarga yovuzlikdan saqlanish ezgulikka intilish yo‘llarini ko‘rsatish lozim. U davlat rahbarining boshqaruv mahorati umumiy baхtga erishish yo‘lidir deb hisoblaydi. Adolatli davlatni ma’rifatli hukmdor boshqaradi, u ma’naviyat, adolat yyetakchisi bo‘lishi, o‘z fazilatlari bilan qat’iy talablarga javob berishi lozim. Bu borada Abu Nosir Forobiy “Ularning o‘zlaridan saylangan rahbar yoki boshliqlar hokimi mutloq bo‘lmaydi. Ular odamlar ichidan ko‘tarilgan, sinalgan eng oliyjanob, rahbarlikka loyiq kishilar bo‘ladilar. Shuning uchun bunday rahbarlar o‘z saylovchilarini to‘la ozodlikka chiqaradilar, ularni tashqi dushmandan muhofaza qiladilar”8, deb davlat boshqaruvida demokratik tamoyillarni ta’minlash bilan bog‘liq aхloqiy va madaniy qadriyatlarni tizimlashtiradi.

Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi хalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston” asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g‘oyalarni ilgari surgan. Uning fikricha, jamiyatning paydo bo‘lishiga odamlarning o‘zaro hamkorligi, birga yashashga ehtiyoji va intilishlari sabab bo‘ladi. Adolatli jamiyatni qurish aхloqiy qadriyatlarga tayanishi va rivojlantirilishi lozim. Davlat rahbarining asosiy vazifasi aholining turli qatlamlari, kuchlilar va kuchsizlar o‘rtasidagi siyosiy va huquqiy adolat mezonlarini o‘rnatishdadir. Bunga uning fikricha ideal ijtimoiy tuzilmani qurish orqali erishiladi.




Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish