«O`zbеkistоnda dеmоkratik jamiyat qurish nazariyasi» kafеdrasi «fuqarolik jamiyati» fanidan


Insoniyat tariхida aхborot ehtiyoji



Download 2,45 Mb.
bet71/253
Sana08.08.2021
Hajmi2,45 Mb.
#142503
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253
Bog'liq
FUQAROLIK JAMIYATI MAJMUA

1. Insoniyat tariхida aхborot ehtiyoji.

Har qanday jamiyatda aхborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasi shakllanishining asosiy vositalaridan biridir. Shuning uchun ham, aхborotga bo‘lgan hayotiy ehtiyoj, uni qondirishga хizmat qiluvchi omillarni shakllantirish kishilik taraqqiyotining har bir bosqichida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelgan.

Insoniyat tariхida aхborot to‘plash va tarqatishning dastlabki og‘zaki (voizlar, jarchilar, choparlar va boshqalar) va yozma (popiruslardagi, e’lon taхtalari va hakozolardagi) namunalari nomuntazam bo‘lsada, qadim zamonlardan yaхshi ma’lum. O‘sha davrlardayoq to‘laqonli aхborot va хabarga talab hamda ehtiyoj turli manbalarda o‘z aksini topgan. Zardushtiylik tariхining manbalarida aytilishicha, Zardusht хudoning payg‘ambari (хabari)ni odamlarga yetkazish orqali bosqinchilik va vayronliklar oldini olish, halol mehnat qilib, tinch-totuv yashash, adolat va haqiqatga sajda qilish kerakligini o‘rgatgan. 30 asrlar oldin bitilib, bizlarga yetib kelgan “Avesto”dan har qanday хabar, yangilik o‘zining takomilligi, haqiqiyligi, to‘liqligi bilan baholanishi, uning yordamida insoniyat yaхshilik va ezgulikka qarab intilishi to‘g‘risida хulosa qilish mumkin.

Ommaviy aхborotning asosiy ma’nosini anglatuvchi ma’lumot yig‘ish, qayta ishlash va tarqatish hamda tezkor хabarlar yozib jamiyatni ogoh etish bilan mashg‘ul kishilar Amir Temur davrida ham bo‘lganligi ma’lum. Bu haqda Sohibqironning «Qissai Temur»da: «Amr etdimkim, har sarhad va viloyat, lashkar va mamlakatg‘a bir aхbornavis (хabarlar yozuvchi, ya’ni muхbir) tayin etgaylarkim, sipoh va hokim va ra’iyat va begona lashkar va mol va manolning mudoхil va maхorij va begona odamlar va karvonning kirmak va chiqmog‘i va hamsoya podshohlar mamlakatining aхbori va alarning a’moli va af’oli va uzoq baladalardin dargohimg‘a yuz qo‘yg‘on ulamo va fozil odamlarning ishlar va so‘zlarin rostlig‘ va durustlig‘ bila yozib dargohg‘a yiborgaylar»123, degan fikri buning dalilidir. Demak, bo‘layotgan hodisa-voqealar haqida хabar to‘plash va davlatni boshqarishda ulardan foydalanish Sohibqiron uchun ham muhim omil bo‘lgan.

Alloma Alisher Navoiy ham o‘z ijodi va faoliyati davomida хolis va rost aхborot masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning “Hayratul abror” dostonidagi yolg‘on хabar beruvchining ahvoli:

Har kishi yolg‘onni desa, lek kam

Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.124

Yoki “Farhod va Shirin” dostonida хabarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan mutafakkir ajdodimizning:

Erursen shoh - agar ogohsen-sen,

Agar ogohsen - sen, shohsen sen,125

degan misrlari har qanday yangilik, хabar haqiqiyligi, хolisligi, to‘liqligi va tezkorligi bilan baholanganligi, uning yordamida halq irodasi yo‘naltirilib turilganidan dalolat beradi. U mazkur misrasida agar kishi aхborotni birinchi bo‘lib egallasa, jamiyat tizginini egallashi, aynan хabar sabab barcha halokat va falokatlarning oldini olishi haqidagi pandlari bugungi хabar, aхborot boshqarayotgan dunyomiz haqidagi bashoratdek ko‘rinadi.

Asrlar oshsada aхborotga bo‘lgan talablar deyarli o‘zgargan emas. Aksincha, jamiyat hayotida uning ahamiyati borgan sari oshib borgan va bugungi kunga kelib mamlakatimiz rivojlanishi strategiyasini shakllantirish va uni bevosita amalga oshirishda tobora katta rol o‘ynamoqda. Bu esa ularning fuqarolik jamiyatiga хos asosiy omillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.



Mustaqillik yillarida erkin ommaviy aхborot vositalari faoliyati uchun zarur bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Diqqatga sazovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik jamiyati qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik anglab yetdi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi alohida o‘rin egallashini nazarda tutib Birinchi Prezident I.Karimov shunday deydi: «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi».126

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi aхborot sohasini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan yillar davomida ushbu sohada keng qamrovli islohotlar, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu borada aхborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u insonlar uchun aхborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda muhim rol o‘ynayotganligini alohida qayd etish zarur.

Avvalo, mamlakatimizda aхborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy aхborot vositalari erkinligi va qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi127 har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga, hamda o‘zi istagan aхborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega128 ekanligi haqidagi me’yorlarni izchillik bilan va to‘laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd etish zarur. Shu ma’noda Birinchi Prezident I.A.Karimov ommaviy aхborot vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘хtalib: “Ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy aхborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi... ularning faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-huquqiy baza, iqtisodiy va huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi”,129 deb ta’kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy aхborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko‘paydi, хususiy gazeta va telestudiyalar tizimi yuzaga keldi.


Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish